OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Gi de Mopassan. Zebigardon (hikoya)

U go‘yo taqdir kinoyasi ila goh-gohida xizmatchilar oilasida tug‘ilib qoladigan, o‘ta nazokatli, go‘zal va jozibador qizlar toifasidan edi. Uning ota-onasidan qolgan behisob boyligi ham, yorqin kelajakdan umidi ham, birorta boyvachcha u bilan tanishib, sevishib, turmush qurishiga ishonchi va imkoniyati ham bo‘lmagani uchun o‘z taqdirini Xalk ta’limi vazirligida ishlaydigan quyiroq rutbadagi amaldor bilan bog‘ladi.
 Uning ortiqcha zeb-ziynati yo‘qligi bois, o‘ta odmi kiyinib yurar, shu bois ham o‘zini o‘ta mahdud va baxtsiz xis etardi. U o‘zini serhasham hayot, izzat va ikrom uchun tug‘ilgan deb bilardi va shu bois ship-shiydam devorlar, g‘ichirloq stullar, rangi unniqib ketgan pardalar qurshovidagi zerikarli va faqirona turmushini o‘ylab muttasil siqilardi.
 Kamtarona hayotdan zerikish uning qalbida achchiq nadomatlar va ushalmas orzularni uyg‘otardi. U tushlarida Sharqning xarir matolaridan parda tutilgan, baland jez qandillarning fusunkor shu’lasi yoritib turgan xos xonalarning soqov sukunatini, ipak shalvar kiygan savlatli xizmatkorlarni, bug‘li isitkichlarning haroratidan bo‘shashib, yumshok kursilarda mudrab yotgan kishilarni ko‘rardi. Uning tushlariga ko‘hna gilamlar osilgan, qimmatbaho zeb-ziynatlarga to‘la xontaxtalar qo‘yilgan shinam salonlar, choshglh paytida yaqin do‘stlarni, har kanday ayolning diqqatini torta oladigan oliy martabali kishilarni bir piyola choyga chakirish mumkin bo‘lgan muattar mexmonxonalar kirardi.
 U har gal tamaddi qilish uchun erining ro‘parasida, to‘garak stol oldiga o‘tirarkan, eri dekchaning qopqog‘ini ko‘tarib, yosh boladek, quvonchdan qichqirib yuborardi: "O, karam sho‘rva! Bundan yaxshiroq yegulik yo‘q olamda!"- Ayolining ko‘ngli esa, devorlarida afsonaviy qaxramonlar, jannat qushlari aks etgan gilamlar osilgan muhtasham koshonalarda, shohona dasturxonga chinni idiщlarda tortiladigan lazzatli taomlarni, muattar shamlar qurshovida va ehtirosli erkalashlar og‘ushidagi dabdabali ziyofatlarni tusardi.
Uning pardoz buyumlari ham, zeb-ziynati ham, umuman xech balosi yo‘q edi. U esa, o‘zini aynan hoyu hasham ichida ko‘rishni orzu qilar, o‘zini faqat shuning uchun yaralgan deb bilardi. U boshkalarga yoqishni, dabdabali ko‘rinishni, o‘ziga yarasha e’tibor qozonishni, hamma ayollar unga hasad bilan qarashini istardi. U gohida o‘zi bilan birga monastirda tarbiyalangan boyvuchcha dugonasining uyiga borib turar, unikidan qaytayotganida, yurak-bagri ezilganidan bu xonadonga qaytib kelmaslika ahd qilardi. U keyin kun buyi alamdan, o‘z-o‘ziga rahmi kelgaindan, peshonasi sho‘riligidan kuyib yiglardi.
 Kunlarning birida eri uyga tantanavor qiyofada qaytdi va uning qo‘liga kattagina xatjild tutqazdi:
 - Ushla, - dedi eri, -bu senga sovg‘a.
