Yasusi Inoue (6 may 1907 — 29 yanvar 1991) — yapon yozuvchisi, Ryunoske Akutagava nomidagi mukofot laureati. Uning ijodidan tarixiy romanlar, bir qancha she’r va hikoyalar o‘rin olgan.
Yasuci Inoue harbiy shifokor oilasida tavallud topgan bo‘lib, olti yoshidan so‘ng Sidzuok viloyatida istiqomat qiluvchi buvisi qo‘lida tarbiya topgan. Voyaga yetgach, Kanadzav shahriga ko‘chib kelgan va shu yerda ijod bilan jiddiy shug‘ullangan. U Kyusyu va Kioto universitetlarida tahsil olgan. Keyingi yillarda uning asarlari, ayniqsa ommalashib ketgan. 1949 yilda Ryunoske Akutagava nomidagi mukofotga, 1976 yilda «Millatimiz faxri» nufuzli mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1964 yilda u Yaponiya San’at Akademiyasining a’zoligiga saylangan. 1984 yilda «PEN-Klub»ning yapon bo‘limi rahbari Yasunari Kavabatadan so‘ng prezidentlik lavozimini egallagan.