Nikolay Nikolaevich Nosov (1908—1976) — rus bolalar yozuvchisi, dramaturg, kinostsenarist. Bilmasvoy haqidagi bir qancha asarlari bilan tanilgan. Nikolay Nosov rodilsya Kievda tug‘ilgan. Moskva kinematografiya institutini tamomlagan.
1938 yildan bolalar uchun asarlar yoza boshlaydi. Uning birinchi hikoyasi 1938 yili «Ermakchi» nomi bilan nashr etiladi. Uni mashhur qilgan kitob «Quvnoq oila» deb nomlanib, 1949 yili chop etilgan.
«Bilmasvoy va do‘stlarining sarguzashtlari» (1953—1954) trilogiyasiga yana «Bilmasvoy Quyosh shahrida» (1958) va «Bilmasvoy Oyda» (1964—1965) ertak-romanlari kiradi.