OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mansurxon Toirov. Do‘l tog‘i va yetti osmon

 
Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Men sening ko‘changdan o‘tmasman zinhor.
Mening bu olamda o‘z aytar so‘zim
Va o‘zim sig‘inar mozorlarim bor.
Abdulla ORIPOV

Afsuski, Qur’oni karimni boshdan-oxir o‘qib chiqmoq va uqib olmoqqa barchada ham birdek layoqatu imkoniyat yo‘q. Birinchidan, aksar odamlar mudom katta-kichik turmush tashvishlariga ko‘milib yashaydi. Shu sabab Alloh kalomi haqida ozgina o‘qi­ganu eshitganlari bilan qanoatlanadi. Ikkinchidan, din ilmi vakillari orasida har xil mubolag‘alarga yo‘l qo‘yuvchilar uchraydi. Bu hol ham odamlarning Qur’oni karim­ni to‘g‘ri anglashiga xalal berishi ta­yin. Darvoqe, keyingi muammo endi paydo bo‘lgan emas. Atoqli olima Fozila Sulaymonova “Sharq va G‘arb” monografiyasida (T., “O‘zbekiston”, 2001, 387-bet) ayrim tafsir, me’rojnoma va qisas ul-anbiyolarda xayolotga behad erk beril­gani haqida yozadi (Masalan, Hazrat Alining qilichi 40 quloch deb talqin qilinishi mantiqqa zid. Aslida, bu qilich Turkiyadagi muzeyda turibdi va 70-80 santimetrdan uzun emas).

Eynshteyn bashariyatga Nyuton ta’limo­tining cheklanganligini isbotlovchi nis­biy­lik nazariyasini taqdim etar ekan, “Kechir meni, Nyuton!” deya xitob qiladi. Zero, Eynsh­teyn insoniyatga Nyuton g‘oyat aziz ekanini bilar, ammo haqiqat undan-da azizroqligini ham anglar edi. Shu kabi, mo‘min-musulmonlar uchun Qur’oni karim tafsirlariyu tafsirchilari ham juda aziz. Biroq Alloh va uning muqaddas Kitobi ulardan-da azizroqdir. Chunki o‘zga Alloh yo‘q va bo‘lmaydi ham. U Zot bashariyatga o‘zga Kitob tushirmaydi ham. Ammo insoniyat behisob mufassirga ega bo‘lishi va ular behisob tafsir yaratishi mumkin. Biz esa shular orasidan eng a’lolarini sa­ralab istifoda etmog‘imiz lozim.

Hozirgi vaqtda Qur’oni karimning ba’zi sura va oyatlari, zamonaviy ilm-fanga tayanil­may, yuzakiroq tafsir etilayotganidan foy­dalanib, bu Kitob Allohning vahiysi emas, balki Muhammadning so‘zlaridir, degan qarashni yoyishga intilishlar va sura-oyatlar mazmuniga g‘ayir ko‘z bilan qarashga urinish­lar kuchaymoqda. Qu­yida biz inter­net­dagi “Коранический взгляд на Вселенную” (http://ru.wikiislam.net/wiki/) va “Научные ошибки в Коране” (http://islamuncovered.info/scientific_errors_in_quran/) sahi­fa­larini bugungi fan xulosalari asosida baholashga urinib ko‘ramiz.

Qur’onning g‘a­yir munosabat­ga duchor bo‘l­­gan oyat­laridan biri mana bunday: “Alloh bulutlarni haydashi­ni, so‘ngra birga to‘p­­lashini, so‘ngra uyib qo‘­yishini ko‘rmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomg‘ir chi­­qarayotganini ko‘rursan. U Zot os­mondan, undagi tog‘lardan do‘l tushirib, u bilan O‘zi xohlagan kishilarga musibat yetkazur va uni O‘zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmog‘ining yarqirashi ko‘zlarni ketkazgudek bo‘lur” (Qur’oni karim va uning ma’nolari tarjimasi, mutarjim – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 24-sura, 43-oyat). Ushbu oyatni I. Krachkovskiy ruschaga bunday o‘girgan: “Разве ты не видишь, что Аллах гонит облака, потом соединяет их, потом превращает в тучу, и ты видишь, как из расщелин ее выходит ливень. И низводит Он с неба горы, в которых град, и поражает им, кого желает, и отклоняет, от кого пожелает. Блеск молнии Его готов унес­ти зрение”. Bu oyatga o‘z nomini sir tutgan “internet-mufassir” (balki “internet-mufassir­lar”dir) bunday munosabat bildiribdi (iqtiboslarni asliyat tilida berayotirmiz – M.T.): Град образуются в переохлаждённом дождевом облаке, за счёт замерзания отдельных капель. Такие зародыши могут вырасти до значительных размеров благодаря замерзанию сталкивающихся с ними переохлаждённых капель. Однако, автор Корана ошибочно приписывает формирование града мнимой горе на небе”.

Agar mual­lif Qur’on oyat­iga xolis qaraganida edi, o‘zi tanqid qilgan kalimani o‘qi­gach, imon keltirgan bo‘larmidi! Sababi – chindan ham do‘l yog‘ishidan oldin va u yog‘a­yotgan paytda osmonda zichligi turlicha bo‘lgan muz tog‘i vujudga keladi!

Keling, bu hodisani bir boshidan kuzataylik. Odatda, do‘l momaqaldiroq­ni ham yuzaga keltiruvchi to‘p-to‘p, qatlam-qatlam yomg‘ir bulutlaridan hosil bo‘ladi. Bu bulutlar tik, ya’ni vertikal holatda joylashgan bo‘lib, “cho‘qqi”si 10 kilometrdan ortishi mumkin. Ushbu “tog‘” ichida kuchli shamol ta’sirida yuqoriga qarab o‘rlayotgan oqim tezligi sekundiga 100 metr­gacha bo‘lishi aniqlangan. Mazkur oqim bulutlardagi suv tomchilarini harorati juda past, ya’ni minus 20–50 gradusli yuqori atmosfera qatlamlariga ko‘tarib chiqadi. Natijada, suv tomchilari muzga aylanadi, ular ham, o‘z galida, bir-biri bilan qo‘shilib, do‘l “guvalacha”lari shakliga kiradi. Hosil bo‘lish sharoitiga qarab, do‘l turlicha ko‘rinish olishi mumkin, lekin aksar soqqasimon bo‘ladi. Ushbu do‘l “guvalacha”lari goh tepa, goh pastga qarab betinim harakatlanadi. Milliardlab bunday do‘l “guvalacha”lari osmonda mudom chayqalib turgan ulkan muz tog‘i qiyofasini oladi.

