Shimoliy Qozog‘istonga surgun qilingan o‘zbeklar haqida
1930 yil 15 martgacha O‘zbekistondan 1000, Turkmanistondan 200, Qirg‘izistondan 100 kishini quloqlar sifatida kontslagerlarga olish OGPUga topshiriladi. Bu vazifa shu yilning 20 fevralida chiqarilgan qarorga asoslangan edi va u O‘zbekiston bo‘yicha ortig‘i bilan (1195 kishi) bajariladi. Uchlikning qarori bilan ularning bir qismi qamoq va surgun jazosini Sibir, Ural, Shimoliy Qozog‘istonda o‘tashga hukm qilingan.
Qatag‘on etilgan ikkinchi toifali “quloq”lar miqdori to‘g‘risidagi 1930 yil 4 maygacha bo‘lgan ma’lumotda yozilishicha, O‘rta Osiyodan 400 oila (2000 jon) surgun qilinishi kerak bo‘lgan, shundan Qozog‘istonga 80 oila (281 jon) joylashtirilgan. OGPU GULAGIning maxsus ko‘chkinchilar bo‘yicha bo‘limining qayd etishicha, 1930 yilda O‘rta Osiyodan Qozog‘istonga 159 oila surgun qilingan. OGPU 1930 yil 16 aprelda o‘zining Qozog‘istondagi vakili Danilovskiyga, O‘rta Osiyodagi vakolatli vakili L.G.Mironovga telegramma yo‘llab, unda O‘rta Osiyodan jo‘natilgan quloqlarni joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish lozimligini ta’kidlagan. Telegrammada bundan buyon O‘rta Osiyo hududidan tashqariga “quloq”larni surgun qilishni OGPU qaysi rayonlarga surgun qilish haqida sanktsiya berganidan so‘nggina amalga oshirilishi uqtirib o‘tilgan. 1930 yil
30-31 yanvardagi OGPUning joylardagi doimiy vakillari va bo‘limlari rahbar xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishida quloqlarni tugatish masalasi ko‘rib chiqiladi va O‘rta Osiyodan 2 ming kishini Qozog‘istonga surgun qilishga qaror qilingan.
30-31 yanvardagi OGPUning joylardagi doimiy vakillari va bo‘limlari rahbar xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishida quloqlarni tugatish masalasi ko‘rib chiqiladi va O‘rta Osiyodan 2 ming kishini Qozog‘istonga surgun qilishga qaror qilingan.
1933 yilda VKP Markaziy Komitetning taklifi bilan OGPU organlari zimmasiga Ittifoqning shahar va qishloqlaridan 2.000.000 nafardan oshiq aksilinqilobiy “quloq”lar va “jinoyatchi unsur”larni ko‘chirish vazifasi yuklatilgan. Bu ko‘chirish 1931 yildagiga nisbatan miqdor jihatdan bir necha bor ortiq edi. Agar 1931 yilda faqat qishloqdagilar surgun qilingan bo‘lsa, 1933 yilda esa surgun qilinganlar kontingentini har xil ijtimoiy qatlamlar: ham qishloq, ham shahar aholisi tashkil etgan
Mazkur ko‘chirish amalga oshirilgach, maxsus posyolkalardagi ko‘chkinchilar miqdori 5 millionga yetgan. Ularning ijtimoiy kelib chiqishi, siyosiy saviyasi, ahvoli, o‘tmishi ham turlicha bo‘lgan.
