1969 yilda G‘arbiy Ozarbayjonda tug‘ilgan, Qazax tumanida o‘sib-ulg‘aygan. Boku Davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. Kasbi doktor. 1996 yildan matbuotda she’r va hikoyalari muntazam chop etib kelinmokda. 2004 yildan buyon Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. "Suvga brggilgan savdo" va "Yashil pichilti" nomli she’riy kitoblar muallifi.
VATAN XARITASI
Qizim chizdi
Vatan xaritasini.
Ozarbayjon so‘zini ammo
Sig‘dira bilmadi
Xarita ichra.
"Ozar" yozdi,
"Boy" yozdi.
So‘ngra dedi: "onajon,
"Jon" so‘ziga
Joy yetmay qoldi".
Mendan yordam kutar.
Boqdim ona yurtning
Parchalanmish bag‘riga.
Sarhaddagi tog‘lar, nahriga.
Temir eshik Darbandning
Darvozasin ochmadim.
Yozdim "J" ni janubga.
Dedim: jonimiz yonar,
Vatandan kim ham tonar?
Bo‘rcholiga "O" yozdim.
Otalar yeri dedim.
"N" ni qo‘ydim g‘arbiga,
Irivanga bir nuqga.
Unda nidomiz qolgan,
Nola, sadomiz qolgan.
Qizim, endi boq, dedim.
Buyuk Vatanimizning
Baxtsiz xaritasiga.
BU YO‘LLARNING UZUNI
Bu yo‘llarning uzuni —
Qoraboqqa ketgan yo‘l.
Bu yo‘llarning uzuni
Barobardir eniga.
Bu yo‘llarning uzuni —
So‘ngsiz orzu karvoni.
Yo‘llar daladan toqqa
Ketar Qorabog‘ sari.
Bu yo‘llarning uzuni
Qayda gullar tizimi.
Izlar o‘chib ketibdi,
Toshlar qiynar tizzamni.
Bu yo‘llarning uzuni
O‘tar Jidar yurtadan.
Yuragimga taqqanman
Yo‘llarning uzunini.
Nosir Muhammad tarjimalari