Do‘lning vazni uni uchiradigan shamol kuchiga bog‘liqdir. Chunki do‘l “guvalacha”si, uni shamol uchirib yurgani sari kattalashib boraveradi. Tasavvur qiling, diametri 10 santimetrli do‘l “guvalacha”si havoda muallaq tura olishi uchun shamolning tezligi soatiga 200 kilometr bo‘lishi zarur. Do‘l o‘z og‘irligi ta’sirida pastga qarab sho‘ng‘isa, kuchli shamol uni yana yuqoriga irg‘itadi va shu tariqa do‘lni havoda uchirib yuradi. Bu holni takror va takror “boshdan kechirgan” do‘l “guvalacha”lari ulkanlashib, og‘irligi bir necha kilogrammgacha yetishi mumkin. Shamol do‘l “guvalacha”larini tutib tura olmasagina ular yerga yog‘adi. Demak, o‘sha paytda do‘l yog‘ayotgan hudud uzra muz tog‘i suzib yurgan bo‘ladi. Do‘l bulutlar ichida yuzaga kelgani sabab ular qancha qalinlashsa, do‘l yog‘ishi ehtimoli ham shuncha ortadi. Qalinligi 12 kilometr bo‘lgan bulutdan do‘l yog‘ish ehtimoli 50 foizga teng. Bulut 14 kilometr­li qalinlikda bo‘lsa, do‘l yog‘ish ehtimoli 75 foizga yetadi. Bulut qalinligi 18 kilometrga yetganda esa, do‘l yog‘ishi muqarrar bo‘ladi. Menimcha, Qur’oni karimning osmondagi ulkan muz tog‘idan do‘l yog‘ishi haqidagi oyati nechog‘li to‘g‘riligini asoslash uchun biz keltirgan dalil kifoya qilsa kerak.

Endi “internet-mufassir”ning boshqa da’volariga e’tibor qaratamiz va ularga ham bugungi fan xulosalariga tayanib javob beramiz. U Qur’oni karimning olam haqidagi qarashlarini bunday tanqid qi­ladi: Вселенная авторов Корана весьма проста, мала, содержит только плос­кую Землю и окружающие ее небеса”. Shundan so‘ng Qur’oni karimning ruscha tarjimasidan quyidagi oyatlarni keltiradi: “Он – тот, который сотворил вам все, что на земле, потом обратился к небу и строил его из семи небес. Он о всякой вещи знающ!” (Коран, 2:29); “Разве вы не видите, как сотворил Аллах семь небес рядами?” (Коран, 71:15); “Он – Тот, Кто сотворил рядами семь небес в гармонии друг с другом” (Коран, 67:3). “Internet-mufassir” o‘z fik­rini bunday davom ettiradi: ““Земля, окружена слоем воздуха толщиной около 10000 км. Этот слой называется атмосферой. Атмосфера удерживается вокруг Земли благодаря земному притяжению. Чем выше высота, тем меньше воздуха содержится в атмосфере, а сама она сливается с космическим пространством, где воздуха нет. Слои атмосферы условно можно поделить на семь небес. По нисходящей: Седьмое небо это Магнитосфера, Шестое небо это Ионосфера, Пятое небо это Экзосфера, Четвертое небо – Термосфера, Третье небо это Мезо­сфера, Второе небо – Стратосфера, Первое небо – Тропосфера”.

Keling, endi “internet-mufassir”ning Alloh kalomidagi yetti osmonga doir ta’limotga munosabatini ko‘rib chiqaylik. Xo‘sh, bu yetti osmon qanday? Birinchi osmon. Barchamizga ma’lumki, samolyotmi, dirijabl­mi, varrak yoki qushmi ucha boshlasa, biz ularni osmonga ko‘tarildi deymiz. Osmonda yettita sfera – Magnitosfera, Ionosfera, Ekzosfera, Termosfera, Mezosfera, Stratosfera, Troposfera mavjudligi bor gap bo‘laqolsin. Lekin bu yetti sferani kimdir beshtaga keltirishi, kimdir o‘ntaga yetkazishi mumkin. Tayinsizroq holat, shunday emasmi? Biz yaxshisi bu sferalarni birinchi osmonning atmosfera qatlamiga mansub deb qabul qilaylik. Shu tariqa, birinchi osmon deya samolyot, dirijabl, varrak yoki qushlar uchayotgan fazo hududini olamiz va bunga hech kim e’tiroz bildirmasa kerak.

“Internet-mufassir” yana bunday deb yozadi: “За дополнительными подробностями об устройстве небес можно обратиться к рассказу о ночном путешествии Мухаммеда (Сахих аль-Бухари – 1513 (3887). Текст слишком велик, чтобы цитировать его полностью, однако ниже будут приведены ключевые моменты. Например, непосредственно над куполом первого неба Мухаммед встретил Адама и обнаружил источники рек Тигр и Ев­фрат (видимо, при отсутствии познаний в области географии)”. Dajla va Frot daryolari birinchi osmondan suv ichadi, deyilganidan ushbu hadisda hech bir mubolag‘a yo‘q. Chunki bu daryolar suv ichadigan tog‘ cho‘qqilari, darhaqiqat, mazkur osmon hududida joylashgan. Demak, ushbu hadis bizning “birinchi osmon” tushunchasini to‘g‘ri belgilaganimizdan dalolat. Yuqorida biz Imom Buxoriy hadisiga yuzaki qarasak, uni inkor etishga rag‘bat uyg‘onishi mumkin edi, lekin ko‘rdikki, u haqiqatdan ham sahih ekan.

Ikkinchi osmon. Ma’lumki, sun’iy yo‘ldoshlar Yer orbitasiga chiqib olishi uchun sekundiga 8,2 kilometr tezlikda ucha olishi shart, aks holda, u Yer orbitasiga chiqa olmaydi. Chunki ikkinchi osmonga xos fizik “qatlam”ni yorib o‘tish uchun shunday tezlik talab etiladi. Bu to‘siqdan o‘tib olgan sun’iy yo‘ldosh esa ikkinchi osmonga yetadi. (Hozirgi fan Yer orbitasini “koinot” deb atashi barchaga ma’lum.) Shu tariqa, kosmik kemalar Yer atrofida sun’iy yo‘ldosh bo‘lib aylanib yuruvchi fazo hududi – kosmos­ni ikkinchi osmon deb qabul qilish mumkin. Bunday osmon mavjudligini falakshunos­lar ming yillar avval ham faraz etgan, ammo u haqidagi aniq tasavvur 1957 yili osmonga ilk kosmik kema ko‘tarilgandan so‘ng­gina yuzaga keldi.

“Internet-mufassir” kosmik kemaning fazoga ko‘tarilishi xususida bunday deb yozadi: Первыйкосмическийполетбылсовершенне-мусульманиномпятьдесятлетназад. Космические станции человека исследуют поверхность Луны, Марса и Венеры и даже, вышли за пределы Солнечной системы. Однако автор Корана полагает, что космические полеты невозможны без согласия Аллаха. Учитывая, что десятки астронавтов являются атеистами, мы должны спросить, почему всеведущий Аллах сделал такое ошибочное пророчество? – О сонм джиннов и людей! Если можете проникнуть за пределы небес и земли, то пройдите! Не пройдете вы, иначе как с властью” (Коран, 55:33).

