OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ishoqxon Ibrat. Toshkent safarindagi ma’lumotlarim (1914)

12-aprelda makoni ma'hudim To‘raqo‘rg‘ondin poezdga o‘lturub muddati uch soatda Xo‘qandga kelturganda, bu mo‘‘jizoti olamni ko‘rub va xalqullohlarni sayri sayohati oson bo‘lganini mushohada qilib, hamd va shukrlar aytub, alalxusus, Sirdaryodin avval vaqtlarda o‘tmak to‘rt soat, balki ba'zi kunlarda o‘tolmay qolur eduk. Necha ashyoyi jadidalar, chunonchi, ishlarimizda, tijoratimizda, zindakorchiliklarimizni oson bo‘lgani, bormak, kelmak yoki bo‘lak ish qilmak oson bo‘lgani. Alalxusus, bular ichida ahli ilm va ahli fikrlarga ma'lumotlar va kitoblar ko‘b bo‘lub, har nima bilmak va topmak oson bo‘lgani, hamma qo‘l ishlariga moshina ixtirolar chiqorilib, oz vaktda ko‘b ish qilishi, quruqda va daryoda yurmakka asbobu adavotlar muhayyo bo‘lganining ustiga bu mamlakat ahlini madaniyatga solmak uchun yaxshi maktablar tayyorlanib, tolibi ilm va kasb kishisiga hammalari ochiq bo‘lub turganini ko‘rub xursand bo‘lub, bizni xalq ham shoyad bu ilmlardin bahra olsalar edi deb, Toshkand borguncha fikrimda edi. Toshkand borganda, kunduzlar bog‘ sayohatlarida, kechalar tomoshaxonalarda hikoyat kitoblaridin o‘tkan voqealarning hikoyasini suratda o‘zini kilib, sinimotugraf tomoshasida bo‘ladurgon tomoshalarni mushohada qilib ko‘rub, bormoq-kelmoqda o‘turub bormoq uchun qilingan ko‘nka elektriyalarni va kechalarda yoqmaklik uchun yog‘siz va o‘tsiz yonadurgon elektriya chirog‘larni ko‘rub, ahlimiz bundan manfaat olganlaridin boshqa Yevro‘po ilmiga ham o‘rgansalar edi deb, afsuslar qilib edum. Banogoh, Toshkandni Xadra mavze'ida bo‘ladurgon duvuxklasnoy shko‘lda imtihon vaqti ekan. Rafiqo va kattalarimiz takliflari mo‘jibicha borub, oni ko‘rdumki, imtihonda bizni musulmoniya bolalari ham yaxshi, durust rusiya zabonini raso va yaxshi so‘zlamoqg‘a qodir bo‘lub, ulug‘lar huzurlarida hikoyalarni ikki bola bir-biroviga muqobil savol-javob qilishib, yaxshi imtihon berganlari yana mani shodlandurdi. Na uchunki, bizni islom bolalari hukumat lisonlariga olim bo‘lmoqg‘a ham harakatlari borligi ma'lum o‘ldi. Inshaolloh, yana bir necha yillarda bu yozilmush ilm va kasbi kamolotlaridin ham hissalarini olmoqqa iste'dodlari bo‘lg‘udek ekan.

Turkiston viloyatining gazeti, 1914 yil, №48

 


Ishoqxon Ibrat 1914 yili rus-tuzem maktablarida o‘tkaziladigan bitiruv imtihonlarida qatnashish uchun maxsus taklif bilan Toshkentga kelgan. Xadradagi ikki sinfli rus-tuzem maktabida rus tilidan imtihon olishda ishtirok etadi. Imtihondan olgan taassurotlari ushbu maqolaning yozilishiga sabab bo‘ladi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.