OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mahmud Murodov (1916-1996)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/mahmud_murodov.jpgKichkintoylar adabiyotining taniqli vakili Mahmud Murodov 1916 yili Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentdagi 9-, 17-bolalar uylarida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Kichik-kichik hikoya va lavhalari bilan jurnallarda faol qatnashadi.

1955 yildan «Gulxan» jurnalida mas’ul kotib, 1958 yildan umrining oxirigacha «G‘uncha» jurnalida mas’ul kotib lavozimida bolalar adabiyotining ravnaqiga xizmat qiladi.

Mahmud Murodovning hikoya va ertaklari maktabgacha yoshdagi bolalarga bag‘ishlangani bilan ajralib turadi. «Yaxshi amaki» (1965), «Eng maza joy» (1969), «Bog‘cha bola» (1971), «Ko‘prik» (1973), «Kim eng kuchli» (1976), «Sanoq» (1980), «Sirli don» (1987) kabi kitoblari shu jihatdan ibratlidir. Yozuvchining talay asarlari shaklining ixchamligi, syujetining qiziqarli voqealar asosiga qurilishi, tasvir uslubining badiiy soddaligi bilan diqqatni tortadi.

Mahmud Murodov 1996 yilda vafot etgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.