Qur’oni karimning ushbu oyatida inson va jinlar osmonga Alloh xohishi bilan chiqishi haqida xabar berilmoqda. Lekin “internet-mufassir” buning uchun faqat musulmonlarga izn berilgan, deya xulosa chiqarishi uning badniyatligidan boshqa narsa emas. Chunki musulmon ham, g‘ayridin ham, hatto xudosiz ham Alloh bandasidir. U Zot osmonga chiqmoqqa kimga izn berishni yolg‘iz O‘zi biladi. Katta adron kollayderini ishga tushirishda jonbozlik ko‘rsatgan Rossiya olimlari koordinatori, Moskva davlat universiteti qoshidagi Yadro fizikasi ilmiy tekshirish instituti direktori o‘rinbosari V.Savrin 2008 yil 10 sentyabrdagi matbuot anjumanida “Ba’zan paydo bo‘ladigan “qora o‘ralar” juda qisqa fursat yashaydi. Chunki darrov portlab ketadi. Hatto kollayder devorlarigacha yetib borishga ulgurmaydi... Bu masalaga turlicha yondashish mumkin. Chunonchi, xudo ...ko‘rib-bilib turibdiki, insoniyat (men avvalo fizik­larni nazarda tutyapman) aniq maqsad sari intilyapti va haqiqatga yetmoq uchun bor aql-zakovati, kuch-quvvatini sarf qilyapti. Xudo oxir-oqibat o‘sha haqiqatni bilish uchun ijozat etishiga imonim komil”, degan gaplarni aytdi. Qarang, ulkan davlatning yirik olimi Yaratgandan kashfiyot qilmoqqa ruxsat so‘rayotir...

Darvoqe, ikkinchi osmon haqida aytilganlarga bir fikrni qo‘shimcha qilish mumkin. U, Qur’onda aytilganidek, birinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

Uchinchi osmon deb Oyning Yer atrofida milliard yillardan buyon harakat qilayotgan orbitasi hududini olsak to‘g‘ri bo‘lar. Uni o‘ziga makon qilgan Oy shu hudud bo‘ylab ko‘chib yurar ekan, o‘z ta’sir doirasini ham ko‘chiradi. Uchinchi osmon, yana Qur’onda aytil­ganidek, birinchi va ikkinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

To‘rtinchi osmonga chiqish uchun kosmik kema sekundiga 11 kilometrdan yuqori tezlikka ega bo‘lishi kerak. Shunda u Yerning tortish kuchi ta’siridan qutulib, Quyoshning sun’iy yo‘ldoshiga aylanadi va Quyosh at­ro­fida, Yer va boshqa sayyoralar kabi, ma’lum orbita bo‘ylab aylana boshlaydi. Darhaqiqat, Yer va boshqa bir necha sayyora Quyosh atrofida shunday orbita bo‘ylab aylanayotir va buni to‘rtinchi osmon deb olishimiz mumkin. Ya’ni Yer to‘rtinchi osmonda Quyosh atrofida harakatlanadi va bu osmon o‘z ichiga birinchi, ikkinchi va uchinchi osmonni ham oladi. Dastlabki uch osmonga Yer hukmronlik qilsa, to‘rtinchi osmonga Quyosh hukmrondir.

Beshinchi osmon. Quyosh fazoda barcha sayyoralarini ergashtirgan holda sekundiga 295 kilometr tezlik bilan Qutb yulduzi yo‘nalishidagi markaz atrofida harakatlanadi. Quyosh bu harakatni Somon yo‘li galaktikasida amalga oshiradi va mazkur hududni beshinchi osmon deb qabul qilish mumkin. Bu osmonga endi Somon yo‘li galaktikasi hukmrondir. U o‘ziga tobe osmondan Quyoshning chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydiСолнцезавершаетсвойпуть, направлениеисроккоторогоопределеныемуАллахомВсемогущим, Мудрым, ведающемобовсём”. (Коран, 36:38.) Ko‘rib turganimizdek, Quyosh muayyan yo‘nalishda ma’lum muddatgacha harakatda davom etadi. Hozirgi zamon fani buni inkor qilmaydi, bil’aks, tasdiqlaydi. “Клянусь солнцем и его сиянием, и месяцем, когда он за ним следует”. (Коран, 91:1-2.) Keyingi oyat Quyosh Oyni o‘ziga ergashtirib, yetaklab yurishidan darak beradi. Bu ham hozirgi fan xulosalariga zid emas. Zero, Oy ham Quyoshga ergashib, Somon yo‘li galaktikasida sekundiga 295 kilometr tezlikda harakatlanayotir. Beshinchi osmon birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

Oltinchi osmon. Agar fazo kemasi Quyosh­ning Somon yo‘li galaktikasidagi harakati tezligidan ham jadalroq ucha olsa (bu tezlik qancha bo‘lishini astronomlar hali hisoblab chiqmagan), Somon yo‘li galaktikasini ham ortda qoldirib, uning ta’siridan chetga – keyingi osmonga chiqadi va ushbu hududdagi behisob galaktikalar kabi o‘zi ham muayyan yo‘nalish bo‘yicha, ma’lum markaz atrofida suzuvchi jajji “galaktika”ga aylanadi. Bizning jajji “galaktika”miz boshqa son-sanoqsiz galaktikalar bilan birga harakatlanib yurgan fazo hududini oltinchi osmon deb qabul qilish mumkin. U birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

Yettinchi osmon deb hozirgi fan, to‘g‘­rirog‘i, Albert Eynshteyn fikricha, mavjud olam chegarasining narigi tomonini olish mumkin. Barcha galaktikalar, o‘z yulduzlari bilan birga, oltinchi osmon markazi atrofida juda ulkan tezlikda harakatlangancha olam sarhadiga qarab kengayib bormoqda (ularni yettinchi osmondagi qaysidir ulkan kuch o‘ziga tortib turgandek). Bu galaktikalar tezligi yorug‘lik tezligiga tenglashgach, ular ma’lum muddatdan so‘ng yettinchi osmonga o‘tib ketadi-da, bizga butkul ko‘rinmay qoladi. Ya’ni, fazo kemasi yorug‘lik tezligidan ildamroq ucha olsa, bizning olam chegarasidan o‘tib ketishi mumkin. Ba’zi yulduz va galaktikalar bot-bot nariyoqqa ana shunday o‘tib turishi fanga ayon. Shu tariqa, bizning olamimiz sarhadining boshqa tomonidagi fazoni yettinchi osmon deb olishimiz mumkin. Bu osmon birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

Mana, Qur’oni karim oyatlarida zikr etilgan “etti osmon” tushunchasini ozmi-ko‘pmi izohladik, desak bo‘ladi. Albatta, biz mazkur osmonlar haqida Yerga nisbat fikr yuritdik va Qur’onda ham aslida shunday qilingan. Aksar tafsirchilar oyatlar sharhida Yerni olam markaziga qo‘yib xulosa chiqarganiga sabab ham shu bo‘lsa, ehtimol! “Он – Тот, Кто сотворил рядами семь небес в гармонии друг с другом”. (Коран, 67:3.) Darhaqiqat, yetti osmon bir-biri bilan nihoyatda uyg‘un ekani, ya’ni biridan boshqasiga silliqqina – hech bir yoriq yoki tirqishsiz o‘tib borishini tasavvur etish qiyin emas. Yoki: “Разве вы не видите, как сотворил Аллах семь небес рядами?” (Коран, 71:15.) Shuningdek, yetti osmon qatma-qat (ichma-ich) joylashganiga ham hech bir kimsa shubha qila olmas?