1933 yil 19 iyunda OGPU kadrlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Veynshtok nomiga OGPU maxfiy siyosiy bo‘lim boshlig‘i G.A.Molchanovdan kelgan xatda direktiv instantsiyaning qaroriga muvofiq 1933 yilda Kaspiyorti va O‘rta Osiyodan Shimoliy Qozog‘istonga “quloq”larni ko‘chirish ko‘zda tutilayotgani qayd etilgan. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «...O‘rta Osiyodan shu yilning 15 iyulidan 20 iyuligacha bo‘lgan vaqt ichida 500 oila, taxminan 2500 kishi Shartandi stantsiyasiga jo‘natiladi, shuningdek, iyun oyida Shartandi stantsiyasiga 3 yildan 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm etilgan mahbuslardan 3000 kishi keltiriladi va mehnat posyolkalariga joylashtiriladi». Xatda Kavkazortidagi turklar va armanilar, O‘rta Osiyo xalqlaridan iborat 8000 kishining aksariyati rus tilini bilmaganliklari bois, mehnat posyolkalaridagi maxsus ko‘chkinchilar orasida agentura — operativ ishlarni olib borish uchun surgun qilinganlar tilini biladigan operativ xodimlardan — O‘rta Osiyodan 5 kishini, Kavkaz ortidan 3 kishini Shimoliy Qozog‘istonga yuborish so‘ralgan. OGPUning Qarag‘anda oblasti bo‘limi apparatida hamda mehnat posyolkalari komendaturalarida mehnat ko‘chkinchilari tilini biladigan operativ xodimlarning bo‘lishi zarurligiga alohida ahamiyat qaratilgan.
OGPU GULAG boshlig‘i M.D.Berman 1933 yil 25 mayda «Qozog‘istonda OGPU mehnat posyolkalariga surgun qilingan quloqlarni qabul qilib olish rejasi»ni tasdiqlaydi. Unga ko‘ra, 1933 yil 3-dekadasida O‘rta Osiyodan 2000 kishi Shimoliy Qozog‘istonning Shartandi temir yo‘l stantsiyasiga keltirilishi ko‘rsatilgan. Ko‘chirishning taxminiy muddati 1933 yilning 10 iyunidan
15 iyunigacha qilib belgilangan bo‘lsa-da, 15 iyundan 20 iyulgacha amalga oshirilgan.
15 iyunigacha qilib belgilangan bo‘lsa-da, 15 iyundan 20 iyulgacha amalga oshirilgan.
OGPU maxfiy siyosiy bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Lyushkovning 1933 yil iyulida taqdim etgan «Quloqlarni surgun qilish to‘g‘risida»gi ma’lumotnomasida O‘rta Osiyodan Qozog‘istonga 1933 yilning 15 iyulidan 20 iyuligacha 500 oila, (2000 kishi) surgun qilinishi taxmin qilinayotgani aytilgan. Boshqa bir rasmiy hujjatda esa 1933 yil 8 iyuldan 10 iyulgacha O‘rta Osiyodan Qozog‘istonga 500 oila eshelonlarda jo‘natilgani qayd etilgan.
Sovet rejimining maxsus xizmat tashkiloti tomonidan tayyorlangan «Maxsus ko‘chkinchilarning siyosiy kayfiyati va aksilinqilobiy faolligi» nomli maxfiy ma’lumotnomasida Qozog‘istonning Qurday rayonidagi maxsus posyolka komendanti nomiga Shartyuba sovxozi Kendir uchastkasidagi maxsus ko‘chkinchilari ariza bilan murojaat qilib, 6 oy davomida ish haqi olmayotganliklari, 1933 yil yanvardan beri non bilan ta’minlanishda ko‘plab uzilishlar bo‘layotgani, hozirda esa ocharchilikni boshdan kechirayotganliklari qayd etilgan. Natijada 200 kishi qochib ketganligi, mehnat ko‘chkinchilari oila-oila bo‘lib shishib ketayotgani, ayrim holatlarda ovqat o‘rnida it va mushuklarning go‘shtini yeyishga majbur bo‘linayotani, erkaklar hamda ayollar orasida
1-, 2 - guruh nogironlari o‘sib borayotgani ta’kidlangan.
1-, 2 - guruh nogironlari o‘sib borayotgani ta’kidlangan.
1933 yil 10 iyuniga oid ana shunday maxfiy hujjatda Shimoliy Qozog‘istondagi mehnat surgunidagilardan 900 kishi ochlikdan, 300 kishi shishib ketishdan qalok bo‘lishi xavfi borligi qayd etilgan.
