OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Shavqi Bag‘dodiy (1928)

Muhabbat yashaydi hamma zamonda
 
Ishq zamoni emas –
bizning bu zamon.
Ishq ovozin ko‘mgin.
Quyoshni so‘ndir.
Bugun olam – jang uchun maydon,
Shiori – “zarba ber”, “chavaqla”, “o‘ldir”.
O‘ldirgin va yoki jang qil o‘lguncha.
Nafrat qo‘ng‘irog‘i yangrar basma-bas,
Bu zamon – jang vaqti,
ishq vaqti emas.
 
Yo‘q aslo, qalb ulkan mehrga to‘liq,
Ko‘ngil keng – unda joy bordir oq-oydin.
Sevgan dillar istar ishq olovini.
Men sevib zaifmas, badtar kuchaydim.
Meni o‘z domiga tortmaydi sukunat,
Meni jangga chorlar asli muhabbat.
Men miltiqni bir qo‘limga olaman,
Bir qo‘lda – nay,
ishq kuyini chalaman…

Karim Bahriyev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.