Qur’oni karimning 21-sura 30-oyatida “Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?!” deyiladi. Kosmogoniya fani ilgari surayotgan Buyuk portlash nazariyasi ushbu oyat zamonaviy fan xulosalariga hamohang ekanini tasdiqlaydi. Kashfiyotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, qachonlardir Yerdagi quruqlik bir butun, yaxlit bo‘lgan. U keyinchalik qit’alarga ajralgan. Hayot esa dastlab suvda paydo bo‘lgan, shu bois kosmos va boshqa sayyoralardan hayot unsurini qidirayotgan fazogirlar avvalambor suvni izlayotir.

Qur’oni karimning 41-sura 11-oyati o‘zbekchaga quyidagicha o‘girilgan: “So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: “(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelingiz”, degan edi, ular “O‘z ixtiyorimiz bilan keldik”, dedilar”. O‘zbek tiliga “tutun” deb tarjima qilingan so‘z V. Poroxovaning ruscha tarjimasida “пеленой из дыма” (tutun qatlami) deb berilgan. Ajabo, kosmogoniya fani XX asrdagina olam gaz-chang (tutun) bulutidan (qatlamidan) paydo bo‘lganini aniqlasa, Qur’oni karim bu haqda 14 asr avval xabar berib turibdi!

Mazkur oyatda osmon va Yer o‘z ixtiyori bilan yaqinlashgani aytiladi. O‘z ixtiyori bilan demoqning ma’nosi Yerda ham, osmonda ham bir-biriga intilish mavjud deganidir. Fizikadagi butun olam tortishish qonuni gravitatsiya maydoni bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, jismlar bir-biriga ma’lum qonuniyat bilan ixtiyoriy ravishda tortiladi. Gravitatsiya maydonida elektr yoki magnit maydonlari tabiatiga xos itarilish xususiyati yo‘q. Zarralarning (jismlar, sayyoralar, yulduzlarning) o‘zaro tortishishi (gravitatsiya kuchi, oyatdagi ixtiyoriylik) sabab jism soqqasimon shakl olishi hozirgi fanga ayon. Shuning uchun ham Quyosh, sayyoralar, ularning yo‘ldoshlari va yulduzlar shakli dumaloqqa yaqin. Afsuski, shu vaqtgacha zamonaviy fan gravitatsiya tabiatini to‘liq-tugal tushuntirib bergani yo‘q.

Qur’onning 41-sura 12-oyatini I.Krach­kovskiy bunday tarjima qilgan“Он сот­ворил их семью небесами за два дня и внушил каждому небу его обязанности. Мы украсили нижнее небо светильниками и оберегаем его (или для оберегания его). Таково предопределение Могущественного, Знающего”. V. Poroxova tarjimasida esa ayni oyat “Он семь небес в два дня установил, и каждому назначил службу. Украсили мы ближный свод огнями и обеспечили ему охрану – Того, Кто безграничной власти преисполнен” tarzida berilgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasida “Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo‘ridik. Bu azizu o‘ta ilmli Zotning o‘lchovidir” tarzida bayon etilgan. Xuddi shu oyat Oltinxon To‘ra tarjimasida “Keyin ul ikki kunda alarni yetti osmon qilib bino qildi va tushirdi, har osmonga ang‘a munosib hukm va ziynat berduk. Biz dunyo osmonin chiroqlar ila va mahfuz saqladik ani. Bu g‘olib Zotning tadbiridir” shaklida ifodalanadi. Mazkur oyatdan yulduzlar pastki osmonda joylashgan degan xulosa kelib chiqayotgani yo‘q. Balki yaqin, ya’ni odamzodga ko‘rinib turgan osmonni yulduzlar chiroq kabi bezab turibdi degan ma’no bor. Ko‘rinib turibdiki, I.Krachkovskiy tarjimasidagi “нижнее” so‘zi biz murojaat qilgan boshqa variant­larda o‘zgacha beril­gan. Jumladan, V. Poroxova “ближный” so‘zidan foydalangan. Nimaga nisbatan yaqin, balki Quyoshgadir? Biz chiqargan xulosaga ko‘ra, Yer to‘rtinchi osmonda bo‘lsa, unga eng yaqini – Quyosh suzib yurgan beshinchi osmondir va u milliard­lab yulduzlar bilan guldastadek bezatib qo‘yilgan. Xo‘sh, buning nimasi tushunarsiz?! Krachkovskiy “нижный” so‘zini topib ishlatgan, Poroxovaning “ближный” so‘zi ham o‘rinli, o‘zbekcha tarjimalardagi “dunyo osmoni” birikmasi ham aniq-ravshan. Demak, biz o‘zbekcha tarjima bo‘yicha dunyo deganda Somon yo‘li galaktikasini tushunmog‘imiz kerak. Bunda bizning dunyo – bizning galaktika ma’nosini ifodalayotir, ya’ni “dunyo” so‘zi “galaktika” so‘ziga sinonim bo‘layotir. “Olam” so‘zi esa barcha galaktikalarni o‘z bag‘riga oladi deyilsa, barcha narsa joy-joyiga tushadi-qo‘yadi. Dunyo osmoni deganda, nega Somon yo‘li galaktikasini anglamasligimiz kerak?!

“Internet-mufassir” o‘z fikrini davom ettirib, yana bunday yozadi: “Эти небеса являются твердыми объектами, и это можно продемонстрировать следующим образом. В первую очередь, они играют роль крыши, защищая то, над чем они раскинуты. Защитный характер этой крыши показан в таких стихах, как: Мы сделали небо оберегаемой кровлей, однако они отворачиваются от его знамений (Коран, 21:32). Осколки небес могут падать и, возможно, ранить жителей Земли: Если Мы пожелаем, то заставим землю поглотить их или же низринем на них кусок неба” (Коран, 34:9). Osmonning qattiqligiga dalil shuki, bir osmondan ikkinchisiga o‘tish uchun sarf bo‘ladigan kuch har qanday po‘lat devorni teshib o‘tishga qodir, ya’ni osmon har qanday po‘latdan qattiqroqdir. Atmosfera ham bizga tom bo‘lib turganiga shubha yo‘q. Faqat aqli noqislargina tom albatta qamish, shifer yoki tunukadan bo‘ladi, deb ishonishi mumkin.

Фактически, небеса настолько твер­ды, что на них можно забраться при помощи лестницы: Если тебя тяготит их отвращение, то если ты сможешь оты­скать проход в земле или лестницу на небо, то принеси им знамение. Если бы Аллах пожелал, то собрал бы их всех на прямом пути. Посему не будь одним из невежд”. (Коран, 6:35.) “Internet-mufassir” ushbu oyatni I.Krachkovskiy tarjimasidan ba’zi xatolar bilan ko‘chiradi. Mazkur oyat V.Poroxova tarjimasida quyidagicha: А если тебе в тягость их презренье, То даже если б мог ты отыскать Расселину в земле иль лестницу на небо, И тем явить еще одно знаменье им (То все равно бы не уверили они). И будь на то желание Господне, Соб­рал бы Он их всех на праведной стезе. А потому (о Мухаммед!) не будь в числе невежд! (V.Poroxova 379-izohda bu oyat biror mo‘jiza ko‘rsatish talabi qo‘yilaverganidan so‘ng tushganini aytadi, 380-izohda esa oyatdagi “То все равно бы не уверили они” so‘zlari Krachkovskiy va Sablukov tarjimasida negadir tushib qolganidan hayron bo‘ladi. Ba’zi o‘zbekcha tarjimalarda bu so‘zlar izoh sifatida keltiriladi.)

