Moldavan adabiyotinnng yirik arboblaridan biri Andrey Lupan Rezin rayoniga qarashli Mixuleni qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi.
Andrey Lupan Moldaviya ozod etilgandan so‘ng Kishinyovdagi uzumchilnk institutida, keyinchalik «Sovet dehqoni» gazetasining madaniyat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi, Bir necha yillar Moldaviya yozuvchilari soyuziga rahbarlik qildi.
Andrey Lupan ko‘proq shoir va dramaturg sifatida mashhur. Uning ijodi 1932 yildan she’r yozish bilan boshlandi. O’ttiz yil mobaynida nashr ettirilgan o‘nlab she’riy va nasriy to‘plamlari orasida uning «She’rlar» (1937), «Unutilmas kun» (1952), «Mamnuniyat qo‘shiqlari» (1954), «Qahqaha va gunoh» (1957) nomli kitoblarini ko‘rsatish mumkin.
Andrey Lupan qalamiga mansub «Unutilgan qishloq», «Yuzma-yuz» va «Yangi kuz» she’riy asarlari moldavan dostonchiligiga qo‘shilgan munosib hissadir.
A. Lupan moldavan kitobxonlarini A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov va V. V. Mayakovskiy singari rus klassiklari asarlari bilan tanishtirdi.
KITOBNING TAQDIRI
Ko‘hna tarix qonunn
Azaldan ayon,
Doim umid ketidan
Intilar inson.
Barcha so‘zu ijodlar,
Hikmatlar aro
Har kim o‘zga keragin
Izlar doimo.
Kimga — sahro quyuni,
Kimga — och girdob,
Kimga — tinch kutubxoia,
Daftar va kitob.
Mana, so‘lim shaharcha,
Husni zamona.
Markazda yangi klub —
Qiroatxona.
Qandillardan yog‘ilar
Ulkan zalga nur.
— Salom, shoir, — deydi xalq,
Aytar tashakkur,
O’ltirishar odamlar,
Yelkalari keng.
— Qani, yozuvchi og‘a,
Biron nima deng.
Men jim xayol suraman,
So‘ylar boshqalar,
Bir zamon Budjak edi
Kichkina shahar,
Barin xuddi kechaday
Saqlaydi xotir.
Ko‘z oldimdan o‘tadi
U kunlar bir-bir,
Shaharchada joriydir
Holati mamnu.
Bizni yig‘ar maydonga
Alanga, yog‘du.
Goh ajdarday to‘lg‘onar,
Qizil alanga.
Goh quturgan arslonday
Sapchir balandga.
Gulxanning tutuni-yu
Qurumn ichra
Kutubxona binosi
Ko‘rinmas sira.
Chor atrofdan dehqonlar
Boqishar hayron,
Zatvorlar. sharaqlaydi:
— Nari tur, dehqon!
Odamlarning ko‘zida
G’azab va nafrat.
Politsay musht ko‘tarib
Do‘q qilar faqat,
Ko‘zlari xaloyiqni
Naq yeb qo‘yguday.
— General Chuperkening
Buyrug‘i shunday.
Shunday deya olovga
Kitob otadi.
Chor atrofni kolenkor
Hidi tutadn.
Mana ro‘yxat. Nomma-nom
Olovga tushsin —
Kitobi man etilgan
Tolstoy va Pushkin.
Dante va Petrarka,
Gyote va Gomer,
Qizillarni yoqtirmas
Domnul Plutoner.
Quloq solib o‘ltirmas
U hech birovga.
Buyruq berar:— Shekspir,
Marsh-marsh olovga.
Gulxan ichra kitoblar
Yonayotir jim.
Ularning nolasini
Eshitmas hech kim.
Kutubxona turadi
Qaddi bukilib.
Oppoq devorlaridan
Qurum to‘kilib.
Hisobot ham yozildi
Darhol balandga:
«Zararli kitoblarni
Yutdi alanga».
Uxlayversin general
Tinch, dorilamon,
Bostirildi odatiy
Yana bir isyon.
Va lekin jandarmlar
Tarqalmas nechun?
Qo‘riqlashar gulxanning
Kulin butun tun.
