OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kisiro Tanaka

TEPALIK

Ninosima — yam-yashil orol,
Hu, tepalik. Unga nazar sol,
Unga dafn etilgan qizim...
Uning ismi benomu nishon
O‘chib ketgan minglar qatori...
Oh, alamdan o‘rtanadi jon...
Xirosima — shum atom shahri!


QUYOSH BOTISHI

Eshitolmam aytgan so‘zingni,
Ko‘rolmayman sening o‘zingni...
Maktabingning vayronasida
Yonar botgan quyoshning nuri...

Xirosima — shum atom shahri!

Shuhrat tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.