Jeyms Grem Ballard (James Graham Ballard) – 1930 yilning 15 noyabrida Xitoyning Shanxay shahrida ingliz diplomati oilasida dunyoga kelgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida ota-onasi bilan birga Xitoyga hujum qilgan yapon bosqinchilari tomonidan tashkil etilgan kontslagerga tashlangan. Urushdan keyin vataniga qaytib maktabni tamomlagan Jeyms Angliya harbiy havo kuchlarida xizmat qiladi. 1957 yilda syurrealizm oqimi ta’sirida yaratilgan fantastik mavzudagi ilk hikoyalarini o‘quvchiga taqdim etadi.
2009 yili vafot etgan va butun ijodi davomida 11 roman va 18 hikoyalar to‘plamini o‘quvchilarga taqdim etgan adibni ko‘pchilik adabiyotshunoslar Jozef Konrad va Kurt Vonnegutga o‘xshatadilar.
Uning «Quyosh saltanati» va «Avtohalokat» romanlari ekranlashtirilgan.