“И наконец, небеса, по-видимому, нас­только тяжелы, что им требуются опоры. В отличие от современных мусульман, авторы Корана признают, что небесам необходимы опоры, добавляя при этом, что они невидимы: Кулиев – Аллах вознес небеса без опор, которые вы могли бы увидеть; Османов – Аллах вознес небеса на невидимых вами опорах (Коран, 13:2). Здесь авторы Корана воспринимают очевидным то, что небесам необходимы опоры. Но они концентрируют свое внимание не на их отсутствии, а на невидимос­ти.” Bu da’voga quyidagicha javob berish mumkin. Axir, gravitatsiya maydonida o‘sha “tayanch” – “opora”! Qanday ham ko‘rib bo‘lsin uni! Bo‘lmasa, uni kim ushlabdiyu kim ko‘ribdi? Qoyil qolmaysanmi, ey banda? Nyuton kashf etgan butun olam tortishish qonuni shu oyatga ishora qilayotir-ku! Hozirgi fanning eng buyuk jumbog‘i ham gravitatsiya maydoni bo‘lib turibdi-ku!

“Когда он прибыл туда, где закатывается солнце, он обнаружил, что оно закатывается в мутный (или горячий) источник. Около него он нашел народ. Мы сказали: “О Зуль Карнейн! Либо ты накажешь их, либо сделаешь им добро” (Коран, 18:86). Хотя в случае восхода Солнца никакие “мутные источники” не упоминаются, описываются люди, живущие непосредственно рядом с этим местом: Когда он прибыл туда, где восходит солнце, он обнаружил, что оно восходит над людьми, которым Мы не установили от него никакого прикрытия”. (Коран, 18:90.) Zulqarnayn dunyo chetiga borganida, yunon miflaridagi osmonni ko‘tarib turuvchi atlantlarni ko‘rmagan va osmonni ham qozon kabi yerga to‘nkarib qo‘yilgan deb aytmagan. Zulqarnayn quyosh botayotgan tomonda ham, chiqayotgan tomonda ham odamlar yashayotganini aytgan. Shuningdek, biror osmon ham Yer kattaligi bilan cheklangani Qur’on oyatlarida kelmagan. Yer yapaloq va doirasimon, unga osmon qozondek to‘nkaril­gan qabilidagi oyatlar Qur’onda yo‘q va buni Qur’on g‘animlari hazm qilishi og‘ir, albatta.

“Следует заметить, что во всем Коране нет каких-либо упоминаний галактик и их скоплений, квазаров или пус­того пространства. Просто вода, пре­стол и сам Аллах: Он сотворил их семью небесами за два дня и внушил каж­до­му небу его обязанности. Мы украсили ниж­нее небо светильниками и оберегаем его (или для оберегания его). Таково предопределение Могущественного, Знающего”. (Коран, 41:12.) Авторы Корана не допускали и мысли о том, что звез­ды могут быть объектами такого же масштаба, как и Солнце, но расположенными гораздо дальше”. Yetti osmonning ikki kunda (yoki ayrim tarjimalardagi kabi “ikki davr”da) barpo bo‘lishiga kelsak, butun olam ichra eng murakkab yaratiq – Yerdir. Eng ulkan yulduz ham, inson u yoqda tursin, hatto hasharot qadar murakkab emas, chunki ular asosan modda shakllaridan biri bo‘lmish plazmadan iborat hamda aksar osmon jismlari energiya va nur ko‘rinishidadir. Falakshunoslar osmon jismlarining 95 foizi bizga ma’lum bo‘lgan materiyadan farqliligini ikki so‘z bilan “qora (noma’lum) energiya” va “qora (noma’lum) materiya” deb izohlaydi. Yetti osmonni yaratish Yer va undagi maxluqot, dov-daraxt, o‘t-o‘lanni yaratishdan jo‘nroq kechgan va shu bois kam vaqt talab etgan bo‘lsa ne ajab! Hozirgi fan olam Katta portlash natijasida bundan taxminan 11 milliard yil ilgari, Quyosh va Quyosh sistemasi, chunonchi, Yer esa 5 milliard yil ilgari paydo bo‘lgan degan xulosaga kelgan. Agar 11 milliarddan 5 milliardni olib tashlasak, 6 milliard qoladi. Albatta, bu vaqt o‘lchovi Yerga, uning Quyosh atrofida aylanishiga nis­batan olinayotir. 11 milliard yilni biz quyidagicha tushunishimiz ham mumkin. Barcha galaktikalar oltinchi osmonda ma’lum bir markaz atrofida, Yer Quyosh atrofida aylanayotganidek, harakatlanadi. Bu markaz (o‘q) atrofida, aytaylik, Somon yo‘li galaktikasini bir marotaba to‘liq aylanib chiqish uchun ketadigan vaqt bir kun deb olinsa (Yer o‘z o‘qi atrofida bir marta to‘liq aylanishi bir kun deb qabul qilinganidek), bu bir kunlik vaqt, ehtimol, Yerning Quyosh atrofida milliard marotaba aylanib chiqishiga teng bo‘lgan fursatdir (buni hali falakshunos­lar qiyosiy hisoblab chiqmagan). Demak, Qur’onda keltirilgan bir kun Yerning taxminan bir milliard yiliga teng bo‘layotir. Zotan, Allohni shoshiradigan hech qanday kuch yo‘q. Qur’onda avval ikki kunda osmonlar, so‘ng­ra to‘rt kunda Yer va undagi hayot yaratilgani haqida so‘z boradiki, bu oyat yuqorida aytgan fikrimizni tasdiqlaydi.

“Солнце и Луна описаны менее одно­значно... Эти два светильника (вмес­те со звездами и планетами) следуют по предписанным им путям вдоль изогнутых стен твердого небесного купола: Именно Он сотворил ночь и день, солнце и луну. И все они плывут по небосводу. (Коран, 21:33); Солнцу не следует догонять луну, и ночь не опережает день, и каждый из них плывет по небосводу. (Коран, 36:40); Солнце плывет к предназначенному для него местопребыванию: таково предписание Великого, Ведающего. (Коран, 36:38.) Вообще, Коран делает следующее замечание, которое фактически делает затмения невозможными: Солнцу не надлежит догонять луну, и ночь не опережает день. Каждый плывет по орбите. (Коран, 36:40.) Однако, чтобы произошло солнечное затмение, необходимо, чтобы Солнце и Луна “дог­нали” друг друга. Но так, как сама Луна в это время не видна, авторы Корана никогда не обращали на это внимания.” Quyosh tutilishiga Oy sababchi ekanini yunon olimlari Qur’oni karim nuzulidan ming yilcha avval bilgan va bu haqdagi ma’lumot Arabistonni ham chetlab o‘tmagan. Biroq yuqoridagi oyatlar Quyosh tutilganida Oy unga yetib olmagani, oradagi masofa 150 million kilometr ekaniyu har ikkisi ham o‘z orbitasi bo‘ylab harakatdaligiga ishoradir. Yerdagi odamgina Oy Quyoshga yetib oldi va shu sabab Quyosh tutildi, degan xulosaga kelishi mumkin, ammo barcha narsa O‘ziga ayon bo‘lgan Alloh emas! Darhaqiqat, Quyosh o‘z manzili sari mana 5 milliard yilki (Qur’on bo‘yicha besh kun), harakat qilayotir va o‘sha manzilga qachondir yetajak.

