Hakima al-Harbiy – Madinai munavvarada tug‘ilgan. Jiddadagi Abdul-Aziz universitetining filologiya fakultetini bitirgan. “Lamis Mansur” taxallusi bilan ijod qilgan.
Uning “Mag‘lubiyat girdobidagi orzu” (1998), “Hayrat og‘ushidagi savol” (2002), “Qahraton ayoz dalasidagi o‘simlik” (2002), “Qochqinlik g‘ami” (2004), “To‘siqlar osha soyalar” hikoyalar to‘plami, “Bolalik tongi” bolalar uchun hikoyalar to‘plami va “Umr zindoni” romani nashr qilingan.