1934 yil 1 noyabrigacha bo‘lgan holatga ko‘ra, jami qatag‘on qilingan 33658 oila (95609 jon), shundan katta yoshdagilar 58943, bolalar 36666 kishini tashkil etgan. Qishloq xo‘jaligida 49547 kishi, sanoatda 46062 kishi ish bilan band bo‘lgan. Og‘ir mehnat, ayanchli turmush, ocharchilik, kasallik va boshqa sabablar bilan 1934 yilning 10 oyi ichida 5656 kishi o‘lgan, 3135 kishi qochib ketgan. Mehnat ko‘chkinchilari oziq-ovqat tanqisligidan tashqari issiq kiyim-kechak bilan nihoyatda kam ta’minlangan. Nogironlar, ko‘p bolali oilalar usti- bosh sotib olishga mutlaqo qurbi yetmaganlar miqdori 3.000 kishiga yetgan.
Shimoliy Qozog‘istondagi maxsus ko‘chkinchilarning iqtisodiy ahvoli, turmush sharoitlari mislsiz og‘ir va achinarliligini e’tiborga olib, OGPU raisi o‘rinbosari G.G. Yagoda SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi V.M.Molotovga murojaat etib Qozog‘iston ASSR Qarag‘anda viloyati qishloq xo‘jaligida yer o‘zlashtiruvchi maxsus ko‘chkinchilar 1932 yilda hozirga qadar ekinlarning nobud bo‘lishidan o‘ziga kelolmayotganliklarini asoslab bergan. Shundan kelib chiqib, SSSR XKSining 1931 yil 16 avgustdagi qarorida ko‘rsatilgan maxsus ko‘chkinchi xo‘jaliklarini 1934 yil
1 yanvargacha soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlardan ozod qilish haqidagi imtiyozi 1935 yil yanvargacha uzaytirildi. Lekin bu imtiyozlar ham ahvolni yaxshilashga imkon bermadi.
1 yanvargacha soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlardan ozod qilish haqidagi imtiyozi 1935 yil yanvargacha uzaytirildi. Lekin bu imtiyozlar ham ahvolni yaxshilashga imkon bermadi.
1936 yilda Shimoliy Qozog‘istonda 7744 ta qatag‘on etilgan oila (30046 jon) hayot kechirgan. O‘sha yili tug‘ilish 3688, boshqa o‘lkalardan “quloq” qilinganlar 1833, ichki qayta ko‘chirishlar orqali kelganlar 364, quda-andachilik tufayli yashab qolganlar 100 kishini tashkil etgan. Qochuvdan qaytarib keltirilganlar 323, qochuvdan ixtiyoriy qaytganlar 482 kishiga to‘g‘ri kelgan. Noto‘g‘ri surgun qilinganlar 1674, boqimandalikka o‘tkazilganlar 148, vafot etganlar 2201, qochib ketganlar 354, qamoqqa hukm etilganlar 315, huquqi tiklanganlar 8264, boshqa tashkilotlarga berib yuborilganlar 436, boshqa sabablar tufayli 1152, jami 15044 kishidan iborat bo‘lgan. 1937 yil 1 yanvarda esa Shimoliy Qozog‘iston mehnat posyolkalarida 28377 oila (89342 jon) istiqomat qilgan.
1936 yil 19 fevralda Shimoliy Qozog‘istonning Shartandiq rayoni
37-son mehnat posyolkasidagi 185 kishidan iborat o‘zbeklar O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetiga iltimosnoma yo‘llaydi. Unda jumladan shunday deyiladi: “Shimoliy Qozog‘istonga ko‘chirilgan 1523 nafar kishidan 185 kishigina tirik qoldi. Qolgan kishilar iqlimga va bizdan katta kuch-quvvatni talab etayotgan mehnatga chiday olmaganligidan, shuningdek, 40 gradusli ayoz va bo‘ronlardan vafot etdi. Biz shunga aminmizki, hukumatimiz bizning butunlay qirilib ketishimizga yo‘l qo‘ymaydi va paxtachilik bilan shug‘ullanib, o‘z davlatimizga foyda keltirishimiz uchun bizni o‘z vatanimizga qaytarib olib ketadi yoki Ittifoqning issiqroq joylariga ko‘chiradi. Oilalarimizni ochlikdan saqlab qolishimiz uchun ishlash hamda o‘z kuchimiz va bilimimizni davlat foydasiga bag‘ishlash imkonini berasiz, deb ishonamiz”.
