Jalolobodga,tug‘ilib-o‘sgan qishlog‘im Suzoqqa borgan paytimda shunday “mish-mish”ni, ya’ni nimaykan, o‘zimizning Ziyovuddin ot-aravada Parijga borarmish, degan gaplarni eshitganim bor edi.
Ko‘p o‘tmay Ziyovuddinning o‘zi savlat to‘kib Toshkentga kirib keldi. Bir guruh o‘rtoqlarimiz uni Rohat ko‘li bo‘yida kutib olib, ot-aravasiyu o‘zini joylashtirish tadorigini ko‘rishdi.
Hol-ahvol so‘rashgach, Ziyovuddin aytdi: Safarni Samarqanddan — Go‘ri Amirdan boshlamoqchiman. Safar hujjatlarini rasmiylashtirish uchun anchadan buyon sarsonman. Bu orada safarga tayyorlagan 3-4 otni hujjatlar bo‘lavermagach, uloqqa qo‘yib yubordim. Hujjatlar tayyor bo‘lsa, Xudo xohlasa, yana bir-ikki kundan so‘ng safarga chiqamiz...
***
Sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi butun Turkiston o‘lkasida bo‘lganidek, Jalolobod hududida ham keng nishonlandi. Jumladan, bir guruh toshkentlik yozuvchi va shoir, jurnalistlar ham taklif etilgan bo‘lib, kamina ham ular orasida edim. Jalolobod viloyat o‘zbek milliy madaniy markazining qaroriga ko‘ra, asosiy tadbirlar Jalolobod shahrining Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ertalabdanoq shaharning turli taraflaridan, yaqin-atrof qishloqlardan bog‘ tomon gurra-gurra odamlar oqib kela boshladi. Sirasini aytganda, mazkur bog‘da bunday marosimlar ko‘plab o‘tkazilgan. Ammo bog‘ bog‘ bo‘lib bu darajada ko‘p odamni ko‘rmagan edi. Bir payt bog‘ning qibla tarafidagi darvozasi tomonda karnay-surnay sadolari yangradi. Biroz vaqtdan keyin esa qorabayir ot ustida savlat to‘kib hazrati Amir Temur qiyofasidagi shaxs tantana bilan boqqa kirib keldi. Bu manzarani ko‘rib xaloyiq bir qalqib tushdi. Har tomondan olqishlar yangradi. O‘sha kungi tantanada Amir Temur haqida, uning qilgan ishlari, turkiy xalqlarni birlashtirishda, Turkiston davlatchiligining asoschisi sifatida xizmatlari, u olib borgan qurilishlar, Sohibqironning din rivojiga qo‘shgan hissasi kabi masalalarda ko‘p va xo‘p gapirildi. Shoirlar she’rlar o‘qishdi, san’atkorlar kuy, qo‘shiqlar aytishdi. Eng qizig‘i keyin bo‘ldi. Stsenariydagi kichik bir detal hayotda shunday o‘z aksini topdi-qo‘ydi. Yubiley tantanalaridan Suzoq qishlog‘iga kela-kelguncha odamlar “Amir Temur”ni to‘xtatib o‘zlarini qiynayotgan yumushlar xususida arz qilishar, birov o‘qituvchilar bolalarga yaxshi bilim bermayotgani haqida gapirsa, boshqasi o‘zining yer ulushini mahalliy kengash tortib olganidan nolir edi. Shunday qilib, o‘sha kungi tantana Amir Temurning libosi, mingan oti, salaflari, hatto chiroyli kuzalgan soqol-mo‘ylabi, qaddi-qomati turtki bo‘ldi-yu, suzoqlik adabiyotchi, juda ko‘p o‘zbekistonlik ijodkorlarning do‘sti Ziyovuddin Mamajonov bir kunda nazarga tushdi-qoldi.
Aslida Ziyovuddin Mamajonov avval ham qishloqda, viloyatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarning faol ishtirokchisi edi. Jumladan, viloyatda o‘zbek milliy-madaniy markaz tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. Odamlarni qiynayotgan xoh ijtimoiy bo‘lsin, xoh siyosiy muammolarga aralashar, hokimiyat eshiklarini dadil qoqa boshlardi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘tkazilgan turli darajadagi saylovlarda xalqning o‘zi istagan nomzodlar tarafida turib faol ishtirok etdi.
