* * *
Qor yog‘ar,
Qor yog‘ar,..
Yana qor yog‘ar Nevaga,
Dupurlatib yelib borar mis otliq.
Suvi yolg‘izgina yetmaydi menga,
Qo‘msayman, ko‘nglimda sog‘inch — bir og‘riq.
Qo‘msayman, ko‘nglimda sog‘inch — bir og‘rits,
Suvda langar tashlab turgan kemani.
Olis ovuldan turib unga bog‘liq
Xotirlar bag‘riga urgum o‘zimni.
Unda tosh saroylar turar qad kerib,
Ko‘k gumbazi bilan bo‘ylashib go‘yo.
Qishda ketib yozda yana yo‘l solib
Qaytgan qush singari bo‘lganda paydo.
Ko‘rganlarim borki, o‘sha mahali
Varisi tsalbimda birday sas berar:
Nevadan olganim do‘stlik sayqali —
Tuyg‘ular,
Tuyg‘ular.
Qor yog‘ar...
Qor yog‘ar...
Yana qor yog‘ar Nevaga,
Dupurlatib yelib borar mis otliq.
Suvi yolg‘izgina yetmaydi menga,
Qo‘msayman, ko‘nglimda sog‘inch — bir og‘riq.
Ikrom Otamurodov tarjimasi.