Fridesh Ernyo Karinti (veng. Karinthy Frigyes Ernő; 25 iyun 1887, Budapesht — 29 avgust 1938, Shiofok) — venger yozuvchisi, Vengriyaning eng ko‘zga ko‘ringan yozuvchilaridan biri.
1902 yili Jyul Vernga o‘xshatma tarzda yozilgan «Yer markaziga to‘y sayohati» asarini ilk marta taqdim etgan. Vengriya modernistlarining «Nyugat» (G‘arb) jurnali bilan hamkorlik qilgan.
Fridesh Karinti birqancha she’rlar, parodiyalar, hikoyalar, fantastik-hajviy qissa va romanlar, dramalar yozgan. Alan Miln, Jonatan Svift asarlarini venger tiliga tarjima qilgan.
Asarlari: «Qiyshiq oyna» (1912, hikoyalar), «Siz shunday yozasiz» (1912, parodiyalar), «Yosh yigit bilan uchrashuv» (1913, hikoyalar), «Fa-re-mi-doga sayohat» (1915, parodiya), «Kechiring, hurmatli ustoz» (1916, hajviy roman), «Sehrli kreslo» (1918, pesa), «Xristos va Varrava (1918, feletonlar), «Kapillariya» (1921, ««Fa-re-mi-doga sayohat»ning davomi), «Sim ustida raqs» (1923, roman), «Buni hech kimga ayta olmayman» (1930, she’rlar), «Jannatdan xabar» (1937, hajviy roman), «Bosh suyagim uzra sayohat» (1937, roman-grotesk), «Idishdagi maktub» (1938, tamomlanmagan she’rlar).