OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bekjon Rahmonov (1887-1929)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/bekjon_rahmonov.jpgBekjon Rahmonov, Mulla Bekchon (1887, Xiva — 1929, Amudaryo) — Yosh xivaliklar partiyasining arbobi, ma’rifatparvar. Xivada madrasa ta’limini olib, Istanbul dorilfununi (1913—18)da tahsil ko‘rgan.

Xorazmga qaytgach, jadidchilik harakatida faol qatnashgan. Xivada xonlik tuzumi ag‘darib tashlangach, XXSRda maorif vaziri (1920—21); MIK ish boshqaruvchisi (1921 yildan); «Inqilob quyoshi» gazetasining muharriri (1920—1921).

Uning tashabbusi bilan Xorazmda ko‘plab maktablar (o‘zbek va turkman tillarida) ochilgan, 1921 yil sentyabrda Xivada xalq universiteti tashkil qilingan. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgach, Xorazm okrugi (viloyati) xalq maorif bo‘limi mudiri (1925—26) va boshqa lavozimlarda ishlagan. Xorazm o‘zbeklarining musiqa tarixiga oid tadqiqotlar va turli dareliklar muallifi. Amudaryo (kemaning ichi)da sovet chekistlari tomonidan fojiali o‘ldirilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.