“Затем, в процессе обсуждения конца света, авторы Корана заявляют, что лунное затмение (которое может произойти только тогда, когда Солнце и Луна расположены по разные стороны Земли) будет происходить в то же время, когда Солнце и Луна наконец “догонет” друг друга: Он спрашивает, когда же наступит День воскресения? Когда взор будет ошеломлен, луна затмится, а солнце и луна сойдутся. (Коран, 75:6-9.)

Тот факт, что Солнце сойдется с Луной, демонстрирует не только то, что они “догонят” друг друга, но и то, что авторы Корана верили в то, что эти два объекта сравнимы по размерам. Авторы Корана не понимали того, что Солнце и Луна на самом деле являются причиной затмений, а не только объектами, испытывающими их”. Falakshunos B. Vorontsov-Velyaminov bunday yozadi: “Yangi yulduzlar” degan nom qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, bu nom chindan ham yangi kashf etilgan yulduzlarga berilgan. Olimlar xulosalariga ko‘ra, aslida ko‘zga ko‘rinmas yulduz azaldan bor bo‘ladi-yu, qo‘qqis charaqlashi bois kuzatuvchiga o‘zini yangi yulduz sifatida namoyon qiladi. Bunday chaqnash faqat o‘ta qaynoq va sekin harakatlanuvchi yulduzlarda ro‘y beradi. Barcha yangi yulduzlar qo‘shaloqdir, degan gumon ham yo‘q emas. Agar shunday bo‘lsa, Quyoshga bunday chaqnash xavf solmaydi”. “Agar shunday bo‘lsa...” deya shubha va umid bilan Quyosh portlamas, demoqda astronom olim. Lekin 75-suraning 7-oyatida Alloh bandalarini “Bas, ko‘z qamashganida”, deya ogohlantirayotir.

Quyosh ulkanlashgandan ulkanlashib, o‘z tegrasida harakatlanuvchi sayyoralarni – avval Merkuriy, so‘ngra Venerani domiga tortishi mumkin, lekin Yer bundan mustasno degan nuqtai nazar bor. Mabodo shu hodisa ro‘y ber­sa, Quyosh qi­zil gigantga aylanib, Oyni ham yutib yuborishi mumkin, degani bu. Ya’ni 9-oyatda aytil­ganidek, Oy va Quyosh birlashadi. Ro‘zi Mahsharda Quyosh odamlar bo­shi­da tik turadi degan bashorat­ni kim ham eshit­­magan, deysiz.

Yulduzlar olamidagi jarayonlar na­faqat sekin, balki tez ro‘y berishi ham mumkin. Masalan, bir yilga yaqin vaqt ichida o‘rtacha yulduz ulkan yulduz kabi chaqnaydi, so‘ng­ra shuncha muddat orasida ravshanligi pasayadi. Oqibatda, u neytronlardan tarkib topgan yulduzga aylanadi. Demak, fan yulduzlarda milliard yillarda sodir bo‘lishi kutilgan jarayon bir zumda ro‘y berishi ham mumkinligini tasdiqlaydi. Quyosh, Oy, yulduzlar va ulardagi evolyutsiya jarayoni bir zumlik chaqnash bilan poyoniga yetishi hech gap emas. Bunday paytda, oyatda aytilganidek, ko‘z qamashadi.

айтилганидек, кўз қамашади.

“Также они не понимали того, что Солнце является причиной возникновения как дня, так и ночи. С коранической точки зрения ночь – это не просто отсутствие дня. День и ночь – это две совершенно отдельные сущности, соз­данные Аллахом: Ты удлиняешь день за счет ночи и удлиняешь ночь за счет дня. Ты выводишь живое из мертвого и выводишь мертвое из живого. Ты даруешь удел безо всякого счета, кому пожелаешь. (Коран, 3:27); Воистину, в сотворении небес и земли, а также в смене ночи и дня заключены знамения для обладающих разумом. (Коран, 3:190); Он – Тот, Кто распростер землю, установил на ней незыблемые горы и реки, взрастил на ней из разных плодов по паре. Он покрывает день ночью. Воистину, в этом – знамения для людей размышляющих. (Коран, 13:3); Это – потому, что Аллах удлиняет день за счет ночи и удлиняет ночь за счет дня, а также потому, что Аллах – Слышащий, Видящий. (Коран, 22:61.)

День и ночь являются созданиями, совершенно независящими от Солнца, Луны или других небесных объектов. Нет ни малейшего намека на то, что Солнце является причиной возникновения дня и ночи: Воистину, ваш Господь – Аллах, Который сотворил небеса и землю за шесть дней, а затем вознесся на Трон (или утвердился на Троне). Он покрывает ночью день, который поспешно за ней следует. Солнце, луна и звезды – все они покорны Его воле. Несомненно, Он творит и повелевает. Благословен Аллах, Господь миров! (Коран 7:54); Аллах – Тот, Кто создал небеса и землю, ниспослал с неба воду и взрастил ею плоды для вашего пропитания, подчинил вам корабли, которые плывут по морям по Его воле, подчинил вам реки, подчинил вам солнце и луну, непрестанно движущиеся по своим орбитам, подчинил вам ночь и день. (Коран, 14:32-33); Он – Тот, Кто сотворил ночь и день, солнце и луну. Все плывут по орбитам. (Коран, 21:33); Разве ты не видишь, что Аллах удлиняет день за счет ночи и удлиняет ночь за счет дня, и подчинил солнце и луну, которые движутся к назначенному сроку, и что Аллаху ведомо о том, что вы совершаете? (Коран, 31:29); Он сотворил небеса и землю во истине. Он покрывает ночью день и покрывает днем ночь. Он подчинил солнце и луну. Все они движутся к назначенному сроку. Воистину, Он – Могущественный, Всепрощающий. (Коран, 39:5.)

Если Солнце не является причиной возникновения дня и ночи, то каково же его предназначение, кроме того, чтобы просто быть более ярким светилом из двух? Ответ прост: цель этих двух светил в том, чтобы люди могли отмерять по ним время и вести летосчисление: Он разверзает [мрак] утром, ниспосылает успокоение ночью, обращает солнце и луну в средство исчисления [дней и месяцев]. Таково установление Великого, Всеведущего (Коран, 6:96).”