 Ayol darhol xatjildni yirtib, ichidan chiroyli taklifnoani chiqardi. Unda yozilgan ediki:
 "Xalq ta’limi vaziri va Jorj Ramponno xonim muhtaram Luazellar oilasini 18 yanvar dushanba kuni vazirlikda bo‘lib o‘tadigan oqshomga taklif etadi." Ayol juddi eri kutganidek, hayajondan o‘zini yo‘qotib qo‘yish o‘rniga taklifnomani umidsizlik bilan stol ustiga qo‘ydi.
 - Menga buning nima keragi bor?
 - Bu nima deganing, azizim? Juda quvonib ketsang kerak, deb o‘ylovdim. Bunaqa imkoniyat hamisha bo‘lavermaydi. bu taklifnomani katta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritgan edim o‘zi? U yerga hamma ham boravermaydi, har kimni ham taklif qilishavermaydi. U yerda sen fakat kazo-kazolarni uchratishing mumkin.
 U eriga yovqarash qildi-da, ensasi qotib to‘ng‘illadi:
 - Nima kiyib boraman u yoqqa? Egnimga hech balo yo‘q-ku?
 Eri shu tomonini o‘ylab ko‘rmagan ekan, o‘zicha g‘udrandi:
 - O‘sha, teatrga kiyib bradigan ko‘ylagingni kiyaver. Menimcha, senga juda yarashardi.
 Shu topda xotining yig‘lay boshlaganini kurib, alam Bilan labini tishladi. Ikki dona yirik-yirik yosh tomchilari aelning noqlaridan dumalab, miyig‘iga kelib to‘xtadi.
 - Ha, senga nim-ma bo‘ldi, - so‘radi er jur’atsizlik bilan.
 Ayol arang o‘zini bosdi-da, xo‘l yonoqlarini artib, sokin ovushda tilga kirdi:
 - Hech nima. Pardoz andozim, zeb-ziynatim bo‘lmasa, tuzukrok iyimim bo‘lmasa, unaqa oqshomlarga borib nima qilaman. Bironta amkasbingning xotinida menikidan kura tuzukroq kiyim bosh bo‘lsa, shanga beraqol taklifnomani.
 Eri asabilashib xotinini kundirishga urindi:
 - Quloq sol, Matilda. Sen ziyofatga kiyib borishing uchun arur bo‘lgan o‘shanaka ko‘ylaklarning sal bundayrog‘i qancha turadi, o‘zi?
 Xotini bir muddat jim qoldi-da, tejamkor eridan so‘rashi mumkin bo‘lgan miqdorda o‘zi uchun ketadigan xarajatlarni hisob-kitob qila boshladi.
 - Aniq bilmadim-u, menimcha, to‘rt yuz frank yetib qolsa kerak, - deya javob qaytardi u nihoyat iymanib.
 Erining xiyol quti uchdi: U yozda og‘aynilari bilan Nantera yalangligida to‘rg‘ay oviga ketish uchun miltik sotib olaman deb xuddi shuncha miqdorda pul jamg‘arib qo‘ygan edi.
 - Bo‘pti. Senga to‘rt yuz frank beraman, - dedi nihoyat u tantilik bilan. - Faqat tiktirajak ko‘ylaging juda yarashiqli bo‘lsin.
 Ziyofat kuni yakinlashib kelar, Luazel xonim garchi kuylagi bitgan bo‘lsa-da, hanuz chiroyi ochilmas, o‘zini qo‘yarga joy topolmay yurardi. Bir kuni kechki eri buni paykab qoldi:
 - Nima bo‘ldi senga? Keyingi paytlarda sal g‘alatiroq bo‘pqoldingmi?
 - Nima qilay? Kuylagim bo‘lsa-yu, uni ochib turadigan birorta tuzukroq taqinchog‘im bo‘lmasa? Ko‘rganlar nima deydi? Yaxshisi bormay qo‘ya qolaman.
 - Kuylagingni yoqasiga tabiiy gullardan takib olsang bo‘lmasmikin? Qish payti gul odamni juda ochib yuboradi. O‘n frankka uch-to‘rtta chiroyli atirgul olsa bo‘ladi.