37-son mehnat posyolkasidagi 185 kishidan iborat o‘zbeklar O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetiga iltimosnoma yo‘llaydi. Unda jumladan shunday deyiladi: “Shimoliy Qozog‘istonga ko‘chirilgan 1523 nafar kishidan 185 kishigina tirik qoldi. Qolgan kishilar iqlimga va bizdan katta kuch-quvvatni talab etayotgan mehnatga chiday olmaganligidan, shuningdek, 40 gradusli ayoz va bo‘ronlardan vafot etdi. Biz shunga aminmizki, hukumatimiz bizning butunlay qirilib ketishimizga yo‘l qo‘ymaydi va paxtachilik bilan shug‘ullanib, o‘z davlatimizga foyda keltirishimiz uchun bizni o‘z vatanimizga qaytarib olib ketadi yoki Ittifoqning issiqroq joylariga ko‘chiradi. Oilalarimizni ochlikdan saqlab qolishimiz uchun ishlash hamda o‘z kuchimiz va bilimimizni davlat foydasiga bag‘ishlash imkonini berasiz, deb ishonamiz”.
Bu xatni O‘zSSR MIK raisi o‘rinbosari D.I.Manjara 1936 yil 8 iyulda
Akmal Ikromovga jo‘natadi va bu kabi arizalar ko‘p marta kelib tushayotganligini uqtirib, uni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosida ko‘rib chiqishini so‘raydi.
Akmal Ikromovga jo‘natadi va bu kabi arizalar ko‘p marta kelib tushayotganligini uqtirib, uni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosida ko‘rib chiqishini so‘raydi.
Ammo mazkur ish bilan shug‘ullanish respublika Yer ishlari xalq komissarligiga topshiriladi. Masala bu yerda ham o‘z yechimini topmaydi. Yer ishlari xalq komissari o‘rinbosari Muhammadjon Biserov 1936 yil 20 iyulda arizani O‘zbekiston KP(b) Markaziy Komiteti muqokamasiga qo‘yishni so‘rab Golovanovga yuboriladi.
Biroq markazqo‘m ushbu xatni yana Yer ishlari xalq komissarligiga hal etish uchun yo‘llaydi. O‘sha yilning 20 avgustida Yer ishlari xalq komissarligi Markazqo‘mga qayta murojaat qiladi: «Yer ishlari xalq komissarligi Shimoliy Qozog‘istonning Shartandi rayonida joylashgan 37-mehnat posyolkasidagi o‘zbek mehnat ko‘chkinchilari guruhining O‘zbekistonga qayta ko‘chirish haqidagi arizasi bilan tanishib, ularni boshqa “quloq”lar yashayotgan «O‘zbeksovxozpaxta»ga qarashli sovxozlarga joylashtirish mumkin, deb hisoblaydi. Ammo ular bilan bevosita NKVD O‘zLAGi shug‘ullanayotganligi sababli mazkur masala bo‘yicha bevosita NKVD bilan bog‘lanish lozim».
Ikkinchi jahon urushi davrida O‘rta Osiyodan Ukraina va Shimoliy Kavkazga surgun qilingan yurtdoshlarimiz nemis-fashistlar okkupatsiyasi sharoitida kun ko‘rishga majbur bo‘lganlar. Biroq, erkaklar, ayniqsa, yoshi 18 dan 45 gacha bo‘lganlar Shimoliy Qozog‘istonga evakuatsiya qilingan. Ular maxsus posyolkalarda, Qarag‘anda ko‘mir konida va boshqa eng og‘ir sohalarda mehnat qilganlar.