Qur’onda zulmat va kechaning o‘zaro farqlanishi juda hayratlanarli. Zulmat Yerga bog‘liq emas, biroq kecha va kunduz Yerga, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga bog‘liq. Yer o‘z o‘qi atrofida aylanmaganida, “kecha” va “kunduz” tushunchalari ham bo‘lmas edi. Kecha va kunduz Yerga taalluqli va biri hisobiga boshqasi tug‘iladi. Yuqorida keltirilgan “Он – Тот, Кто сотворил ночь и день, солнце и луну. Все плывут по орбитам (Коран, 21:33.)” ва “Солнцу не надлежит догонять месяц, и ночь не опередит день, и каждый плавает по своду (Коран, 36:40.)” oyatlaridan ko‘rinyaptiki, Quyosh ham, Oy ham, kecha va kunduz ham falakda o‘z orbitalari bo‘ylab harakat qiladi. Quyosh va Oyning harakat qilayotganini qadimdanoq kuzatish mumkin bo‘lgan, lekin kecha va kunduz orbita bo‘ylab harakatda ekanini kim va qachon kuzatgan? Bu – Qur’oni karim mo‘jizalaridan ekaniga shubha bo‘lishi mumkinmi?! Mazkur oyat Yerning sharsimon ekani va o‘z o‘qi atrofida bir sutkada bir marta to‘liq aylanib chiqishi, ayni choqda, fazoda ham ma’lum orbita bo‘ylab harakatda ekanini ko‘rga hassadek qilib aytib turibdi-ku! Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida harakatda ekanini bundan ortiq qanday ifodalash mumkin?! Mabodo, Yer Quyosh atrofida aylanadi, deganga o‘xshash oddiy fikr oyat bo‘lib kelganida, “internet-mufassir” va uning maslakdoshlari “Bu fikrga qadimgi yunon olimlarining xulosasi sabab bo‘lgan”, de­yishi aniq edi!

“Авторы Корана не чувствовали силь­­ной необходимости описывать при­­­­роду и структуру Земли, так как ее оби­татели и так знали о ней все, что им было нужно. Однако описания Земли в Коране все же имеются, и они могут привести к некоторым весьма любопытным выводам.

Прежде всего, Земля в кораничес­кой Вселенной плоская. Для описания Земли авторы Корана часто использовали слова “распростереть” и “разостлать”. Эти слова арабы использовали в повседневной речи применительно к ковру. Не удивительно, что в Коране имеются сравнения Земли с ковром: Мы простерли землю, поместили на ней незыблемые горы и взрастили на ней в меру всякие вещи. (Коран, 15:19); [Он] – тот, который сделал землю для вас подстилкой и проложил для вас по ней дороги, низвел с неба [дождевую] воду. И Мы взрастили благодаря ей всевозможные растения. (Коран, 20:53); Он сделал для вас землю колыбелью и создал для вас на ней дороги, чтобы вы могли следовать прямым путем. (Коран, 43:10); Мы простерли землю, установили на ней незыблемые горы и взрастили на ней всякие великолепные пары растений. (Коран, 50:7); Мы разостлали землю, и как же прекрасно Мы расстилаем! (Коран, 51:48); Он – Тот, Кто распростер землю, установил на ней незыблемые горы и реки, взрастил на ней из разных плодов по паре. (Коран, 13:3); Он – тот, который землю сделал для вас ковром, а небо – зданием, и низвел с неба воду. (Коран, 2:22); После этого Он распростер землю. (Коран, 79:30); Аллах сделал для вас землю ковром. (Коран, 71:19); Разве Мы не сделали землю подстилкой. (Коран, 78:6); Неужели они не видят, как созданы верблюды, {…} как распростерта земля? (Коран, 88:17-20); Клянусь землей и Тем, кто ее простер! (Коран, 91:6.)”

Darvoqe, Qur’oni karimda Yer shakli qanday ifodalangani so‘nggi asrlarda bu kitobning ilohiyligini e’tirofu inkor etuvchilar o‘rtasidagi bahslarda bosh masala bo‘lib turibdi. Men Qur’oni karimning o‘zbekcha tarjimalarini o‘qib va ularni ruscha tarjimalarga qiyoslab, bunday xulosaga keldim. Birinchidan, Qur’oni karimda Yerning shak­li haqida ochiq bir gap aytilmagan. Alloh o‘z oyatlarida “Yerni yoyiq qildik”, deya vahiy yuboradi. Biror oyatda Yerni doira shak­lida tekis yaratdik deyilmagan. I.Krachkovskiy ushbu oyatni “...и землю после этого распрос­тер” deb, V.Poroxova esa “Потом Он землю распростер”, deya tarjima qilgan. “Распростер” so‘zi o‘zbek tilida keng yozmoq, katta ochmoq, kermoq, yoymoq, tarqatmoq, cho‘zmoq kabi ma’nolarni anglatadi.

O‘zbek tilining izohli lug‘at­larida “yoyiq” so‘zi yassi, yuza kabi ma’nolarni ifodalashi qayd etilganki, ular o‘z ichiga juda ko‘p (uchburchak, to‘rtburchak, cho‘ziq, sharsimon, spiralsimon va hokazo) tushunchalarni olishini unutmaslik darkor. Masalan, shamdan taralayotgan nur (yoyilayotgan, yoyiq) sharsimon bo‘ladi. Ilk tafsirchilar o‘zi uchun qulay bo‘lgan “yoyiq” so‘zini tanlagan. Ehtimol, bu keyingi mufassirlarni “Alloh Yerni doira shaklida tekis yaratdi”, degan xulosaga olib kelgandir?

“Также Коран отмечает, что если бы не горы – Земля была бы гораздо площе, чем она есть: В тот день Мы заставим двигаться горы, и ты увидишь, что земля станет плоской. Мы соберем их всех и никого не упустим” (Коран, 18:47.) Ushbu oyatda Yer faqat bir holda, ya’ni qiyomatda tekis bo‘lishi aniq aytilgan. Yana bir bor “Он – Тот, Кто сотворил ночь и день, солнце и луну. Все плывут по орбитам” (Коран, 21:33.) oyatiga murojaat etilsa, Yer sharsimon ekani va o‘z o‘qi hamda Quyosh atrofida harakatlanishi yaqqol ayon bo‘ladi. “Naba’” surasining 6-7-oyatlari I.Krachkovskiy tarjimasida quyidagicha: 6-oyat: “Разве Мы не сделали землю подстилкой”; 7-oyat: “и горы – опорами”. O‘zbek tilidagi tarjimada 6-oyat: “Biz Yerni to‘shak qilib qo‘ymadikmi?!”; 7-oyat: “Tog‘larni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo‘ymadikmi?!” tarzidadir.

