Maykl Silvestr Entsio Stallone 1946 yil 6 iyulda Nyu-York shahrida dunyoga keldi. Lekin, tug‘ilayotganida yuz mushaklari jarohatlandi, ya’ni, yuz qismi, qisman labi va tili harakatlanmaydigan bo‘ldi, ammo uning nutqidagi bu kamchiliklar va katta g‘amgin ko‘zlar Silvestr Stallonening tashrif kartasiga aylandi. U «Do‘zax oshxonasi» — italiyaliklarning Nyu-Yorkdagi ko‘chalarida ulg‘ayadi.
Kar’era: «Aktyor, Stsenarist, Rejissyor, Prodyusser». Ismi: Silvestr Stallone. Bo‘yi: 1,78 m. Tug‘ilgan sanasi: 1946 y, 6 iyul Tug‘ilgan joyi: Nyu-York, AQSh. Qatnashgan barcha filmlari: 61 ta. Janrlari: Jangari, drama, komediya. Rafiqasi: Jenifer Flavin. Bolalari: 3 nafar. Birinchi o‘ynagan filmi: 1970 Oxirgi o‘ynagan filmi: 2005 |
Silvestrning otasi Frenko oddiy sartaroshning maoshiga qoniqish hosil qilardi, onasi Jaklin hech tinim bilmas, doim izlanishda edi. Bir qancha muddat kordebaletda raqsga tushdi, keyinchalik ayollar o‘rtasidagi janglarning tashkilotchisiga aylanib, ma’lum muddatdan keyin o‘z kasbini munajjim va fitnes bo‘yicha maslahatchi lavozimiga o‘zgartirdi. Hozirgi kunda u Jeki Channing ashaddiy muxlislaridan biridir. Darvoqe, Chan va Stallone juda yaqin do‘stdirlar.
Maktabda Stallone yomon talaffuzi va bo‘yining pastligi uchun hammaga kulgi bo‘lardi. Silvestr uyatni yengib o‘tish uchun dramto‘garakka borgan bo‘lsa, hayotda omon qolish uchun jismoniy tarbiya bilan shug‘ullana boshladi. Stallone hozirgi kunda ham har kuni 5-6 soatni sport zalida o‘tkazadi. Atrofdagilar Silvestrning san’atga qiziqishini kulib kutib olishgan bo‘lsa, to‘lishgan mushaklari va badjahlligini jiddiy qabul qilishdi. 60-yillarning oxirida Stallone Mayyami universitetiga drama yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdi, ammo tez orada o‘qishdan zerikdi, uni tashlab, o‘z shahrida mashhur aktyor darajasiga yetish istagi tug‘ildi. Lekin unga uzoq vaqt davomida omad kulib boqmadi. Yetmishinchi yillarga kelib, Stallone bir nechta jiddiy filmlarga ham taklif qilindi. Ammo, hali ham u furgonli mashinada yashar, cho‘ntagida 20 dollardan ziyod puli bo‘lmas, buning ustiga uning ishsiz rafiqasi va bir yashar farzandi bor edi. Shuningdek, aynan shu payt Silvestrda, omadsizlikka uchragan, lekin taqdir bergan birgina imkoniyatdan unumli foydalangan bokschi Rokki hayoti haqida o‘zi tomonidan yozilgan stsenariy mavjud edi. Gollivudda bu stsenariyga xaridor tez topildi va Silvestrga 200 ming dollar berishini ma’lum qildi, ammo Silvestr 20 dollarga ham roziligini, bosh rolni o‘zi ijro etishini va tushadigan foydaning ma’lum bir foiziga egalik qilishini bildirdi.
1982 yilga kelib Silvestr nafaqat Rokki timsolini, balki Rembo obrazini ham yaratishga erishdi. Stallone dunyoda mashhurlikka erishgan ikki timsolni (Rokki va Rembo) yaratgan yagona aktyordir. U dunyoga tanilganidan so‘ng prodyusserlar va muxlislar nazdida, Silvestr faqatgina «Buzg‘unchi va Vayronkor» timsoli sifatida namoyon bo‘lganligi sababli, 1997 yili «Politsiyachilar zamini» filmida sherif rolini ijro etish uchun u 20 kg semirishga rozi bo‘ldi va 60 ming dollarlik gonorar egasiga aylandi. Ammo, 1997 yillarda eng kam gonorar 15-20 million dollar edi. Bu bilan Silvestr, u nafaqat o‘z mushaklarini ko‘z-ko‘z qiluvchi rol o‘ynashi, balki psixologik filmlarda ham o‘ynashi mumkinligini isbotlamoqchi edi.