Keksa erkaklar esa mehnat frontiga olinib, Shimoliy Qozog‘istonga surgun qilingan. Ularning ham ko‘pchiligi shu joyda halok bo‘lganlar. Masalan, Toshkentning Qibrayidan Xersonning Skadovsk rayoniga surgun qilingan Yo‘ldosh Mo‘minov (1895 yili tug‘ilgan) 1-son paxtachilik sovxozi
4-bo‘limi, 6-bazasidan mehnat frontiga olinib Qarag‘anda ko‘mir konida ishlagan. Tinka-madorini quritadigan og‘ir mehnat, ochlik, kasallik, bola-chaqalariga bo‘lgan tashnalikdan Yo‘ldosh Mo‘minov Qarag‘andada vafot etgan.
4-bo‘limi, 6-bazasidan mehnat frontiga olinib Qarag‘anda ko‘mir konida ishlagan. Tinka-madorini quritadigan og‘ir mehnat, ochlik, kasallik, bola-chaqalariga bo‘lgan tashnalikdan Yo‘ldosh Mo‘minov Qarag‘andada vafot etgan.
1941 yil 20 iyulda Nikolaevo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kadrlar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Maglevan Skadovskiy rayon komendaturasi komendanti Kvartalniyga zudlik bilan yoshi 18 dan 45 yoshgacha va qurol ishlatishga qodir bo‘lgan aksariyat o‘zbek, qirg‘izlardan iborat katta yoshdagi erkak mehnat ko‘chkinchilarini Melitopolga evakuatsiya qilish to‘g‘risida og‘zaki farmoyish beradi. Bu vaqtgacha ulardan 270 kishi har xil muddat ichida Skadovskiy rayon komendaturasi tomonidan Rostov viloyatiga evakuatsiya etilgandi.
O‘zbek, qirg‘iz, turkman, rus millatlariga mansub mehnat ko‘chkinchilari ma’muriy va nazorat rahbarlari bilan birgalikda jami 459 kishi vagonlarga joylashtiriladi. Soqchilar tayinlanadi, 459 kishilik eshelon Qarag‘anda temir yo‘li orqali Akmolinsk shahriga qarab yo‘l oladi. Yo‘l davomida mehnat posyolkalari xodimlari soqchilik xizmatini bajaradi, Kvartalniy, rayon komendanti Baranov, posyolka komendanti Togobitskiy mehnat ko‘chkinchilarini tekshirib borishadi. Qochib ketganlarni aniqlash, mehnat ko‘chkinchilarini yemoq-ichmoq, qaynoq va sovuq suv bilan ta’minlash, sanitariya xizmatini tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanishadi.
Eshelondan 38 kishi qochib ketadi, Qarag‘anda oblastiga 421 kishi keltiriladi, shundan 294 kishi Skadovskiy, 109 kishi Golopristan, 18 kishi Kaxovskiy rayon komendaturalaridan bo‘lgan. Barcha qochib ketganlarga temir yo‘l militsiya operativ punktlari orqali qidiruv e’lon qilinadi.
Keltirilgan mehnat ko‘chkinchilari 1941 yil 4 oktyabrda tuzilgan aktga ko‘ra Qarag‘anda oblasti bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasining maxsus mehnat posyolkalari katta inspektori Solovyovga topshiriladi. Deportatsiya qilinganlarning bir qismi Osakarovkada qoldiriladi, bir qismi esa Samarqand posyolkasiga jo‘natiladi.
