OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Kovaxigasi Xekigado (1874-1959)

***

Oyog‘im ostida o‘ralashib ,
O’sgan maysalar aro
Chiyillaydi mitti jo‘jalar

***

Men tun bo‘yi xayku yozaman ,
Xotinim esa
Nimanidir yamab - yasqaydi...

***

O’tloqqa chiqaman ,
Qizg‘aldoqlar to‘zg‘ir shamolda
Suqsirlar uchib o‘tar...

***

Kartoshka qaynataman,
Tovushsiz koinot bo‘shliqlarida
Yig‘lar bolakay...

***

Qoraygan o‘choq mo‘risi uzra
Aylanadi inga joy izlab
Qaldirg‘ochlar baxorda...

***

Qishloqda bayram ,
Qirmizi fonarlar yonar ,
Bug‘u ma’rar olis zulmatda...

***

Suv charxpalagin aylantirishdan ,
Charchadi odamlar
Sholi ekish mavsumida...

***

Bug‘da pishirilgan sholg‘omni
Suzmaga qo‘shib yeb
O’ltirdim g‘amgin...

***

Sovuq suyagimdan o‘tib ketdi
Choshgox payti soxilda
Qarag‘aylar aro daydiyman .

***

Novdalari gulga burkangan
Bexi daraxti ostida
Gullaydi binafshalar .

***

Xuv ana , uzoqda
” Yosa ” ning qishki dalalarida
Ko‘rayapman qor qarqaralarin .

Xoldor Vulqon tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.