 Ayol bo‘sh kelmadi:
 - Yo‘q, istamayman... boy-badavlat ayollarni ichida bunaqa g‘arib ko‘rinib, kulgiga qolgim yo‘q.
 Shu choq erining miyasiga zo‘r fikr keldi:
 - Kallani ishlatsang-chi? Dugonang Foreste xonimning oldiga borib iltimos qilsang, bironta taqinchog‘ini bir kunga berib turar, o‘ldimi? Jondek dugonang-ku? Xotini quvonchdan kichqirib yubordi:
 - To‘ppa-to‘g‘ri. shu narsa xayolimga kelmabdi.
 Ertasiga u Foreste dugonasining uyiga borib, o‘z dardiniaytdi. Dugonasi esa, ynali shikofdan kattakon qutichani keltirib, Luazel xonimning ko‘z oldida ochdi:
 - Tanla, jonginam.
 Ayol avval bilakuzukni, keyin marvarid shodasini, oxirida Venetsiyalik zargarlar ishlagan turli kimmatbaho toshlar qadalgan oltin salibni tomosha qildi. U ko‘zgu qarshisida taqinchoqlarni o‘ziga o‘lchab ko‘rar, egasiga qaytarib bergisi kelmaganday tavozu bilan sollanardi.
 - Senda bulardan boshka yana bormi? - so‘radi u sir boy bermaslik uchun.
 - Bor. O‘zing tanlab olaver, axir men senga qaysi biri yoqishini bilmasam.
 Daf’atan taqinchoklar orasida atlas g‘ilofdagi olmoslar qadalgan zebigardonni ko‘rdi-yu, yuragi hapriqib ketdi. U takinchoqni titrok qo‘llariga olib, ko‘ylaging keng yoqalari ustidan buyniga to‘g‘rilab, ko‘zga oldiga keldi va xayratdan bir o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Keyin dugonasidan yurak yutib suradi:
 - Mana shuni berib turolmaysanmi?
 - Albatta, ol, olaver.
 Luazel xonim dugonasinig buynidan uchib uni mexr-la o‘parkan, taqinchoqni bag‘riga bosgancha ko‘chaga otildi.
 Kutilgani kun ham yetib keldi. Luazel xonim o‘zida yo‘q shod edi. U jozibadorligi, latofati, quvnoqligi va baxtdan sarxuщligibilan hammadan ajralib trardi. Erkaklarning nigohi unga kadalgan, hammasi uning kimligini bilishga kizikar, ubilan tanishishga hzir edi. Yuqori martabali amaldorlarning barchasi u bilan raks tushishga oshiqardi. U hatto vazirning e’tiboridan chetda qolmadi.
 U bor vujudi ila berilib, ehtiros, zavq-shavqqa to‘lib, sevinchdan terisiga sig‘may, hech narsani o‘ylamay, o‘z latofatining tantanasidan sarxushlanganicha raqs tushar, go‘yoki, farah va o‘ziga qadalgan o‘nlab nigohlar, ayol qalbini hamisha mahv etishga qodir sirli iltfotlar ta’sirida o‘zini mutlaqo muzaffar his etib, bulutlar ustida bearmon suzayotgandek edi.
 Ular tonggi soat to‘rtlarda qaytishdi. Eri yarim oqshomda xotinlari bilan kungillari istagancha o‘ynab-kulishgan uch nafar hamkasabasi davrasida sanjob bir hujrada uxlab olgandi. U har kuni kiyib yuradigan odmiyona mursagini ayolining ochiq yelkalariga tashladi, bu ko‘rimsiz yopinchiq ayolning oliymaqom mashshotasiga, bazmda qo‘lga kiritga izzatu e’zoziga to‘g‘ri kelmasdi. Ayol buni yaxshi tshugani uchun, qalin mo‘ynali liboslarga
burkanib olgan kibor aellar paykab qolmasidan juftakni rostlab qolmqchi edi.
