Aliev Maston Rasul o‘g‘li (Maston Guner) 1935 yilda Tovuz tumanining Asrik-Jirdaxan qishlog‘ida tug‘ilgan. 1957 yilda Ozarbayjon Pedagogika institutini tamomlagan.
Respublika matbuotida ilk she’rlari 1955 yilda chop etilgan. Ozarbayjon teleradioqo‘mitasida xodim, muharrir, bo‘lim mudiri, Bosh muharrir bo‘lgan. Keyin "Adabiyot va injasan’at" gazetasida bo‘lim mudiri, "Ganjlik" nashriyotida Bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Shoir, publitsist.
Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi (1959) va Jurnalistlar jamiyati (1976) a’zosi. Ozarbayjon Davlat mukofoti laureati (1980).
ISSIQ KO‘YLAK
Maktubingni oldim bugun, onajon,
Sevinchdan yuragim aylanar toqqa.
Yozasan: "Ay o‘g‘lim, qor yoqqan zamon,
Yuragim titrog‘i ko‘char yaproqqa.
Behuda qish chog‘i bo‘lganman men ham,
Ayozda odamga topilmas tirgak.
Onang qurbon bo‘lsin, bir yoz bordimi -
Manim jo‘natganim issiq jun ko‘ylak?"
Kichkina maktubda buyuk qalbingni,
Iliq nafasingni his qildim, Onam.
Onajon, bu maktub haroratlidir,
Menga yuborganing issiq ko‘ylakdan.
Xosiyat Rustamova tarjimasi