1974 yilda Silvestr Gollivud cho‘qqisini zabt etmoqchi bo‘lgan bir qiz, Sasha Zakka uylandi. Eriga qaraganda Sasha Gollivudda hech nimani yo‘qotmadi, u mehribon rafiqa va ona roli bilan to‘la qoniqib, Silvestrga 2 o‘g‘il sovg‘a qildi. Lekin, kenja o‘g‘il Setada davosi yo‘q autizm kasalligi aniqlangach, Sasha, hammasiga Silvestrni aybladi va 1985 yilda bu ikki juftlik ajrashdi.
Stallone darrov fotomodel Brijit Nilsen tuzog‘iga tushdi. Silvestr uning bir nechta katta mablag‘li filmlarda asosiy rollarni ijro etishiga yordamlashdi, lekin oxir-oqibat Brijit Silvestrga xiyonat qildi. 1987 yilda ularning sharmandali ajrashuvi yuz berdi. Shundan so‘ng, Silvestr depressiya holatiga tushdi va duch kelgan ayollar bilan vaqtini o‘tkaza boshladi. 1990 yilda u aktrisalik faoliyatini endigina boshlagan Jenifer Flavin bilan tanishdi. Uning faoliyatida faqatgina bir filmda «Rokki V» da ijro etgan roli mavjud bo‘lsa ham, Silvestr hayotida o‘ziga xos o‘rin egallagan. 90-yillarning boshida Silvestrni eng uzun oyoqli model Enji Everxart o‘ziniki qilib olmoqchi bo‘ldi va bunga erishdi ham. 1995 yilda ular unashtirish marosimini o‘tkazishdi, lekin bu nikoh ham uzoq cho‘zilmadi. 1995 yilning iyunida aktyor unashtirish marosimini bekor qildi. U yana Flavin yoniga qaytdi va 1996 yilda Silvestr qizlik bo‘ldi. Buni qarangki, qizaloq yuragida kichkina tuynuk borligi ma’lum bo‘ldi. Murakkab operatsiya qilindi va qizaloq tirik qoldi. Bu narsa aktyorga qattiq ta’sir qilib, 1997 yilda Stallone va Flavin rasmiy nikoh tuzishdi. 1998 yilda ular oilasida yana bir qizaloq, 2002 yilda esa o‘g‘il tug‘ildi. Silvestr farzandlari bilan bo‘sh vaqtini o‘tkazishni juda yoqtiradi va shunisi aniqki, u qarilik davrini mazmunli o‘tkazishi muqarrar.
Silvestrga «Oskar» mukofotini hech qachon berishmasa kerak, lekin u «Rokki» va «Politsiyachilar zamini»dagi sherif roli uchun «Oskar»ga loyiqdir.
Ammo, eng asosiysi, unchalik husnga ega bo‘lmagan aktyorning, kinoda shunchalik mahorat bilan rol ijro etishi, uning boyligi, villalari va shaxsiy samolyotlaridan ustundir.
Silvestr rol ijro etgan filmlar
2007 y. «Rokki 6».
2003 y. «Ayg‘oqchilar farzandlari 3»
2003 y. «Soya»
2003 y. «Kirakash 3»
2002 y. «Qasos farishtalari»
2001 y. «Poygachi»
2000 y «Karterni yo‘q qilmoq»
1998 y «Antts chumolisi»
1997 y «Yaxshi hayot»
1997 y «Politsiyachilar zamini»
1997 y «Yon Gollivud, Yon»
1996 y «Kunduzgi nurlar»
1995 y «Sudya Fredd»
1995 yi «Qotillar»
1994 y «Mutaxassis»
1993 y «Buzg‘unchilar»
1993 y «Toqqa chiquvchi»
1992 y «To‘xta, yo‘qsa mening onam otadi»
1991 y «Oskar»
1990 y «Reynbo ismli odam»
1990 y «Rokki 5»
1989 y «Tongo va Kesh»
1989 y Mahbus»
1988 y «Rembo 3»
1987 y «Bor kuch bilan»
1986 y «Kobra»
1985 y «Rokki 4»
1985 y Rembo 2»
1982 y «Rembo: Birinchi qon»
1982 y «Rokki 3»
1981 y «G‘alaba»
1981 y «Tungi qirg‘iylar»
1979 y «Rokki 2»
1978 y «Jannat ko‘chalari»
1976 y «Rokki»
1975 y «Xavfli poygalar 2000»
1974 y «Fletbash Lordlari»
1971 y «Kluyt»
1970 y «Yashirinishga joy yo‘q»
1970 y «Katta va Stadlar kechasi»
Eng yaxshi filmlari:
«Rokki», «Ayg‘oqchilar farzandlari 3», «O‘yinning oxiri», «Taksi 3», «Yengil qo‘llar».