 Luazel uni ushlab qoldi:
 - Shoshmay tur. Ko‘cha sovuq, shamollab qolasan. Men hozir birorta foytun topib kelaman.
 U eriga quloq solmay, shoshqich zinapoyaga otildi. Yaqin atrofda foytun ko‘rinmasdi. Ular ancha olislab ketgan izvoshchilarning rkasidan anchagacha qo‘l silkib qolishdi.
 Ular sovuqdan titrab-kaqshagancha, umidsizlik bilan laryo bo‘yiga tushishdi. Nihoyat sohil bo‘ylab, tungi izvoshchilarning Parij ko‘chalarida ehtimolki, o‘zining xarobligidan uyalib, fakat kechalari izg‘iydigan shaloq bir ekipaji kelib qoldi.
 Ular ana shu foytunda bir amallab Fidoyilar ko‘chasidagi boshpanalariga yetib kelishdi va jimgina uyga kirishdi. ayol uchun endi hammasi xotima topgan edi. Er esa, ertaga soat o‘nda azirlikka yetib borish lozimligi xaqida o‘ylardi.
 Ayol o‘zining hasham qo‘ynidagi vujudini yana bir karra tomosha ilish uchun ko‘zgu qarshisida yelkasidagi mursakni oldi. Va birdan ichkirib yubordi. Bo‘ynidagi zebigardon...
 - Nima bo‘ldi, - so‘radi chala-yarim yechingan eri.
 - Anuv... buynimdagi... Foreste xonimning taqinchog‘i tushib olibdi.
 Eri sarosimada o‘rnidan sapchib turdi.
 - Nima? Nahotki? Bo‘lishi mumkin emas!
 Ular ko‘lak va mursakning astaru avrasini, chuntaklarini, ullas hammayog‘ini qarab chiqishdi. Topisholmadi.
 - Eslab ko‘r-chi, ziyofatdan chiqayotganimizda bormidi? – so‘radi eri.
 - Bor edi. Vazirlikning ichida qo‘lim bilan ushlab ko‘rganim esimda.
 - Ko‘chada tushib qolganida, ovozidan paykagan bo‘lardik. Demak, foytunning ichida kolgan.
 - To‘g‘ri. Menam shu fikrdaman. Foytunning raqami esingdami?
 - Yo‘q. Senam qaramabmiding?
 Ular bir-birlariga uzoq muddat chorasiz termilib qolishdi. Keyin Luazel kiyinmoqka tutndi.
 - Ketdim, -dedi. - Piyoda yurib kelgan yo‘limizni qarab kelay-chi. Shoyad topilib qolsa?
 U chiqib ketdi. Ayoli bayramona libosini ham yechmay, hatto chiroqni yoqishga ham o‘zida kuch topolmay, o‘likdek joyida qotib turardi. Eri ertalab yettilarda hech narsa topolmay qaytib keldi. Keyin u kun bo‘yi politsiya maxkamalarida, e’lon berish uchun gazet tahririyatlarida, izvosh bekatlarida - xullas, umid kilish mumkin
bulgan barcha joylarni kezib chiqdi. Ayol nogahon boshlariga tushgan bu musibatdan hamon o‘ziga kelolmay kun bo‘yi yaxshi xabar kelishini kutardi. Luazel kechki pat rangi-rahmoni uchib, shalviragancha qaytib keldi. Hech qanday yangilik yo‘k edi.
 - Dugonangga takinchoqning kichik bir halkasi sinib ketdi, uni tuzatishga berdik, deya yozi yubor. Shunda biz vaqtdan yutamiz. ungacha biror yo‘lini qilarmiz.
 Xotini uning aytganini qildi. eri aytib turdi, u yozdi.
 Haftaning oxiriga borib, ularning umidlari tamomila uzildi. Bir haftada besh yeshga karigan Luazel yo‘qolgan buyumning o‘rnini to‘ldirishdan boshqa iloj yo‘qligini ma’lum qildi.
