OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ishoqxon Ibrat. Eski maktablar xususida (1907)

Muallim bechora aziz farzandlarimizni kaltak, qamchi yo‘q bahonasi-la besh-o‘n sanalar (5-10 yil) osmonga qaratub, «alif, babazer, bebazer», deb shovqin qildirib-qildirib, bir harf ham o‘quv-yozuv bildirmayincha umrlarini barbod qilib yotmoqg‘a taqviyatgina bo‘ladur. Bolalarni eski maktablar ila jamoalarg‘a taqsim qilib, kelish-ketish, kaltak va qamchi mas'alalarin isloh qilmoq-da albatta lozimdur. Lekin o‘qulajak kitoblar - mazkur eski kitoblar, o‘qulajak domlalari-da - eski domlalari, maktablari-da - eski hasharot uyalari bo‘lduqinda bu mas'alalar ming marotabalar isloh etilsa-da, bekor, behudadur.

Agar vijdon, insof ila muhokama qilsak, tavaqqufsiz va taraddudsiz eski maktablarimizni asoslaridan yiqib, joylariga tartib va intizom bilgan yangi usul domlalarning himoyasida bo‘lgan maktablar vazh etmaki lozimdur. Eski maktabdorlarimizni-da dehqonchilik hunarlariga sahv etmak muvofiqi haqiqatdur. Bu so‘zum janobi muallimlarga - eski va yangi domlalarimizga oxirgi so‘zum.

Men o‘zum ham o‘zumg‘a qarashlik o‘nta-o‘n beshta bolalarni eski maktabda hech bahra topmay, behuda yurduqlarina jonim achib, Qozon tarafinda bir muallim jalb edub, maktab qilib verdim. Maktabning kushodig‘a uch oy bo‘lgani yo‘q. Yigirmadan ziyoda kichik bolalar «alif nima?» degan savolina «kaltak» deb javob beruvchilar tamom savodi chiqib, har narsani yozadurg‘on bo‘ldilar. To‘rt-besh va yetti-sakkiz sanalar Qo‘qong‘a yurub, hech narsa bilmagan mullabachalar bitamomihi arabiy mukolamag‘a qodir bo‘lib, har bir kitoblarni mutolaa etadurgon bo‘ldilar. Shul sababdin biz ko‘zumiz ila tajriba qilib, bul o‘qutishga tamom ixlos qildik. Agar Rusiya ilmlarini bilmak darkor bo‘lgan holda, o‘shal maktablarda Rusiya muallimlaridin saqlab, biror dars Rusiya ilm va zabonidan ta'lim berilgan holda ancha naf' olur edilar.

Turkiston viloyatining gazeti, 1907 yil, №72

1907 yili «Turkiston viloyatining gazeti»da eski maktablar tarafdori Mulla Husanxo‘ja eshon bilan Ishoqxon Ibrat o‘rtasida keskin munozara bo‘lib o‘tadi. Mulla Husanxo‘ja domla eski maktablarni yengil-elpi isloh qilish shiori bilan chiqadi, Ibrat esa eski maktablarni tubdan o‘zgartirish, ular o‘rnida zamon talablariga javob beradigan maktablar ochish tarafdori bo‘ladi. Shu munosabat bilan Ibrat 1907 yilda Munavvar qorining taklifiga binoan Toshkentga keladi, uning maktabidagi bitirish imtihonlarida qatnashadi, olgan taassurotlarini maqolada bayon etadi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.