OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Marselino dos Santos (1929)

Marselino dos Santos - Mozambiklik shoir va davlat arbobi.

SOVG‘A

So‘qmoqdagi oddiy toshda o‘ynagan Shu’la,
Daraxtlarning bargida titragan Shamol,
Qaynoq zamin tomirida ko‘pirgan Daryo —
Bularning hammasi.
Senga o‘g‘ling Ardoqlab,
O‘tib ketgan bolalikning
Orzulari, xotirasida —
Hayot ishqi bilan
Jonlantirib
Olib kelgan
Sovg‘alaridir.
Onajon, muqaddas daraxt shoxidan
Sen uchun to‘qigan gulchambarimni
Ulug‘ ayyom kuni,
Bayraming kuni
Aziz boshginangga kiydirmoqchiman.
Ko‘p kechardi bunday holatlar,
Qar gal kechirganda qilmishlarimni.
Boshimni ko‘ksingga qo‘yganim kabi,
Bugun ham boshimni qo‘yaman asta
Ko‘zing chashmasida cho‘kmoqlik uchun,
Oqib ketmoq uchun to‘lqinlarida
Olis-olis xayollar tomon,
Sening qo‘llaringda namoyon bo‘lgan,
Bizni maftun qilgan xayollar tomon.
Mana, yoningdaman,
Onajon.

Oyoqyalang, horg‘in
Qadam bosganing
So‘qmotsdagi toshlar,
Seni soya bilan kiyintiruvchi,
Qo‘llaring tekkuvchi
Daraxtlar,
Hordiq chiqarmoqqa imkon bermasdan,
Kaftlaringni yuvib
Tanang vodiysida oqqan
Daryolar —
Bularning barchasi
Sen tug‘ilgan zamin sovg‘alaridir.
Mana, yoningdaman,
Onajon!

Ma’ruf Jalil tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.