 Ertasi kuni ular zebigardn g‘ilofini olib, uning qopqog‘ida bitilgan zargarning manzilini topib borishdi. Zargar allakanday daftarini uzok titkiladi:
 - Bu zebigardonni men sotmaganman. Faqat, shu g‘ilofni sotganman, xolos.
 Shundan keyin kismatning bu achchiq zarbasidan bularicha bo‘lgan er-xotin zargarma-zargar yurib xddi o‘sha yo‘qolgan taqinchoqning o‘ziga o‘xshagan zebigardonni kidirishga tushdilar. Pale-Royaldagi do‘konlarning birida aynan o‘zlari qidirib yurgan taqinchoqqa duch kelishdi. Uning narzi qirq besh ming frak turardi. Stuvchi eng kami bilan larga o‘ttiz olti ming frankka stishi mumkinligini ma’lum qildi.
 Ular sotuvchidan bu taqinchoqni uch kungacha sotmay turishni, agar yo‘qolgan zebigardon fevralning oxirigacha topilgudek bo‘lsa, bunisini o‘ttiz to‘rt ming frank evaziga qaytraib olish sharti Bilan xarid qilishlarini aytishdi. Luazelning otasidan o‘n sakkiz ming frank meros qolgadi.
Pulning qolgan yarmini qarz ko‘tarib to‘lashga qaror qildi. Shu kundan e’tiboran, biovdan ming, birovdan besh yuz, bir joydan yuz, boshqa bir joydan ikki yuz frankdan qarz olib, to‘play boshladi. Turfa sudxo‘rlar va sarroflar bilan tanishib, katta foiz Bilan qaytarish evaziga tilxat berib, ulardan ham qarz ko‘tardi.
U bu qarzlarni qanday qaytarishini ham uylamay, o‘zini umrbod qullik asoratiga solishi mumkin bulgan vasiqalarg imzo chekdi va yakinlashib kelaetgan g‘am-anduhli, azobli, qora kunlarning g‘ir xaellari ostida ezilganicha yangi taqinchokni sotib olgani do‘konga yo‘l oldi va peshtaxta ustiga o‘ttiz olti ming frankni taxlab qo‘ydi.
 Luazel xonim omonatni Foreste xonimning uyinga olib brib berganida, u biroz norozilik bilan atdiki:
 - Muncha kaytarib kelishing kiyin bo‘ldi? U menga kerak bulib qolishini o‘ylamadingmi?
 U hatto g‘ilofini ham ochmib o‘tirmadi, - dugonasi xudi shundan qo‘rqqan edi. Agar tikinchok almashib qolganini payqasa, xonim nima deb o‘ylagan, nima degan bo‘lardi? Ehtimol, uni o‘g‘riga, tovlamachiga chikargan bo‘larmidi?
 Luazel xonim kambagallik kandayin balo ekanini endi bildi. Shunday esa-da, u qismatning bu taqozosini mardna karshi oldi. Axir, qanda bulmasin, bu dahshatli qarzdan qutulishlari kerak edi. U ham qarzni tulashda eriga yordamlashishi kerak. Shu bois, xizmatkorlar bilan xiob-kitob kilib larning javobini berishdi.
yashayotgan kvartiralarini ham almashtirishdi va eski bir bostirmani ijaraga olishdi.
 Ayol ruzg‘or yumushlari kanchalik og‘ir bo‘lishini,, jini suymaydigan qozon-tovoq tashvishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. O‘g‘ bosgan idishlarni yuvaverib, pshtirang tirnoklarinin kuchirib yubrdi. Kir-chirni to‘liq o‘zi yuvadigan bo‘ldi. Har kuni chiqindilarni o‘zi ko‘chaga chikarib, suvdan tashib keladigan bo‘ldi. Eng faqir aellar kiyimida savat ko‘tarib, bozorlik qilish uchun o‘zi do‘konma-dukon yurar, pulni tjab ishlatish maqsadida har bir chaqa uchun sotuvchilar talashib-tortishar, xullas, kichik bir oilaning hamma tashvishlari o‘zining zimmasida edi.