“Опора” va “qoziq” so‘zlari ma’no ji­hatidan farqlanadi. Shu bois o‘zbekcha tarjimada “qoziq” so‘zi oyat ma’nosini to‘liq ang­lata olmagani uchun qavs ichida “Yerni tutib turuvchi” degan izoh berilgan. “Опора” – tirgovich, tirgak, tirak, tayanch, suyanchiq, asos, negiz, poy va hokazo ma’nolarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra, 7-oyatdan har bir tog‘ Yerning tagida (asosida) turibdi, degan ma’no chiqadi. Aslida insonga tog‘lar osmonni ko‘tarib turgandek ko‘rinadi. Va­holanki, samodan zaminga nazar solgan fazogirlar barcha tog‘lar Yer yuzi aholisiga poy bo‘lib turganini ko‘rgan. Yevroosiyo, Afrika qit’alari tog‘lari Amerika qit’asi odamlari uchun, Amerika tog‘lari esa Yevroosiyo va Afrika qit’alari ahli uchun negiz bo‘lib turibdi.

“Имеется один неясный аспект в исламской космологии: Коран упоминает некие семь земель, но не дает объяснений, что это такое (впрочем, некоторые предпочитают видеть здесь слои гео­сферы): Аллах – Тот, Кто сотворил семь небес и столько же земель. (Коран, 65:12.)

Если с семью куполами неба все понятно, то с “семью землями” – нет. Коран лишь делает замечание, что предметы могут “проникать” как в небо, так и в землю: Он – Тот, Кто сотворил небеса и землю за шесть дней, а затем вознесся на Трон (или утвердился на Троне). Он знает о том, что входит в землю, и о том, что выходит из нее, о том, что нисходит с неба, и о том, что восходит туда. Он с вами, где бы вы ни были. Аллах видит все, что вы совершаете. (Коран, 57:4.) Можно сделать вывод, что эти “семь земель” представляют собой стопку, подобную стопке монет”.

“Internet-mufassir” murojaat qilayot­gan “Аллах – Тот, Кто сотворил семь небес и столько же земель (Коран, 65:12.)” oyatidan ko‘rinib turibdiki, Alloh yetti osmon va yetti yerni yaratgan. Biz yuqorida yetti osmon haqida muayyan xulosaga keldik. Yetti yer deganda esa, ushbu muallif kabi, yetti qavat yerni tushunish, menimcha, nojoiz­dir. Sir emaski, Quyosh sistemasida yaqin-yaqingacha ham planetalar soni to‘qqizta deb kelinar edi. O‘n yilcha bo‘ldiki, Pluton planeta talablariga javob bermaydi, deb topildi va oqibatda sayyoralar soni bittaga kamaydi. Ushbu sakkiz planetadan Quyoshga eng yaqin joylashgani – Merkuriydir. U qachon planetaga aylangani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Planetalarning paydo bo‘lishiga doir asosiy gipoteza – nebulyar gipotezadir. XIX asrdan buyon Merkuriy bir vaqtlar Veneraning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lgan va ke­yinchalik uni Quyosh tortib olgan degan faraz mavjud. 1976 yili T. van Flandern va K.Harrington matematik hisob-kitoblar orqali ushbu faraz asosli ekanini isbotladi. Shu tariqa, hozir yettita planeta mavjudligi ayon bo‘lib turibdi. Allohning yetti yer haqidagi oyati ana shu yetti planetadir, desak mantiqqa zid bo‘lmas.

Qolaversa, Qur’onning АллахТот, Ктосотворилсемьнебесистолькожеземель (Коран, 65:12.)” oyatida falakda shart-sharoiti, jonzotlari, o‘simlik dunyosi va hokazosi Yerga monand sayyoradan yettitasi yaratilganiga ishora bordir, ehtimol. U holda biz olamda o‘zimiznikidan tashqari yana oltita “Yer”da hayot bor degan farazga kelishimiz mumkin. Insoniyat vaqt-soati yetib ularni kashf etishga muyassar bo‘lar balki.

“Он сотворил их семью небесами за два дня и внушил каждому небу его обязанности. Мы украсили нижнее небо светильниками и оберегаем его (или для оберегания его). Таково предопределение Могущественного, Знающего”. (Коран, 41:12.) Авторитетный среди мусульман Тафсир ибн Касира раскрывает значение аята тем же образом: В рассматриваемом аяте [41:9-12] содержится доказательство того, что Аллах начал творение с земли, после завершения ее творения Он сотворил семь небес. Такое можно наблюдать при строительстве здания, постройка начинается снизу вверх. Об этом говорили комментаторы, о чем мы разъясним позже по воле Аллаха”.

Yuqoridagi oyatlar asosida Alloh avval osmonni, so‘ngra Yerni yaratgan degan xulosaga kelish mumkin. Lekin, ayni choqda, Qur’onning 41:9-12-oyatlari xulosasini ham nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Agar ana shu oyatlarni inobatga olsak va Yer ham osmonning bo‘lagi ekanini nazarda tutsak, osmon va Yer bir vaqtda barpo etilavergan, lekin osmon ikki kunda barpo qilib bo‘lingan, Yerni barpo qilishga esa yana to‘rt kun kerak bo‘lgan, degan xulosaga kelamiz...

Rivoyat qilishlaricha, bir shayx asr namozi oldidan g‘usl qilib, tahorat olish uchun hovlisi etagidan oqib o‘tuvchi daryo sari yo‘l olibdi. U yo‘l-yo‘lakay qozonga yog‘ quyib, kechki ovqatga unnayotgan xotiniga bir-ikki tanbeh berib o‘tibdi. Daryo qirg‘og‘ida suvga tushmoq uchun yechinar ekan, osmonu falakka, tevarak-atrofga razm solib, “Nahotki, Alloh shunday muazzam olamni olti kunda yaratgan bo‘lsa?” degan shubhani ko‘nglidan o‘tkazibdi. So‘ngra shayx daryoga sho‘ng‘ibdi-da, g‘usl olib chiqib, o‘ziga boqsa, uzun qop-qora sochli, o‘n sakkiz yashar go‘zal qizga aylanib qolganmish. U o‘zining shu holidan qo‘rquvga tushib, avratlarini qanday yashirishni bilmay lol turganida, bir badaviy chavandoz kelib qolibdi-yu, qizni yerdan dast ko‘tarib, tizzasiga o‘tqazgancha tulporini choptirib ketibdi va uni o‘ziga kenja xotin qilib olibdi. Shayx badaviy bilan 30 yil yashabdi, undan 9 farzand ko‘ribdi. Badaviy har kun zulm qilavergach, ayol siymosidagi shayx axiyri jonidan to‘yibdi-da, shu yaqindan oqib o‘tuvchi daryoga o‘zini tashlabdi. Biroq jon shirin emasmi, nafasi obdon bo‘g‘ilgach, tipirchilab suv yuziga chiqibdiyu u yoq-bu yoqqa alanglab, g‘usl olmoq uchun daryoga sho‘ng‘igan joyidan chiqib qolganini anglabdi. Asliga qaytgan shayx apil-tapil tahorat olib, kiyim-boshini kiyib, sallasini o‘rab, uyi sari ravona bo‘libdi, qarasa, xotini qozonga solgan yog‘ini haliyam qizdirib ulgurmagan ekan...

Qissadan hissa shuki, har ne bo‘lganda ham, shayx holiga tushmaslik chorasini ko‘rgan ma’qul...

Tafakkurjurnali, 2014 yil 3-soni

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.