OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Jennifer Bassett. Tungi poyezd (hikoya)

Janob Xarris samolyotlardan juda qo‘rqardi. Avtobuslarni xam unchalik xushlamasdi. U o‘n yoshligida poyezdga mexr qo‘ygan. Hozir u ellik yoshda va hali xam poyezdlarni yaxshi ko‘radi. Janob Xarris o‘n to‘rtinchi sentyabrda Xelsinki (Finlandiya) dan Ouluga ketadigan tungi poyezdga chiqdi. Oldinda o‘n soatlik yo‘l bor edi. Poyezdda odam ko‘p emasdi va janob Xarrisning kupesiga xech kim kirmadi. U bundan juda xursand bo‘ldi. Ko‘pgina odamlar poyezdda tunda uxlab ketsa, janob Xarris derazadan tashqarini tomosha qilib ketish yoki kitob o‘qishni maqul ko‘rardi. Poyezd restoranidagi tushlikdan so‘ng janob Xarris vagoniga qaytib keldi va derazaning oldiga borib o‘tirdi. Derazadan bir- ikki soat Finlandiya o‘rmon va ko‘llarini tomosha qildi. Qorong‘u tusha boshlagach, janob Xarris kitobini ochib, uni o‘qishga tushdi. Yarim tunda poyezd Otavadagi kichkina bekatda to‘xtadi. Janob Xarris derazadan tashqariga qaradi, biroq xech kimni ko‘rmadi. Poyezd joyidan qo‘zg‘aldi. Bir oz o‘tib, janob Xarrisning kupesi eshigi ochilib, bir yosh erkak va bir yosh ayol kirib keldi. Ayolning jahldan ko‘zlari yonardi.
 – Karl! Bunday qilolmaysan! deb baqirdi u erkakka.
 Yosh erkak esa xoxolab kulganicha o‘rindiqqa o‘tirdi. Janob Xarris muloyim inson edi. U baland ovozda gapiradigan odamlarni yoqtirmasdi. Shu sababli ularning kelishi janob Xarrisga umuman yoqmadi “Ex yoshlar! Nega ular sekin gapira olmaydi-ya?”
 U kitobini yerga qo‘ydi va ko‘zlarini yumdi. Lekin uxlay olmadi chunki bu ikki yosh gapirishdan to‘xtamasdi. Ayol o‘tirib, pastroq ovozda dedi:
 - Karl! Axir akamsan-ku, seni yaxshi ko‘raman. Ammo, iltimos meni tushun, senga olmos marjonimni bera olmayman! Iltimos, uni menga qaytarib ber!
 Karl tirjaydi.
 – Yo‘q, Yelena, tez orada Rossiyaga qaytaman! Shuning uchun olmoslaringni olishga majburman, - deb shlyapasini yechib yerga qo‘ydi. – Yelena quloq sol, ering juda boy, men esa kambag‘alman. Mening xech narsam yo‘q. Pulsiz qanday yashashim mumkin? Pul bera olmas ekansan, olmoslaring menga kerak bo‘ladi, singiljon.
 Janob Xarris ayolga yaxshilab razm soldi. U qosh-ko‘zi va sochlari qop-qora, go‘zal ayol edi. Uning yuzlari oqarib ketgan, ko‘zlarida esa qo‘rquv bor edi. Janob Xarris Yelenaga achinib ketdi. U va akasi biron marta xam janob Xarrisga qarashmadi.
“Ular meni ko‘rishmayapti-mi?” deb o‘yladi janob Xarris.
 – Karl dedi Yelena yana, uning ovozi juda sekin chiqdi va janob Xarris asta quloq soldi – bugun uyimizga tushlikka kelganingda xonamga kirib, olmos marjonimni o‘g‘irlagansan. Nega bunday qilding? Bu marjonni menga erim bergan. Bu - unga onasidan yodgorlik. Uning jaxli chiqishi aniq. Men undan qo‘rqaman!