Ukrainaning Nikolaev oblastidan evakuatsiya qilinganlar asosan o‘zbek va qirg‘izlar edi, oz miqdorda turkman va ruslar ham bo‘lgan. Ular 1931 yilda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan qatag‘on qilingan, evakuatsiya qilingan mehnat ko‘chkinchilari safida mehnat surgunidan ozod etilgan va pasportga ega bo‘lan 12 kishi oila a’zolari bilan Qarag‘andaga kelgach, ozod qilingan va o‘z vatanlariga qaytganlar. Xersondan qatag‘on etilgan o‘zbek, qirg‘iz, qisman turkman va tojik mehnat ko‘chkinchilari Shimoliy Qozog‘istonda nihoyatda og‘ir sharoitda kun ko‘rganlar. Chunki ularning oilalari nemis-fashistlar okkupatsiya qilgan Xerson oblastining Skadovsk, Golopristan, Kaxovsk rayonlarida, ayrimlariniki esa Rostov va Zaporoje oblastlarida edi. Qozog‘istondagi mehnat surgunidagilarning 1942 yil birinchi yarmidagi ahvoli to‘g‘risidagi hisobot ma’ruzada Ukraina SSR mehnat posyolkalaridan evakuatsiya bo‘yicha keltirilgan yakka-yakka holda so‘qqa bosh bo‘lib yashayotgan o‘zbeklar va qirg‘izlarning oilaviy qiyinchilikdan azoblanib surgun qilinish oldidan o‘z joylariga qaytishga yoki qochib ketishga urinayotganliklari alohida ta’kidlangan. Tabiiyki, ular ko‘pdan ko‘p sarguzashtlarni boshdan kechirgan, ushlab olinganlaridan keyin qamoq jazosiga tortilgan, ayrimlari yo‘l va yo‘qchilik azobidan o‘lib ketgan, kamdan kami vatanga qaytib kelgan, ba’zilari urush tugagach, so‘nggi surgun qilingan joylarga borib o‘z oilalari bilan istiqomat qilishgan. Ba’zi birlarining taqdiri yanada fojiali kechgan. Ana shundaylardan biri Ukrainadan Qozog‘istonga evakuatsiya qilingan Boltaboy Suyunboev Qarag‘anda viloyatidagi 2-son maxsus posyolkaga joylashgan. U mehnat ko‘chkinchilarini Vatanga xoinlik qilishga tashviqot qilganlikda ayblangan. Xufiyaviy manbada ko‘rsatilishicha, Boltaboy Suyunboev shunday degan: «Bizning oilalarimiz nemislar egallab olgan hududlarda a’lo darajada yashashmoqda. U yerda ishchilar kuniga Germaniya puli bilan
2 so‘m 50 tiyindan haq olmoqdalar, bir kilogramm oq nonning bahosi 5 tiyin. Bizlar bo‘lsak, bu yerda 11 yildan beri azob chekmoqdamiz, ochlikdan qiynalyapmiz, endilikda esa Germaniya SSSRga qarshi urush boshlashi bilan mehnat ko‘chkinchilari armiyaga kerak bo‘lib qoldi. Qachonki,armiyaga borganingizda nemislarni urmay asir tushing, eng yaxshisi shu». Tabiyki, buning uchun u qatag‘on tig‘iga uchragan.
2 so‘m 50 tiyindan haq olmoqdalar, bir kilogramm oq nonning bahosi 5 tiyin. Bizlar bo‘lsak, bu yerda 11 yildan beri azob chekmoqdamiz, ochlikdan qiynalyapmiz, endilikda esa Germaniya SSSRga qarshi urush boshlashi bilan mehnat ko‘chkinchilari armiyaga kerak bo‘lib qoldi. Qachonki,armiyaga borganingizda nemislarni urmay asir tushing, eng yaxshisi shu». Tabiyki, buning uchun u qatag‘on tig‘iga uchragan.
Urushdan so‘ng Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qozog‘istonga surgun qilingan sobiq quloqlarning yurtga qaytishlariga ruxsat beriladi. Ularning O‘zbekistonga qaytish jarayoni ham og‘ir kechgan, u 1950 yillar o‘rtalarigacha davom etgan.
Xullas, Shimoliy Qozog‘iston surgunida bo‘lib, o‘sha joylarda halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti, qismati, taqdiri chuqur va maxsus tadqiq etilishi zarur. Ular nomma-nom aniqlanishi va yaratilayotgan qatag‘on qurbonlari xotira kitobiga kiritilishi lozim.
Rustambek SHAMSUTDINOV,
tarix fanlari doktori, professor
Manzura AKBAROVA,
Andijon Davlat universiteti katta o‘qituvchisi
"Hurriyat" gazetasidan olindi.