OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Amaru (III-IV asr)

“YUZ SHE’R” kitobidan

* * *

“Ketgan qaytadi,xotin! Bas,hadeb yig’layverma,
Qara,rang yo’q yuzingda!” – dedim yorimga dilgir.
O’zining yoshligidan uyalib,g’amza ila
Shivirladi:”Sen ketsang,o’lib qolaman,axir!”

* * *

Yosh ma’shuqa safardan qaytib kelgan erining
Erkalashiga tashna xonaga shoshib kirib,
“Chivinlar ko’payibdi!” deya go’yo bilmasdan
Shamni o’chirib qo’ydi ro’molin silkib turib.

* * *

U shamni o’chiray deb puflardi – sham o’chmasdi,
Nilufarlar otsayam – o’chmay: dilin yoqardi.
U piqillab erining ko’ziga kaftin bosdi,
Eri bo’lsa jilmayib unga to’ymay boqardi.

Xurshid Davron tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.