 Karl esa tirjayganicha qo‘lini cho‘ntagiga solib, undan marjonni chiqardi. Uning qo‘lidagi olmos marjon juda chiroyli edi. Janob Xarris marjonga termildi. Kupeda bir daqiqa jimlik xukm surdi. Janob Xarris kitobini ochdi-yu, uni o‘qimadi. U Karlning chaqchaygan ko‘zlari va sovuq yuziga qaradi.
 – Qanday chiroyli olmoslar! Ular menga yaxshigina pul keltiradi dedi Karl.
 – Ularni menga qaytarib ber, Karl deb shivirladi Yelena. Erim meni o‘ldiradi. Axir akamsan-ku, iltimos!
 Karl yana tirjaydi. Janob Xarrisning unga musht tushirgisi kelib ketdi.
 – Uyinga bor, singiljon. Men, bari bir olmoslarni senga qaytarib bermayman. Qani, jo‘na o‘sha joxil eringni oldiga!
 Ayolning qo‘lida birdaniga o‘tkir, uzun pichoq paydo bo‘ldi. Janob Xarrisning og‘zi ochilib, biror narsa deya olmasdi.
 – Olmoslarimni qaytar, bo‘lmasa, seni o‘ldiraman! deb qichqirdi Yelena.
 - Qanday mexribon va shirinso‘z singlim bor-a! Yo‘q, singiljon, ular - endi mening olmoslarim pichog‘ingni olib qo‘y deb kuldi Karl.
 Ammo kutilmaganda pichoqning uchi unga sanchildi va daxshatli chinqiriq bilan Karl yerga quladi. Xamma yoq qip-qizil qonga bo‘yaldi. Olmos marjon Karlning qo‘lidan polga tushdi. Yelenaning rangi oqarib ketdi.
 – O, yo‘q! Karl! Qayt... qayt!... Seni o‘ldirmoqchi emasdim!...
 Ammo Karl javob bermadi. Yelena uning boshiga qo‘llarini qo‘yib baqirib yig‘lab yubordi. Janob Xarrisning esa rangi oqarib, og‘zi ochilib qolgandi. Tezlik bilan o‘rnidan turib, eshik tomonga bordi. Yelena unga etibor xam qilmasdi. Janob Xarris yo‘lakka chiqib, to‘g‘ri poyezd nazoratchisining oldiga yugirdi.
 – Tezroq! dedi u xansirab. - Tezroq men bilan yuring! Falokat!... u yerda bir ayol!... Ey Xudoyim! U o‘z akasini o‘ldirib qo‘ydi! Poyezd nazoratchisi janob Xarris bilan kupega bordi. Janob Xarris eshikni ochdi va ular ichkariga kirishdi. Ammo kupeda na ayol, na jasad bor edi. Xech qanaqangi pichoq xam, olmos marjon xam yo‘q edi. U yerda faqat janob Xarrisning sumka, shlyapa va paltosi turardi. Poyezd nazoratchisi va janob Xarris bir-birlariga qaradi.
 – Lekin... lekin ular shu yerda edi! Men ularni aniq ko‘rdim! U ... yoshgina ayol ... qo‘lida pichog‘i bor edi va shu pichoq bilan akasini o‘ldirib qo‘ydi!
 – Pichog‘i bor edi deysizmi? deb so‘radi poyezd nazoratchisi.
 – Xa, uzun pichoq. Akasi uning olmoslarini olib qo‘ygan ekan shunga...
 – Exa, Olmoslar! deb janob Xarrisning gapini bo‘ldi nazoratchi. - O‘sha ayolning ismi Yelenamidi?
 - Xa, shunday! Buni qaerdan bilasiz? Uni taniysizmi? dedi xayratlanib janob Xarris.   
 – Shunday desa xam bo‘ladi deb nazoratchi biroz o‘ylanib qoldi. Keyin janob Xarrisga qaradi: – Yelena di Saronelli juda go‘zal ayol bo‘lgan. Yarim italyan, yarim finn. Akasi uning o‘gay akasi. Ularning onalari boshqa bo‘lgan. Menimcha akasining onasi rus bo‘lgan.
 – Bo‘lgan? Nega o‘tgan zamonda gapiryapsiz? Axir u ayol tirik-ku!
