XX asr ispan adabiyotining eng buyuk vakillaridan biri Visente Blasko Ibanes 1867 yili Valensiyada tug'ilgan. Yuridik fakultetni tugatib, Madridga ko'chib kelgan va jurnalistika bilan shug'ullangan. "Apelsin bog'larida" (1900), "Yovvoyi o'rda" (1906), "Qon va qum" (1908), "Bizning dengiz" (1918) kabi romanlari mashhur.