YODGORLIK YONIDA...
Bir ona yodgorlik poyiga cho‘kdi:
Intizor ko‘zlari namli, armonli,
Dudoqlar titradi, qurib darmoni,
Qomatin go‘yoki zaminga to‘kdi.
Butun-bor dunyosi tosh qotdi ohday,
Yana xotiralar tinchlik bermadi.
Marmar toshning sovuq yuzi terladi, —
Unsiz faryodlari yangragan chog‘da.
Haykal — yodgorlikda uning ko‘zlari...
Faqat yodgorlikka ayondek dardi...
Otayor tarjimasi.