Kobo Abe (haqiqiy ismi — Abe Kimifusa; 7 mart 1924, Kita, Tokio — 22 yanvar 1993, Tokio, Yaponiya) — mashhur yapon yozuvchisi, dramaturg va ssenarist. Ijodining asosiy mavzusi — zamonaviy dunyoda komil insonni qidirish. Uning «Qumdagi xotin», «Begonaning yuzi» va «Yoqilgan karta» asarlari asosida 1960-yillardayoq rejissyor Xirosi Tesigaxara filmlar suratga olgan.