OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Midzuxara Syuosi (1892-1981)

***

Ko‘l uzra porlayotgan oyni ,
Tomosha qilmas hech kim
Barcha sholi o‘rimida . . .

***

Binafshalar gulladi yana
Toptaldi so‘qmoqlar
Bahorgi o‘rmonlarda

***

Olmalar gullagan .
Boyagina yoqqan bahor selida ,
Oppoq gul qopladi soxil suvlarin .

***

Oy porlar .
Qayinlar soyasi sezilmas ,
Tumanlarga cho‘mgan qayinzor

***

Bahorni kuzatayapman
Yomg‘irlarda shalobbo ivib
Bulutlar bilan yuzma - yuz , tog‘da

***

Yomg‘irli kun .
Oqin bo‘ylab oqar xrizantemalar
Ko‘rinmaydi bironta qayiq

***

Choy gullaydi baland qoyada ,
Shom zulmati qoplagan tog‘lar .
Olislardan ko‘tarilar oy

***

Naxotki binafsha
Yolg‘iz gulladi
Tutzorda yana . . .

***

Qaldirg‘ochlar chiyillab uchar ,
Tog‘lar orasidagi uyimning ,
Tomi ustidan .

***

Xagi gullayotir
Asama tog‘iga chiqaman
Bulutlarni qayrib . . .

***

Jarlar aro , to‘lqinlar uzra ,
Chaykalarning ini yonida
Olxo‘ri gullar . . .

***

Berkinadi o‘t - o‘lan ichra
Tunash uchun o‘tloq kakkusi ,
Yaqinlashar tun . . .

Xoldor Vulqon tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.