Yoqub Umar o‘g‘li (Yakup Deliömeroğlu) 1966 yili Turkiyaning Chankiri shahrida tug‘ilgan. Anqara universitetini bitirgan. Anqara universiteti sog‘lik bilimlari institutila doktoranturani tamomlagan.
2004-2006 yillarda Turkiya yozuvchilar uyushmasi raisi. 2006 yili do‘stlari bilan birga turk dunyosi shoir va yozuvchilarini birlashtiradigan Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasini tuzdi va birinchi raisi bo‘ldi.
Yoqub Umar o‘g‘li o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, boshqird, qirg‘iz tillarini biladi.
Kitoblari: «Tatarlar va Tatariston» (Tatarlar ve Tataristan, 1997), «Turk dunyosi haqida fikrlar va siyosatlar» (Türk Dünyası Üzerine Görüşler ve Politikalar, 1998), «Turkiston. Yassaviyning shahri – Yassi haqida» (Türkistan Yesevi'nin Şehri- Yesi'ye Dair, 2003).
Yoqub Umar o‘g‘li hozirda G‘oziy universitetida o‘qituvchi, Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasi raisi hamda markazi Ozarbayjonda bo‘lgan Mahmud Qoshg‘ariy vaqfi boshqaruvchisidir.