Atrofdan g‘azab bilan,
Demay biron so‘z —
Jandarmning ko‘ziga
Boqar yuzlab ko‘z.
Bitta mujik chekkada
Tikilar hamon.
— Xat-savoding yo‘q, senga —
Nima bor, dehqon?
Politsiya boshlig‘i
Qancha so‘ksa ham —
Dehqon kulga boqadi
Jilmay bir qadam.
Gulxan o‘chgan, dehqonning
Qalbida biroq —
Haqiqatga tashnalik
Yonar balandroq.
Politsay kitoblarni
O’tga otgan on
Dehqonga bo‘ldi ilk bor
Tolstoy ayon.
Shamol esar izg‘irin,
Qor bilan quyun.
Ko‘tarilar osmonga
Kul bilan kukun.
Jahon bo‘ylab kul bilan
Tarqalar bir-bir
Pushkin va Petrarka,
Gorkiy, Shekspir.
Oylar o‘tar, yil o‘tar,
Davr o‘tar, lokin
Ularning ruhi bo‘lur
Dunyoga hokim.
Qaydan bilsin u jallod
Kitob yoqqan payt —
Kitob—bu qog‘oz emas,
Harf emas faqat.
Chin kitob zamirida
Bor buyuk qudrat:
Haqiqatga tashnalik
Erkka muhabbat.
Sahrolarning quyuni,
To‘lqin va girdob...
Bularning barchasini
Jam qilgan kitob.
Mana, so‘lim shaharcha,
Husni zamona.
Markazda yangi klub,
Qiroatxona.
Qandillardan yog‘ilar
Ulkan zalga nur.
— Salom, shoir, — deydi xalq,
Aytar tashakkur.
O’ltirishar odamlar,
Yelkalari keng.
— Qani, yozuvchi og‘a,
Biron nima deng.
1956
QADAH
Bu kun sizlar uchun
Qadah ko‘taraman,
Baxtimizni bunyod etgan keksalar!
Ona yer bag‘riga
Yaxshi niyat bilan
Umid uzumini ekkan keksalar!
Dehqon qo‘llariga
Quvonch bo‘ldi mehnat,
Ishondingiz, mehnat ketmagay abas.
Savatlarga to‘lgan
Oltinday ne’mat,
Chorhish naychasidan
Oqib tushgan sharbat
Tasavvuringizda hargiz, har nafas —
Gulgun sharob bo‘lib,
Mayi nob bo‘lib,
Misli oftob bo‘lib,
Ulfatbop bo‘lib
Qadahlarga to‘ldi yoqut va topaz.
Axir siz emasmi
Bizning umrimizni
Uzum toki bilan bog‘lagan?
Ko‘hna, mashaqqatli
Ona yerimizni
Bizning taqdir bilan bog‘lagan?
Mening tengdoshlarim,
Zamondoshlarim,
Sharaflar ayturman sizga doimo!
Otalar ishini
Qutlug‘ saqladingiz,
Mehnat-la o‘g‘illik
Burchin oqladingiz,
Ular vasiyatin qildingiz ado.
Ona yurt boshiga tushganda iushkul,
Vatan tuprog‘ini quchganda olov,
Uzumzor bog‘larni
Toptaganda yov,
Qalbimizni vayron qilganida ul,
Sizlar posbon bo‘lib,
Nigohbon bo‘lib,
Fidoiy jon bo‘lib,
Zo‘r qalqon bo‘lib,
Bosqinchi yo‘lini to‘sdingiz butkul.
Bu serziyo olam,
Bu shudgor maydon—
Zamirida yotar qancha qutlug‘ qon.
Endi sizlar uchun
Qadah ko‘taraman.
Ey, hali dunyoga kelmagan avlod!
Bu o‘lkani yana
Qilmoq uchun chaman,
Un yillardan keyin bo‘lguvchi bunyod—
Baxtiyor nasllar.
Umri asllar,
Bu toklar sizlarga meros dunyoda.
Asrlarga tutar
Uni asrlar,
Tokning umri bo‘lur yana ziyoda...
Andrey Lupan (1912-1992)
Erkin Vohidov tarjimalari