Fen Szitsay 1942 yili Tyanchzin shahrida tug‘ilgan. «Madaniy inqilob» yillari yashirin holda hikoyalar yozib yurdi, ularni velosiped ramasining ichiga tiqib, yerga ko‘mib saqladi, hatto hikoyasini yodlab olib, so‘ngra yozganlarini kuydirib , yubordi. U tarix, san’at nazariyasi bilan ham shug‘ullandi, rassomlik qildi. Asarlari matbuotda yetmishinchi yillarning o‘rtalaridan chiqa boshladi. Fen Szitsay xitoy adabiyotida birinchilardan bo‘lib xunveybinchilikni keskin qoraladi («Gullarga burkangan ayri yo‘lda» qissasi), «madaniy inqilob» asoratiga tushib qolgan xitoy ziyolilarining ruhiy kechinmalarini ro‘y-rost tasvirladi («Hayqiriq» qissasi).