Ritani shafqatsizlarcha o‘ldirib ketishgandan buyon Karter oyna yonida o‘tiradi.
Televizor ham, kitob o‘qish-u xat yozish ham yo‘q. Uning hayoti — parda ortida ko‘ringan neki bo‘lsa — o‘sha.
Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim to‘laydi... U xonani tark etmaydi.
Uning hayoti — yugurayotgan jismoniy tarbiyachilar, yil fasllari almashuvi, g‘izillab o‘tayotgan avtomobillar, Ritaning ko‘lankasi.
Namat bilan o‘ralgan ushbu palatada oynalar yo‘qligini Karter tushunmasdi.
Davronbek Tojialiyev tarjimasi