OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Tohir va Zuhra" - yangi talqin

Tohir va Zuhra filmi Sharq-Sinema mahsuloti bo'lib, 2005-yilda prokatga chiqqan.

Rollarda:
Zuhra - Zilola Musayeva (Shahzoda)
Fotima - Gulchehra Eshonqulova
Shohruh - Ulug'bek Qodirov
Sanjar - Ulug'bek Yunusov
Abdulla aka - Ubaydulla Omon
Hamid aka - Lutfulla Sa'dullayev

Ssenariy mualliflari - Ulug'bek Zufarov, Bahrom Yoqubov

Syujet
Abdulla akaning o'gli Sanjar shaharning bezori bolalariga qo'shilib qoladi va har kuni kayfu-safo bilan kun o'tkazadi. Bundan Abdulla aka ranjisa-da, u o'z ishini davom ettiradi. Bir kuni kechasi u uyiga qaytmaydi. Uni qidirish uchun singlisi Fotima yo'lga tushadi. Ittifoqo ayni shu payt akasining bezori o'rtoqlari "ov"ga chiqishadi. Fotima esa o'ljaga aylanadi. Uni yuzini berkitib shahr chetidagi hovliga olib ketishadi. Shu payt Sanjar ham o'sha yerda bo'lib, ketishga chog'lanayotgandi. Fotimaning ovozi eshitilganday bo'ladi, lekin mast aka bunga e'tibor bermaydi.
Shu kuni kechasi Fotimani zo'rlab, Shar chetidagi dalaga tashlab ketishadi. Fotima o'ziga kelgach nima bo'lganligini anglaydi va uyiga borib, bo'lgan voqeani yozib, nomusdan o'z joniga qasd qiladi. Ertalab xatni o'qigan Zuhra o'zidan ketib qoladi. Abdulla aka ham bu holatdan karaxt bo'lib qoladi. Sanjar esa o'ch olish uchun yana o'sha bezori o'rtoqlarining oldiga ketadi. Abdulla aka, Sanjardan ularning kimligini bilgan Shohruhning otasinikiga boradi. Hamid aka xatni o'qib, Abdulla akaga dalda bermoqchi bo'ladi. Lekin maqsadi ushbu ishni tezroq yopish bo'ladi.
Sanjar Shohruhni yo'lda mashina minib ketayotganida pastga tushiradi va bo'g'a boshlaydi. Buni ko'rib turgan boshqa bir o'rtog' pichoqni oladi-da, Sanjarni narigi dunyoga ravona qiladi. Ishni yopti-yopti qilish uchun Abdulla akani ham gumdon qilishadi. Militsiyaga esa bedarak yo'qoldi degan xabar keladi.
Endi Zuhra oilada bir o'zi qoladi va opasining qotillarini qidirishga tushadi. Shunday kunlarning birida Shohruh o'zini Tohir deya tanishtirib, unga yordam bermoqchi ekanligini aytadi va go'yoki Shohruhni qidirishga tushadi. Aslida Fotimaning qotili ayni shu Shohruh edi. Keyinchalik bu haqiqatdan xabar topgan Zuhra, undan o'ch olish maqsadida uyiga yashirincha boradi va yoqib yubormoqchi bo'ladi. Ammo bu maqsadi amalga oshmaydi.
Zuhraning tushiga doimo opasi Fotima kirar va uni bu yo'ldan qaytarardi. Ularning jazosini Alloh berishini aytardi. Shunday ham bo'ladi. Fotimani zo'rlagan uchchovlon avtomobil halokatidan vafot etadi...

O'lmas Umarbekov romani bilan mutanosibligi
Film ijodkorlari yozishicha bu filmda O'lmas Umarbekovning ayni shu nomli romani motivlaridan foydalanilgan. Bu degani film aynan shu roman asosida yaratilgan degani emas. Ba'zi bir motivlar romandan olingan. Film hozirgi zamon muhiti bilan ishlangan va shu davrga moslangan.

G'oyasi va tarbiyaviy jihati
Filmni ko'rish jarayonida uning yaxsgi g'oya asosida suratga olinganini his qilasiz. Film avvalida faxsh ko'chasiga kirib qolgan yoshlarning ayanchli holatlari ochib tashlanadi. Qizlarni xo'rlagan Sanjarning ha, Shohruhning ham singillari bor edi. Bir kun taqdir aylanib, gunohlari o'zlariga hanjar bo'lib suqilishi ayon edi. Shunday ham bo'ladi. Fotimani aynan akasining bezori o'rtoqlari badnom qilishadi. Ichkilik, faxsh, giyohvandlik, qimorbozlik illatlarining oxir-oqibati zimiston bilan tugashi filmda ham o'z tasdig'ini topgan.
Ikkinchi jihat qasos va kechirimlilik haqida. Zuhra tushida Fotimani ko'radi va opasi Zuhradan qasos olmaslikni, o'zi, akasi va otasi bu ko'rguliklarni unutishganini aytadi. Fotima o'zining qilmishidan noliydi va taqdiri azalga qarshi borganinning xunuk oqibati haqida singlisiga uqtiradi. Hamma narsani Alloh ko'rib-bilib turguvchidir. Ularning ham jazolarini albatta beradi, deb singlisiga tushuntiradi.

AbdulAziz

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.