— Qaysidir gazetada Frantsiyadagi muzeylardan birida Amir Temurga bag‘ishlab eksponatlar qo‘yilgani, ular orasida Sohibqironning byusti ham borligi haqida o‘qib qoldim, — degan edi suhbatlarimizdan birida Ziyovuddin. — Yana bir manbalarda esa Frantsiyada O‘sh nomli shahar ham mavjudligini o‘qidim. Ana shu ikki xabar menga tinchlik bermay qo‘ydi...
Endi uning butun o‘y-fikri Frantsiyaga safar qilish bilan band bo‘lib qoldi. Lekin qanday, nima bilan: uchoqdami, avtomobildami, piyodami? Uchoqda borish uchun katta pul kerak. Bundan tashqari bunday sayohatga har kuni millionlab odamlar borib kelmayaptimi?! Avtomobilda esa davlatlar chegaralaridan o‘tish qiyin kechadi. Buning ustiga tagidagi almisoqdan qolgan “Jiguli” mashinasining uzoqqa borishiga ko‘zi yetmaydi. Piyoda safarga chiqish esa... Yoshi ellikka yaqinlashib qolgan odamning shuncha yo‘lni bosib o‘tishi oson emasligini u yaxshi bilardi.
Uyqusiz tunlarning birida u “topdim” deb yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. Topdi: Frantsiyaga ot-aravada boradi. Yana bir o‘zi emas, otboqar, o‘g‘li va o‘zi. Shu kundan boshlab maqsadini amalga oshirishga kirishdi. Dastlab, niyatini Jalolobod viloyat o‘zbek milliy-madaniy markaz rahbari, taniqli tadbirkor Qodirjon Botirovga aytdi. Markaz rahbari garchi dastlab ichida bu safarning amalga oshishiga biroz shubhalangan bo‘lsa-da, qarshisidagi odamning qat’iyatini ko‘rib uning fikrini ma’qulladi. Safar tadorigini ko‘rishga rozilik berib, xarajatlarni Qirg‘iziston-Rossiya qo‘shma korxonasi o‘z zimmasiga olishini aytdi.

Yaqinda Rossiyada chop etiladigan “Mir novostey” gazetasda shunday bir xabarga ko‘zim tushdi. Taniqli frantsuz tadqiqotchisi va sayyohi Nikolya Vane o‘zining juda ko‘plab ekspeditsiyalarini
dunyoning shimol mamlakatlarida o‘tkazgan ekan. O‘tgan yili u itlar qo‘shilgan chanada Sibirni zabt etibdi. “Sibir Odisseyi” deb nom olgan ushbu safarga shaxsan Frantsiya prezidenti Jak Shirakning o‘zi homiylik qildi, deb yozadi gazeta...
... Suzoqlik sayyoh Ziyovuddin Mamajonovning safariga esa Jalolobod viloyat o‘zbek milliy madaniy markazidan boshqa homiylik qilgan biror tashkilotni bilmaymiz. Hatto Ziyovuddin Mamajonov rahbarligidagi ekspeditsiya yo‘lga chiqqan paytida qancha mablag‘i bo‘lgani ham bizga qorong‘u. Ziyovuddin va uning sheriklari Toshkentda katta bir ishlab chiqarish korxonasi hovlisida yashagan edilar. Biz bir guruh hamyurtlar uning oldiga borgan paytimizda Ziyovuddin “aqchasi” tugab qolganini, otga yem olish uchun ham qiynalayotganini aytgan ekan... Bo‘lsa bordir. Chunki o‘sha kunlari Ziyovuddin ekspeditsiyasini mablag‘ bilan ta’minlashga vakil bo‘lgan Abduvahob Abdullaev Olmaotaga ketgan bo‘lib, ekspeditsiyaning Parijga chiqishi uchun hujjatlar to‘g‘rilayotgan edi. Xullas, Parijga jo‘nash uchun viza olingunga qadar Ziyovuddin rahbarligidagi ekspeditsiya Toshkentda 20 kunga yaqin turib qoldi.
Bu vaqtdan Ziyovuddin unumli foydalanishga harakat qildi. Toshkent atrofida Amir Temur qadami yetgan ziyoratgohlarni tavof etdi. Jumladan, Yangiyo‘ldagi Zangi buva mozorini ziyorat qildi. Keyin esa Turkistonga, hazrati Sultonim (Hoja Ahmad Yassaviy) maqbarasini ziyorat qilgani bordi.
