Richard Bax (ingl. Richard David Bach, 23 iyun 1936) — amerikalik yozuvchi, faylasuf va publitsist. Richard mashhur bastakor Iogann Sebastyan Baxning avlodi hisoblanadi. U 1936 yili Illinoys shtatida tug‘ilgan. Kaliforniyadagi Long-Bich universitetida o‘qigan.
Unga 1970 yilda yozilgan «Oqcharloq Djonatan Livingston» qissasi katta mashhurlik keltirdi.
Kitoblari: «Yerdagi begona» (Stranger to the Ground, 1963), «Biplan» (Biplane, 1966), «Hech narsa tasodifan emas» (Nothing by Chance, 1969), «Oqcharloq Djonatan Livingston» (Jonathan Livingston Seagull, 1970), «Qanotlar in’omi» (A Gift of Wings, 1974), «Uzoq bo‘lgan yer yo‘q» (There’s No Such Place As Far Away, 1976), «Mangulik ko‘prigi» (The Bridge Across Forever, 1984), «Yagona» (One, 1988), «Xavfsizlikdan qochish» (Running from Safety, 1994), «Aqlimdan tashqarida» (Out of My Mind, 1999), «Parvoz» (Flying, 2003).