Shinichi Yuki (結城 信一) — taniqli yapon yozuvchisi. U 1916 yilning 6 martida Tokioda tug‘ilgan. Vaseda universitetida tahsil olgan. 1948 yili ilk hikoyasi bosilgan. 1980 yili yapon adabiyotining bosh mukofoti bilan taqdirlangan. 15 dan ortiq hikoyalar, esselar va romanlardan iborat kitoblari, shuningdek, uch jildlik tanlangan asarlari nashr etilgan. Shinichi Yuki 1984 yilning 26 oktyabrida vafot etgan.