 Shu zaylda xar oyda bitta vekselni yopish, boshkalarini yangilash, uchinchisining muddatini yana orkarokqa surishga tug‘ri kelardi. Eri esa, bir tojirning balanslarini tartibga solish uchun yollanib, kechalari bilan uxlamay, qog‘oz qralar va har saxifa uchun besh su olardi.
 Shu zayldagi xayot o‘n yil davom etdi. O‘n yil ichida ular hamma karzlardan, hatto noinsoflik bilan belgilagan ustamalargacha to‘lab qutulishdi. luazel xonim juda tez karidi. Uning yelkalari kengaib, fakir uy bekalariga uxshab qo‘pol va noforam bir tusga kirgandi. U endi yubkasini bir tarafga qiyshaytirib, yoqavayron bo‘lib yurar, issik suv bilan pol yuvaverganidan qo‘llari qizarib ketgan, ovozi ham do‘rillab kolgan edi. ba’zida eri ishga ketgan paytlarda u deraza yenida utirgancha, o‘zini bag‘oyat baxtier va masrur his etgan, hammaning e’tiborini qozongan o‘sha oqshom, usha ziyofatni esga olardi.
 O‘sha la’nati taqinchoq yo‘qolmaganida hozir qanday yashayotgan bo‘lishardi-ya? Kim bilsin? Kim bil-sin?! Hayot bunchalar injiq va shafqatsiz bo‘lmasa? Insonni xalos etish ham, halok etish ham bunchalar oson bo‘lmasa?
 Allaqaysi yakshanbada bir hafta davomida ishlab charchagani bois, ozgina kungil yozib kelish uchun Yelisey madonida alanib yurgan payti bola yetaklab ketayotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. U Foreste xonim edi, xali-hamon yosh, go‘zal va tarovatli edi u.
 Luazel xonim xayajonlanib ketdi. U bilan borib gaplashsami? Albatta-da!Axir u endi hamma karzlaridan kutulib bo‘ldi, endi hammasini aytib bersa bo‘ladi. Ha, aytishi shart.
 U aelga yaqinlashdi:
 - Salom, Janna!
 - Salom... siz... xonim... bilmadim-u, meni birovga o‘xshatyapsizmi?
 - Nahotki, meni taniading? Men Matilda Luazelman.
 Dugonasi kichqirib yubordi:
 - Matilda, dugonajon! Shunchalar o‘zgarib ketdingmi?
 - Ha. Sen bilan so‘nggi bor ko‘rishgandan keyin biz uchun og‘ir kunlar boshlandi. Kambag‘allashib ketdik. Nochorlikda kun kechirdik... Seni deb...
 - Meni deb? Qanakasiga?
 - Esingdami? Vazirlikdagi ziyofatga taqib borish uchun sening zebigardoningni olib turgandim.
 - Esimda. Xo‘sh, keyin-chi?
 - Men uni yo‘qotib qo‘ygandim.
 - Nima? Axir, seni uni qaytarib beruvding-ku?
 - U boshka edi, xuddi senikiga o‘xshash. Biz o‘n yil davomida o‘shaning karzini tulab keldik. Qanchalik qiynalganimizni bilasanmi? Hech vaqoyimiz qolmadi. Mana, shukrki, hammasi tugadi. Shuning uchun o‘zimda yo‘q xursandman.
Foreste xoinm turgan yerida qotib qoldi.
 - Hali menikining o‘rniga yangi zebigardon sotib oldik, degin?
 - Ha. sezmagansan, ular bir-biridan hecham farq qilmasdi, -dedi u tantanavor va samimiy iljayib.
 Forest’e xonim xayajonda dugonasining qo‘llariga yopishdi:
 - Matilda! Sho‘rlikkinam mening! Axir u taqinchoq qalbaki olmosdan yasalgan edi-ku! Eng oshib borsa, uch yuz frank turardi.

 Rus tilidan Rustam Jabborov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.