***
Xalqimizda ibora bor: oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q. Ziyovuddinning hayoti, uning gap-so‘zlari, qilgan amaliy ishlari, faoliyati, she’rlari haqida o‘ylarkanman, ba’zan xayolimdan yuqoridagi matal o‘taveradi. Ha, u, Ziyoviddin nainki Jalolobod viloyati, Suzoq ahlining, balki, barcha o‘zimizning o‘zbeklarning, qirg‘izistonlik o‘zbeklarning oldilaridan oqqan ariq edi.
Uning biror ishga kirishsa, qat’iyat bilan kirishishi, oxirigacha yetmaguncha tinib-tinchimasligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Suzoqdan Parijgacha bo‘lgan 8 ming kilometrlik masofani ot-aravada bosib o‘tish uchun ham metin iroda, so‘nmas qat’iyat kerak edi.
Ziyovuddin Mamajonov o‘zining Suzoqdan Parijgacha qilgan sayohati davomida kundalik tutmagan yoki tutgan bo‘lsa ham bizga noma’lum. Ammo u shoir edi. Bizning qo‘limizda sayyoh-shoirning safar davomida yozilgan bir turkum she’rlari borki, garchi yuksak badiiy saviyada bo‘lmasa-da, ular sayyohning ko‘rgan-kechirganlari, taassurotlari, hissiyotlarini har qanday kundalikdan ham yorqinroq ifodalaydi.
Ma’lumki, sayyoh Jaloloboddan Andijonga kelganda, u boshliq ekspeditsiyani andijonliklar katta xursandchilik bilan kutib olishadi. Shaharning “Bog‘i shamol” mavzesida ko‘k rangdagi ot-aravani ko‘riboq bir zumda odamlar to‘planadi. Ziyovuddinning maqsadini eshitgach esa aholi — ular orasida shoirlar, olimlar, ziyolilar ham bor edi — sayyohni yaxshilab mehmon qilishga jazm etishadi. O‘sha kuni ekspeditsiya “Bog‘i shamol”da tunaydi. Ziyovuddin buni shunday tasvirlaydi.

Men o‘tgan o‘shal kun Anjon bog‘ida,
Boburni xotirlab hofizlar yondi.
Ming bitta ruh kelib sahar chog‘ida
“Temuriysan”, — dedi, qalbim uyg‘ondi.
Sahar kez Andijon tuprog‘in o‘pdim,
Ot soldim, bobomning bosgan izidan.
Bobojon, siz o‘tgan joylardan o‘tdim,
Charchasam, tiladim madad o‘zidan.
***
Shu tariqa Jalolobod viloyatining Suzoq qishlog‘idan yo‘lga chiqqan ekspeditsiya Andijon-Namangan-Qamchiq dovoni orqali Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xorazm-Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Rossiyaning Astraxan-Voronej shaharlari, Ukraina orqali Belorusga kirib boradi. Brest qal’asida bo‘lib o‘tgan mojaro haqida sayyoh she’riy satrlarida shularni yozadi:
Xayr mening qo‘sh qanotim —
samanim ham jayronim,
Bugun seni qoldiryapman
Brestning qal’asida.
Chegarada polyak janob
tushunmadi armonim,
O‘tkazmadi, qolayapsan
yomon kun pallasida.
Ko‘plab yaxshi-yomon kunni
sen bilan o‘tkazgandik,
Goh o‘ynashib, goh yig‘lashib
ne kunlarni ko‘rmadik.
Yaxshilarga yomon bo‘lib,
ko‘p ishlarni bitkazgandik,
Maqsadimiz olg‘a yurish, ortga
yo‘lni burmadik.
Yetti mingli chaqirimga
qadamlaring yetgandi,
Qarshimizda ko‘ringandi
Parijning minorasi.
Bari ishni qilgan edik,
bari ishlar bitgandi,
Nima qilay, yo‘q ekan-da,
polyakning ham chorasi...
samanim ham jayronim,
Bugun seni qoldiryapman
Brestning qal’asida.
Chegarada polyak janob
tushunmadi armonim,
O‘tkazmadi, qolayapsan
yomon kun pallasida.
Ko‘plab yaxshi-yomon kunni
sen bilan o‘tkazgandik,
Goh o‘ynashib, goh yig‘lashib
ne kunlarni ko‘rmadik.
Yaxshilarga yomon bo‘lib,
ko‘p ishlarni bitkazgandik,
Maqsadimiz olg‘a yurish, ortga
yo‘lni burmadik.
Yetti mingli chaqirimga
qadamlaring yetgandi,
Qarshimizda ko‘ringandi
Parijning minorasi.
Bari ishni qilgan edik,
bari ishlar bitgandi,
Nima qilay, yo‘q ekan-da,
polyakning ham chorasi...
