OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ishoqxon Ibrat. Открытие Коканд-Наманганской железной дороги (1912)

Ushbu 7-iyulda Namangan otash aroba yo‘li bitib, oni ochilganligig‘a shukrona bayrami bo‘lubdur. Shul kuni soat birg‘a Xo‘qand istansiyasig‘a boyonlardin yig‘ilib, Namanganga boradurgon poezni ko‘b ziynatlar berib, ul joyda duo va fotihalar qilib, ul yo‘lni(ng) binosig‘a sabab bo‘lgan odamlarni ham haqlarig‘a duo qilib bo‘lub, mazkur yasatulganni olib kelib siyr tortib qo‘ygan lentani kesib, aning ustig‘a «Namangang‘a salom!» deb yozgan yozuvni vokzolg‘a ro‘baro‘ qilib, ul poezg‘a Namangang‘a shukrona bayramg‘a boradurgon odamlar tushub, alohida chiroylik qilgan, ustig‘a «Yaxshi soatda!» deb yozgan darvozadin poez o‘tib, Namangong‘a qarab jo‘nab, o‘shal asnoda fotograflar va ham alohida chiqarilgan sinimotograf o‘shal yerda hozir bo‘lub, tasvirlarini olib turibdur.

Ul poez Chust istansiyag‘a rasmi yurishda yurub borib, andin keyin Sirdaryog‘a ko‘b xarajatlar bilan bino qilgan yog‘och ko‘frikdin o‘tub, ul yo‘llarda ko‘b joylarda ko‘b chuqur joylarg‘a qo‘frik solib, xususan, ikki chuqurlik joyg‘a biri sakkiz sarjin, biri o‘n ikki sarjin joyg‘a ko‘frik solib, bul ikki ko‘frik ul yo‘lni tezlik bilan bitmaslikg‘a sabab bo‘lubdur. Mazkur poez Chust va To‘raqo‘rg‘on istansiyalarig‘a kelganda, qishloq fuqarolari taraflarindin mutasaddilar qarshi chiqib, non-tuz ushlab, Chust mutasaddilari Farg‘ona oblasti janob voennыy gubernatorini noiblarindin hukumatdorlardin to‘suqqa ham otash arobani tezlik birlan kelmog‘ig‘a ionat ko‘rsatmoqlikni iltimos qilibdurlar va ham o‘z taraflaridin beoqcha ul otash aroba keraklik yerlarni bermoqlikg‘a va'da qilibdurlar. Poez Namangang‘a kelgandin keyin istansag‘a nihoyatda ko‘b sartiyalar yig‘ilib, atrofdin, qishloqlardin umrida otash arobani ko‘rmagan odamlar kelib, ul otash arobani birinchi marotaba ko‘rub hayron qolib, poez kelayotgan vaqtda oq sallalik odamlar adadi nihoyatda ko‘b 25000-30000 g‘a yetibdur. Namangang‘a yetib duo va fotiha qila boshlaganda, ul ko‘b hujum bo‘lgan sartiyalarni politsiyalar mashaqqatlar birlan tarqatib, chekkalarg‘a chiqoribdurlar. Poez to‘xtagan joyda Namangan tarafdin ko‘b ziynatlik darboza qilinub, ul darvozani gilam va bayroqlar birlan ziynat qilinub «Xush keldilar!» degan so‘zni yozib qo‘yilgan ekan. Kelgan mehmonlarni namanganlik mutasaddilar ko‘b yaxshi qarshi olib, hozirda bitmagan vakzal yaqinida besh adad odamg‘a dasturxon tayyor qilib, ziyofat qilib, ko‘b ajoyib mushaklar ham tayyor kilingan ekan. Ikki nafar askariya muzikanlar nag‘ma cholib turubdurlar. Ul nag‘magarlarni biri Xo‘qanddin poez birlan yo‘llarda mashq qilib kelibdur. Ziyofat taom vaqtida o‘lturgan odamlar ko‘b qulluqlar etib, ul baland darajalik Turkiston general gubernatori otliq askarlarni ginirali Samso‘nuf janoblaridin muborakbod qilib yuborgan telegromni o‘qubdurdilar va ul temir yo‘lni binosig‘a va taraddud qilgan odamlarni salomatliklarini va Turkiston viloyatini obodonchiligini tilabdurlar va yana ko‘b adad muborakbod qilib yuborgan telegromlar o‘qulibdur.

 

Shul tariqa qilib, Namangan shahri ul birinchi poezni qarshi olmoqlikg‘a xarajatni ayamabdurlar va soat 4 da erta birlan Namangandin ul poez Xo‘qandg‘a qarab borgan mehmonlarni olib jo‘nab, soat 8 da Xo‘qandg‘a kelibdur.

Turkiston viloyatining gazeti, 1912 yil, №54, 15 iyul

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.