Muyesser Yeniay 1984 yili Izmirda tug‘ilgan. Egey universitetida tahsil olgan. Turkiyada she’riyat sohasidagi Yunus Emro, Ali Rizo Ertan, Anvar Go‘kche mukokoftlari sohibasi. «Tog‘larga oshiyon qurdim», «Qaytadan chizaman samoni» kabi bir nechta to‘plamlari bosilgan. Jahon she’riyati vakillarini turk tiliga, turk she’riyatidan namunalarni ingliz tiliga tarjima qilgan. She’rlari o‘ndan ortiq tillarga o‘girilib, chet ellarda ham nashr etilgan. Hozir «Şiirden» nomli adabiy jurnalda muharrir vazifasida ishlamoqda. U «PEN» va Turkiya Yozuvchilar uyushmasining a’zosidir.
RAJM*
Zohiri – tun
botin – ayriliq
so‘nggi kunni bugun
yashayotir dun
xayolimni qoplagan butun
ishq tugar
yurak-chi
toshbo‘ron bo‘lgan ayolday
voqelikka berolmaydi dosh
yuragim -
Tangrining menga otgani
eng bahaybat tosh
________
(rajm* – Islomda zinokorlarni toshbo‘ron qilish)
ALLOHNING UYI
Allohning uyidan
qalb oroliga
indik
davomiy
zamin uyidamiz
badan samoviy
TUN KARVONSAROYI
Bul tun
so‘zlar aylaydi xirom
bunda –
shuhrating karvonsaroyida
bul kecha
shams ko‘rib quvongan
maysalarday sevinchim lim-lim
xayol bor-ku
deya to‘q ko‘nglim
Turkchadan A’zam Obid tarjimasi