OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Behzod Yo‘ldoshev (1945)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/behzod_yuldoshev.jpgYo‘ldoshev Behzod Sodiqovich (1945.9.5, Toshkent) — fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1987).

ToshDU ni tugatgan (1968). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1968—83), direktor (1990 yildan). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1984—90). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (2000-2006).

Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid. Behzod Yo‘ldoshev rahbarligida Yadro fizikasi institutida jahon standartlariga mos keluvchi radioizotoplarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish va chetga sotish ishlari yo‘lga qo‘yildi; mahalliy tog‘-kon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qo‘shimcha ravishda ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi va h. k.

Behzod Yo‘ldoshev Vashington universiteti fizika fakulteti professori (1977—78; 80—81; 89—90) sifatida yuqori energiyali neytrinolarning o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan yadroviy effektlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy loyihaga rahbarlik qildi. Keyingi yillarda AQSh, Kanada, Rossiya va O‘zbekiston fiziklari tomonidan Kanadaning «Triumf» yadroviy markazida va E. Fermi nomidagi Milliy tezlatkichlar lab. (Bataviya, AQSh) da hamkorlikda bajarilayotgan xalqaro ilmiy loyihalar rahbari.

Behzod Yo‘ldoshev bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar a’zosi, xorijiy universitetlar faxriy doktori. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). 2-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.