OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdulla Qodiriy. Toshkand xabarlari (1919)

G‘ozi Yunusga ochiq xat

«Ishtirokiyun»ning so‘ngg‘i bir no‘merinda, e’lon qisminda ba’zi vakolatlardan jumladan, Eski shahar sinfiy ittifoqlar sho‘rosining «reorganizasiya» komissiyalig‘indan iste’fo beruvingizni e’lon etasiz.

O‘rtoq! Umumiy majlisimiz bu ishka sizdan durustroq bir kishi topolmagach, bu o‘runda sizni ko‘rsatkan edi. Siz ba’zi «sababcha»lar ko‘rsatib zimmangizga olmaganingizda, ko‘rsatgan sabablaringizdan bu ishning muhimroqlig‘in o‘zingizga qoldirilgan)di.

Bu orada nima bo‘lganda bugun iste’fo berasiz. Sizning kabi «idealnыy» bo‘lib topilgan bir zotga bu daraja yengil harakat «uchib yurish» kelishib yotmasa kerak. Sizning zimmangizga qo‘yilgan «reorganizasiya» ishi o‘ttuz to‘rt ming mehnatkashlarni uyushtirish edi... Biz sizning hozir ishlab turgan artistlig‘ingiz, «avto‘r»lig‘ingiz va boshqa ishlaringizdan bu ishni yuz qat muhimroq deb bilamiz. Takrorlaymiz: O‘ttuz to‘rt ming mehnatkashni uyushtirib, yo‘lga solmoq bir yuz teatrudan foydaliroqdir...

Agarda ta’bingiz noziklashib, qora rabochiylar orasida bir necha kun ishlarga jirkangan bo‘lsangiz, ul choqda bizning bir so‘z deyurga ham haqqimiz yo‘q!

O‘rtoq! Hali ham bo‘lsa kelib, ishka kirishuvingizni ishlarga kishisi yo‘q o‘ttuz to‘rt ming mehnatkashlar nomidan so‘raymiz

Eski shahar sinfiy ittifoqlar sho‘rosi nomidan:

Sadr: Muborakshoh.

Kotib: Abdulla.

«Ishtirokiyun» 1919 yil, 30 oktyabr, 207-son, 2-bet

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.