OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tarixi ixtiroi bashar (1914)

Bugun ko‘zimizg‘a ko‘rinmayturgon nimarsalar avvalgi zamonda yo‘q edi. Xudoning odamlarg‘a bergan aql va tadbiri soyasinda birin-birin chiqorildi. Va ham muni bir toifa ixtiro qilmadi, balki har zamonda har kim tarafidan chiqorildi. Tarixdan bexabar ba’zi kishilar va yoinki dushmanlar musulmonlarni avvaldan oxirg‘acha nodon, vahshiy ko‘rsaturlar. Musulmonlar dunyog‘a hech nima ixtiro qilmadi... derlarki, ul g‘alatdur. Va har bir sharaf va hunarmandlikni, bukungi faranglarg‘a isnod bermoq ham to‘g‘ri emas. Chunki dunyodan o‘tganlar o‘z navbatlarinda ishlab, hunar ko‘rsatib o‘tdi. Va ushbu kungi ixtirolar uchun asbob hozirlab qo‘ydi. Va hozir faranglar navbatidur. Bir zamon kelurki, navbat boshqalarg‘a tegar, bul dunyoning odatidur.

«Oyna»ning muhtaram xonandalarig‘a dunyoni avvalidan bukung‘acha bani odam tarafidan ixtiro qilingon mashhur nimarsalarni arz qilmoq uchun tarix kitoblaridan olib yozmoqchi bo‘lduk va mundan so‘ngra «Oyna»ning har raqaminda paydar-pay «Tarixi ixtoroi bashar» unvoni ila yozilur. Munda yozilaturgon nimarsalar «Tarixi umumiy», «Tarixi madaniyat», «Madaniyati islomiya», «Koinot», «Tarix va jug‘rofiya lug‘ati», «Tarixi tamaddun» kitoblari va boshqa kitob va risolalardan naql qilinur. Va munda ko‘rsatilgan tarix uch nav’ bo‘lub, birinchi(si) «tarixi xilqat» atalurki «Tavrot»ni bayoni bo‘yincha dunyo bino bo‘lganidan hazrati Iso alayhissalomni tug‘ulgonig‘acha 5594 sanadur.

2-«tarixi milodiya» hazrati Isoni tavalludlaridan hijrati hazrati payg‘ambarimiz Muhammad mustafo alayhissalomg‘acha 626 sanadur.

3-«tarixi hijriya» hazrati payg‘ambarimizni Makkadan Madinag‘a hijrat etganlaridan bu kung‘acha 1332 sanadurki, tarixi xilqat «X», tarixi milodiya «M», tarixi hijriya «H» ishoratlari ila ko‘rsatilur. Yana zamonalar «azmanhai qabl at-tarixiya», «azmanhai tarixiya», «Qaruni avvali», «Qaruni vasati», «Qaruni jadida», «Asr» degan ismlar ila bayon bo‘linadur. Az-manhai qabl at-tarixiya—tarixi yaxshi ma’lum bo‘lmagan zamonlarni derlar. Azmanhai tarixiya — tarixi aniq bo‘lgan zamonlarni derlar. Qaruni avvali — xilqati Odamdan Rumo davlatining yo‘q bo‘lushig‘achadur. «Qabl az hijrat» — 146 sana Qaruni avsati — Rumoning yo‘q bo‘lushidan musulmonlarning Istanbulni olgonig‘acha (ba’daz hijrat — 731). Qaruni jadida — fathi Istanbuldan zamonamizg‘achadur.

Tarix eng mashhur va mo‘‘tabar hodisalardan boshg lanur. Har yuz sanani «asr—qarn» derlar. Chunonchi, al-on tarixi milodiyaning 20-va hijriyaning 14-asridir.

Endi asl matlabni boshlaymiz.

Ziroat san’ati hazrat Odam alayhissalom tarafidan chiqorilgondur. Dehqonchilik uchun ba’zi asboblar 2500 (X)da Eron va Misrda o‘xshatilib keyin mashhur finikiyalilar tarafidan isloh qilinib, 1280 (X)da Ovrupoda ham ba’zi moshinalar chiqorilibdur. Al-on Amriqoda otash ila harakat qilaturgon moshinalar ila yerni haydab ziroat qiladurlar. 200 ot quvvatig‘a barobar dehqonlik otash moshinalari chiqoraturgondurlar.

1262 (X)da toshlarni tarashlab, taxtadek qilib ustig‘a xat yozmoq usuli hazrati Idris alayhissalom tarafidan chiqarilibdur.

2150 (X)da kamoncha sozi uchun giyohlarni terisidan bir nav’ mahkam iplar ixtiro qilinibdur.

«Liz» degan soz, harflar ila xandasa shakllarn mashhur Hurmuz tarafidan chiqorilibdur. Oxirida yunoniylar ham ushbu asbobni yaxshi isloh qilibdurlar.

2241 (X). Hazrati Nuh alayhissalom tarafidan kema chiqarilibdurkim, aning uzunligi 300, bari 50 va balandligi 30 gaz bo‘lub, uch tabaqag‘a taqsim bo‘lgan ekan. Otash kema esa 1078 (H)da italiyali mashhur Danis Poin tarafidan, bir nav’ najjoriy moshinasi ixtiro qilinib va keyin Jems Vayg nomlik bir tafannun tarafidan isloh qilinib, 1114 (H)da yana Do‘ku degan bir farangi tarafidan charxning najjor quvvati ila harakati tajriba qilinibdur.

1218 (H)da amriqoli Qo‘ltun nomlik kishi charx harakatini isloh etib, Porisda San naxrida tajrib qilinibdur. 1222 (H)dan boshlab paraxo‘dlar ishlamoqg‘a kirib, emdi yer yuzinda necha yuz minglar ila otash kemalar, o‘n ming kishi sig‘aturgon katta kemalar ichida bosmaxona, teatrxona va korxona va maktabliklari bo‘lub, suv ustinda kichik bir shahar hikmatidur (baqiyasi bor).

«Oyna» jurnali, 1914 yil, 28-son, 531534-betlar.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.