HAYOT
Hayotdan ketmoqni istamayman men
Hayotga botirib tirnoqlarimni
Shivirlayman sizni sevaman
Qonimday qizargan
Qip-qizil milash
Og‘rig‘imdan oqargan yovshan
O‘limimdek qoraygan o‘rmon
* * *
sog‘inishni yaxshi ko‘raman
rang va ohang zinalaridan
yugurib shoshilib chiqaman
ochilgan lablarim bilan
qor hidini yutishni
yaxshi ko‘raman
yolg‘izligimni yaxshi ko‘raman
yuksak-yuksaklarda
osmonni qushdek quchgan
eng baland ko‘prikdan ham baland
yolg‘izligimni yaxshi ko‘raman
Xurshid Davron tarjimasi