Li Mi Ye koreys bolalar adabiyotining yirik namoyondalaridan biridir. U 1964 yil 7 dekabrda Janubiy Koreyaning Tegu shahrida tug’ilgan. Uning 179 ga yaqin kitoblari nashr etilgan bo’lib, ko’proq bolalar hayotiga oid ertak va hikoyalardan tashkil topgan. Uning “Nima nimaga o’xshaydi?”, “Kuzga yetdik”, “Sahro qirolligi”, “Maqsad sari bir qadam”, “Biz seni sevamiz”, “Buvimning sovg’asi” kabi kitoblari koreys bolalari orasida qo’lma-qo’l bo’lgan. Li Mi Ye Koreyaning Chung-Ang universiteti adabiyotshunoslik fakultetini tamomlagan bo’lib, 1994 yili “Eng e’tiborga loyiq asar uchun” va “Yangi do’st” adabiyot sovrinlarini qo’lga kiritgan bo’lib, 2000 yili eng yaxshi hikoya uchun “Samsung” mukofotiga loyiq ko’rilgan.