OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kaetano da Kosta Alegre (1864-1890)

Kaetano da Kosta Alegre 1864 yili San-Tomeda tug‘ilib, 1890 yili Lissabonda vafot etgan. Portugal tilida ijod qilgan.

MEN O‘LGANDA

Alvido, yor! Salom, ajal! Yorda ayb yo‘qdir.
Toshko‘mir otashi qorni sevganday,
Oq qizni sevdim men – qora? Qaydan bilaman.
Oq qor, otashimni sovut. O, sen – oppoq oy!
Mening ajalimsan. Kechir! O‘laman.

Qabrga kirgum yo‘q. Dahshatdir menga
Qurtlarga yem bo‘lib, chirimoq, yotmoq.
Qalbim olov bo‘lib yongandi. Mayli,
Jonsiz tanamni ham olovlarda yoq.

Mayli, erkin shamol sovugan kulim
Butun mamlakatga sochsin osuda.
Men keng makonlarda yashay lomakon:
Changu g‘ubor bo‘lay yer-ko‘kda, suvda.

Shunda, — bu ham taskin! — changday oqarib,
Sening siynang kabi oqarib, jonim,
Men, kulga aylangan sening oshig‘ing,
Havolarda kezsam, qo‘rqma, qalqinma -
Yuragingga kirsam, olganda nafas,
Kirsam tirikligimda kirolmagan qalbingga…

Karim Bahriyev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.