OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mo‘minjon Muhammadjonov (1883-1964)

Mo‘minjon Muhammadjonov (taxallusi Toshqin; 1883 — Toshkent 1964) — yozuvchi, ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining namoyandasi. Sharofboy, Beklar begi (Toshkent), Oliya (Ufa) kabi madrasalarda tahsil olgan. Ayni paytda eski maktablarda dars bergan.

Toshkent, Namangan, Qo‘qon, Andijon, Ush, Jalolobod, Xo‘jand, Shahrisabz va boshqa shaharlarda yangi usuldagi maktablar ochgan. «Sadoyi Turkiston», keyinchalik «Ishtirokiyun» gazetalari va «Maorif», «Mushtum» jurnallarida ishlagan. Andijonda Cho‘lpon va Toshkentda Hamza bilan hamkorlik qilgan. XXSR maorif nozirligida xizmat qilgan (1920—21).

Keyinchalik O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ishlagan (1944—50).

Mo‘minjon Muhammadjonov «Qonli tun» (1926; Ziyo Said bilan hamkorlikda) pesasi, «Turmush urinishlari» (1926) xotiralar kitobi va turli hajviy she’rlar muallifi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.