OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mirzapo‘lat Toshpo‘latov (1952)

Mirzapo‘lat Toshpo‘latov1952 yili Qarshi tumanining Dashtfayziobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qigan (1970—1976). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiy-badiiy targ‘ibot markazida, «O‘zbektelefilm» studiyasida xizmat qilgan.

Mirzapo‘lat Toshpo‘latovning yozuvchi sifatidagi faoliyati 1975 yilda «Guliston» jurnalida chop etilgan «Sodiq» nomli hikoyasi bilan boshlangan. Shundan buyon uning o‘nlab hikoya va qissalari chop etilgan. Bular orasida ayniqsa, «Qaytish», «Gunoh», «Ro‘molcha», «Qatnov» kabi bir qator hikoyalari nafaqat o‘quvchilar, balki ustoz-adiblar e’ti-boriga ham tushgan. 1977 yilda Mirzapo‘latning «Yurakdagi sir» nomli birinchi hikoyalar to‘plami nashrdan chiqadi.

Mirzapo‘lat Toshpo‘latovning «Yurakdagi sir», «Beorom to‘lqinlar», «Baxt yulduzi», «Maydonda mardlar bo‘lsin», «Oltin axtarayotgan bola» kabi hikoya va qissalardan iborat to‘plamlari chop qilingan. 1994 yilda esa uning tarixiy o‘tmish haqidagi «Sanam gulxanlari» nomli qissasi o‘quvchilar qo‘liga borib tegdi. Mazkur qissada adib Muqanna boshchiligidagi ozodlik harakati haqida hikoya qilgan.

Mirzapo‘lat Toshpo‘latovning «Gunoh», «Tavba» va «Olov qa’ridagi farishta» kabi asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.