Ma’lum bo‘lishicha, sayyoh Polsha chegarasiga yetib kelganda chegarachilar “Aravani o‘tkazish mumkin, ammo otlarni mamlakat ichkarisiga o‘tkazmaymiz”, deb turib olishadi. Ziyovuddinning qo‘lidagi otlarga berilgan sertifikat yaroqsiz ekan. Chegarachilarning aytishicha, Sobiq Ittifoq hududida faqat Issiqko‘lda va Armanistonning qaysi bir shahrida berilgan sertifikatlargina xalqaro mezonlarga to‘g‘ri kelar emish. Noiloj qolgan Ziyovuddin Mamajonov otlari bilan xayrlashadi. Arava va hamrohlarini chegarada qoldirib, Varshava shahriga boradi va bu yerda bir qator xalqaro tashkilotlarga vaziyatni tushuntirib, maqsadini aytadi. Bu orada Polshada chiqadigan ommaviy axborot vositalari ekspeditsiya va uning vaziyatidan xabar topib, bu haqda gazeta, televidenie orqali chiqish qilishadi. Bir-ikki kunda o‘nlab odamlar, tashkilotlar o‘zlarining beminnat xizmatlarini taklif qilib, redaktsiyalarga murojaat qilishadi. Shu tariqa Belorussiya chegarasidan to Germaniya chegarasigacha o‘nlab odamlar o‘z ot-ulovlari bilan kuzatib qo‘yishadi. Bularni ko‘rib shoir-sayyoh shunday yozadi:
Shohona yurishlar, shohona so‘zlar
Ruhimni mujassam ayladi Alloh.
Mardona boqishlar, mardona ko‘zlar
Temur bobom ruhi bo‘lmoqda panoh.
Ruhimni mujassam ayladi Alloh.
Mardona boqishlar, mardona ko‘zlar
Temur bobom ruhi bo‘lmoqda panoh.
Men qaydan topardim buncha xizmatkor,
Bir kunlik bahosi ming dollar bo‘lsa.
Tilini bilmasam ham dilin bilaman,
Ortimda do‘st bo‘lib ergashib yursa.
Bir kunlik bahosi ming dollar bo‘lsa.
Tilini bilmasam ham dilin bilaman,
Ortimda do‘st bo‘lib ergashib yursa.
Xullas, 2000 yil 1 mayida ot-aravada Parij sari yo‘lga chiqqan Z. Mamajon rahbarligidagi ekspeditsiya oktyabr oyining o‘rtalarida Frantsiyaning Kabruz deb atalgan kichik bir shaharchasiga kirib boradi. Albatta, o‘quvchida nima sababdan Parijga emas, degan savol tug‘ilishi mumkin. Bu haqda Frantsiyaning Temuriylar san’ati va tarixi, frantsuz-o‘zbek madaniy aloqalari jamiyatining “Temurid” oynomasida chop etilgan “Samarqanddan Parijga ot-aravada” maqolasida shunday deyiladi: “... O‘zbek, rus, qirg‘iz tillaridan boshqa biror tilni bilmaydigan bu uch sayyoh (Z. Mamajonov, otboqar Asqar va Ziyovuddinning o‘g‘li Ziloliddin — Yo. X.) 8 ming kilometrlik yo‘lni ming mashaqqat bilan bosib o‘tib, Parijga yetib keladilar. Biroq Parijga kirishda katta muammo paydo bo‘ldi: qonunga ko‘ra shahar ko‘chalarida ot-aravada yurish taqiqlangan va politsiyachilar bu qonunga rioya qilganlari holda ularning shaharga kirishlarini taqiqlab qo‘ydilar. Hafsalalari pir bo‘lgan uch sayyoh Durdan yaqinidagi Kabruz qishlog‘ida janob Kuvrur va Nikola xonim xonadonlariga majburiy mehmon bo‘lib tushdi...”
Gazetada keltirilgan boshqa tafsilotlar Ziyovuddin Mamajonov bizga hikoya qilib bergan voqealarga yaqin. Jumladan, sayyoh Frantsiyadagi Temuriylar jamiyati prezidenti, taniqli temurshunos va yozuvchi Lyusen Keren bilan uchrashadi. Unga Amir Temurning gazmolga tikib ishlangan suratini taqdim etadi. Ular Parij chekkasidagi Kabruz degan joyda uchrashadilar. Kabruz meri uch sayyoh sharafiga qabul marosimi uyushtiradi. Ziyovuddin kabruzliklarga Samarqand qaerda joylashgani, Jalolobod, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Suzoq qishlog‘i haqida, Amir Temur tarixi, uning tuzuklari xususida so‘zlab beradi. Ziyovuddin Mamajonov boshliq ekspeditsiya Frantsiyada bo‘lgan kezlari mahalliy gazetalar, radio bu voqea haqida ko‘p yozishadi, eshittirishlar tashkil etishadi. Hatto, markaziy “Respublikan” gazetasi o‘zining birinchi sahifasida katta maqola e’lon qiladi.
