Ashurali Boymurod 1957 yilda Bekobod tumanida tug‘ilgan. Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Turkiston” gazetasida faoliyat yuritadi.
Shoirning “Tabiat sehri” (1990), “Sayhun sohilidagi shahar” (1995), “Sadoqat” (1998), “Sog‘inch” (2002), “Bekobod jahongiri” (2003), “Muallim” (2005), “Mehr” saylanmasi” (2006), “Mirzo Bobur” (2008), “Qushlar tilga kirganda” (2010), “Mehriston” (2012) nomli o‘ndan ortiq she’riy va publitsistik kitoblari nashr etilgan.