 – E, yo‘q. Yelena di Saronelli bundan taxminan sakson yillar avval olamdan o‘tgan. Akasini o‘ldirib qo‘ygach, qo‘rqqanidan poyezddan sakragan va o‘sha zaxoti xalok bo‘lgan. Bu voqea taxminimcha ana shu kupeda sodir bo‘lgan.
 Janob Xarrisning yuzi battar oqarib ketdi.
 – Sakson yil avval? Nimalar deyapsiz? Demak u va akasi ... biroq men ularni ko‘rdim!
 - Xa, to‘g‘ri ularni ko‘rgansiz ammo ular xozir xayot emas. Ular sharpalar bo‘lsa kerak. Odatda aynan sentyabr oyida ular tez tez ko‘rinish berishadi. Men bu sharpalarni xech qachon ko‘rmaganman. Ularni sizdan boshqa insonlar xam ko‘rishgan. O‘tgan yili bir er-xotin ana shu sharpalarni ko‘rishganini aytishgandi.
 Shunday deb poyezd nazoratchisi janob Xarrisning qo‘rquvdan oqarib ketgan yuziga qaradi.
 – Suv ichib olishingiz kerak, men bilan yuring sizga suv beraman deb u janob Xarrisning qo‘lidan tutdi.
 Janob Xarris finn suvini xushlamasdi. Ammo u qo‘rquvga tushib qolgandi. Ko‘zlarini yumishi bilan qo‘lida uzun, o‘tkir pichoqni ushlab turgan Yelenani ko‘rardi va uning daxshatli qichqirig‘ini eshitardi. Shu sababli u nazoratchiga ergashdi. Suv ichib bo‘lgach janob Xarris o‘zini biroz yaxshi xis qildi. Biroq yuragidagi qo‘rquv xanuz uni tark etmagandi. Shuning uchun u poyezd nazoratchisi bilan birga qoldi va kupesiga qaytmadi.
 – Xa, bu mashxur xikoya dedi poyezd nazoratchisi. – Xammasi aniq esimda yo‘q. Bu voqea ancha yil oldin sodir bo‘lgan. Yelenaning otasi Finlandiyaning juda boy kishilaridan biri bo‘lgan. Shunga yarasha uch-to‘rtta xotini va sakkiztacha bolasi bo‘lgan. Bor boyligini ko‘ngilxushlikka sarflagani tufayli farzandlariga deyarli xech narsa qoldirmagan. Karl uning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lgan. Odamlarning aytishicha u yengil xayotni tanlagan, juda yomon odam bo‘lgan ekan. Yelena esa... U bechoraga bu uchta erkak – otasi, akasi va eri bilan yashash oson bo‘lmagan. Bir yili u onasinikiga, Italiyaga borgan va o‘sha yerda turmush o‘rtog‘i di Saronellini uchratgan. U juda boy ammo qaxri qattiq, qattiqqo‘l erkak bo‘lgan. Ular Finlandiyaga qaytishgach Karl tez tez ularnikiga borib turgan. U singlisining badavlat eridan pul so‘rardi. Yelena akasini juda yaxshi ko‘rargani uchun unga pul berardi. Ammo janob di Saronelli Karlni yoqtirmas va bu ishi uchun Yelenadan jaxli chiqardi. U Yelenaga g‘azab qilib Karlga pul berishni to‘xtatdi. O‘shandan keyin esa... Qolgani sizga malum.
 – Xa bechora, baxtsiz Yelena deb xo‘rsinib qo‘ydi janob Xarris.
 Janob Xarris Ouluda ikki xafta do‘stlari bilan dam oldi. Biroq Xelsinkiga qaytishda bu safar janob Xarris avtobusga mindi. Avtobus sekin yurardi va bu yerda odamlar xam ko‘p edi. Ammo janob Xarris juda baxtiyor edi.O‘sha voqeadan so‘ng janob Xarris qaytib tungi poyezdlarga chiqmaydigan bo‘ldi.

Ingliz tilidan Feruz Ziyodullayev tarjimasi
“7x7” gazetasi 2015 yil, 9 aprel soni.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.