HAYOT
O, tiniq zamin tongi!
Kelar, yitar bulutlar…
Nahot ular shod dilni
Yengmoqqa qurbi yetar.
Agar qurbi yetsa, boq –
Qushlarni top osmondan.
Izlab top, uchib kelar
Qay biri tun tomondan.
Qara, ular sayrar sho‘x,
Ishon, o‘xsha ularga
Va ko‘nglingni bu ishonch
To‘ldiradi nurlarga.
Xurshid Davron tarjimasi