Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti — sirini bilib kelish uchun jo’natipti. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuripti va nihoyat, ulkan tog’ning tepasida haddan ziyod muhtasham bir qasrni ko’ripti. U qidirgan Donishmand shu qasrda yashar ekan.
Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning ichi odamga to’la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar, burchak-burchaklarda odamlar to’p-to’p bo’lib gurunglashar, sozandalarning kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalning o’rtasida esa kattakon stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob va tansiq taomlari, bag’oyat xushta'm noz-ne'matlariga to’la edi.
Donishmand shoshmasdan mehmonlar bilan birma-bir ko’rishib chiqdi. Yigit navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi.
Nihoyat, Donishmand yigitning nima maqsadda kelganini bildi, lekin hozir unga baxtning kaliti — siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo’q ekanini aytdi. Donishmand yigitga chiqib qasrni tomosha qilishni va ikki soatlardan keyin bu yerga — zalga qaytib kelishni buyurdi.
«Sendan yana bir iltimosim bor, — dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog’ solingan choy qoshig’ini uzatib. — Bu qoshiqni o’zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo’l, ichidagi yog’i to’kilib ketmasin».
Yigit qoshiqdan ko’zini uzmagan holda qasrni aylandi, uning zinalaridan tepaga ko’tarildi, pastga tushdi va, nihoyat, ikki soat o’tgach, Donishmandning ro’parasida yana namoyon bo’ldi.
«Xo’sh, qalay, — deb so’z qotdi Donishmand. — Koshonadagi fors gilamfari senga manzur bo’ldimi? Benihoya mirishkor bog’bonlar o’n yiidan beri ko’zining oq-u qorasidek avaylab parvarish qilayotgan bog’dagi gullar va daraxtlar yoqdi-mi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va nodir qo’lyozmalar-chi?»
Xijolatdan qizarib ketgan yigit bularning hech qaysisini ko’rmaganini tan oldi, negaki, uning butun diqqat-e'tibori Donishmand unga ishonib topshirgan ikki tomchi yog’da bo’lgan ekan.
«Bor, orqangga qayt, mening uyimdagi hamma mo’jizalarni ko’rib kel, — depti Donishmand. — Odam qayer-da va qanday yashashini bilmay turib, unga ishonib bo’lmaydi».
Qo’lida qoshiqcha bilan yigit yana zallar va yo’laklar bo’ylab aylana boshlapti. Bu gal u o’zini ancha erkin his qilib-di va xonalarni bezab turgan hamma noyob va g’aroyib narsalarni ko’ripti. U bog’lami va qasr tevaragidagi tog’larni tomosha qilibdi, gullar jozibasidan va mohirlik bilan joylashtirilgan haykallar-u rasmlardan bahra olipti. Donish-mandning huzuriga qaytib kelib, ko’rgan narsalarining ham-masini birma-bir sanab beribdi.
«Men senga qoshiqchada olib borib, to’kmay qaytarib olib kel, deb bergan yog’ qani?» — deb so’rabdi Donishmand.
Shu choq yigit qarasa-ki, yog’ to’kilib ketgan ekan.
«Senga berishim mumkin bo’lgan birdan-bir maslahatim ham shu, — depti donolar donosi. — Baxtning kaliti — siri ana shunda: bu dunyoni bezab turgan, unga joziba, ajiblik ato etib turgan nimaiki bo’lsa, hammasini ko’ra bilmoq kerak va ayni choqda o’sha choy qoshiqdagi ikki tomchi yog’ni ham zinhor-bazinhor unutmaslik zarur».
Paulo Koelo. Baxt kaliti (rivoyat)
Ozod Sharafiddinov tarjimasi