Darhaqiqat, Ziyovuddin prezident Jak Shirak bilan uchrashish niyatida bo‘lgan. Unga atab bir shamshir ham olib borgandi. Ammo o‘sha kunlari prezident Xitoy safarida bo‘lgani tufayli sayyohning niyati ushalmagan. Prezidentning qaytishini kutishga esa sayyohlarning sabri chidamagan. O‘z uyini, Vatanini sog‘ingan ekspeditsiya a’zolari, jumladan, otboqar Asqar va o‘g‘li Ziloliddin tez kunda yurtlariga qaytishgan. “Temurid” oynomasining yozishicha, prezident sayyohlar haqida xabar topib, Ziyovuddin Mamajonov nomiga iliq so‘zlar bilan xat yozib, u ko‘rsatgan jasorati uchun minnatdorchilik bildiradi. Arava esa bu sayohatdan yorqin esdalik sifatida 2000 yil 3 dekabrda Parijga keltiriladi.
Biroq Ziyovuddin Mamajonov Frantsiya perzidenti Jak Shirakning o‘ziga yozgan maktubini ham, aravasining esdalik uchun Parijga keltirilgani haqida ham gazetadan o‘qib bildi.
Ziyovuddinning o‘g‘li Ziloliddinning so‘ziga ko‘ra, uning otasi Parijdagi Temuriylar san’ati va tarixi, frantsuz-o‘zbek madaniy aloqalari jamiyatida bo‘lib, Amir Temur xotirasiga qo‘yilgan Sohibqironning byustini ko‘rgan. Uning oldida hatto suratga ham tushgan. Ziyovuddin Mamajonovning yaqin do‘sti, Toshkent avtomobil yo‘llari institutining dotsenti Abultolib Sobirjonovning gapiga qaraganda, sayyohning Amir Temur byusti oldida tushgan surati unda bo‘lib, qaysidir gazetaga bergan kuyi yo‘qolgan. U o‘zining “Avto+” gazetasida chop ettirgan “Parijga aravada borgan o‘zbek” maqolasida bir ma’qul taklifni o‘rtaga tashlaydi. Xususan, maqola muallifi Ziyovuddin Mamajonov xotirasi uning Parij sayohatidan esdalik sifatida kichik bir fotostend tayyorlab, uni Toshkentdagi Amir Temur muzeyiga eksponat sifatida qo‘yilsa, yoshlarga o‘rnak bo‘lardi, degan gapni yozadi. Bu yaxshi taklifga biz ham qo‘shilamiz.
Ziyovuddin Mamajonov 2000 yilning oktyabr oyi oxirlarida Parij safaridan samolyotda Toshkentga kelib, bu yerdan Jalolobodga jo‘naydi. Yurtiga borgach ham tinib-tinchimaydi. Jalolobod viloyat o‘zbek milliy-madaniy markazining a’zosi, ayil kengashining deputati sifatida faoliyat ko‘rgazadi. Maktablarda, mahallalarda bo‘lib Amir Temur haqida hikoyalar qiladi. Parij safari taassurotlarini so‘zlab beradi. Amir Temur jamg‘armasini tuzadi. 2004 yil yozining oxirlarida O‘zbekistondagi Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi xodimlari bilan ko‘rishish, ulardan maslahat olish uchun Toshkentga keladi. Va...

Uning ko‘zlari yumuq. Chap beti uchib-uchib qo‘yardi. Go‘yo joni mana shu uchib turgan yuzidagina qolgandek. Xirillab nafas olar, og‘zi ochiq edi. U behush yotardi... Parijga ot-aravada borgan suzoqlik sayyoh... U endi hech kimning arzini tinglamagani kabi, uning ham arzini hech kim tinglamadi. Sayyoh, shoir Ziyovuddin Mamajonov 2004 yil Toshkent shahrida shu taxlit falaj kasalligidan vafot etdi.
Yoqubjon XO‘JAMBERDIYEV
"Hurriyat" gazetasidan olindi.