OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Muhammadamin Faxriddinov (1894-1941)

Muhammadamin Faxriddinov (1894 Toshkent — 1941) — o‘zbek ma’rifatparvari, pedagog. Toshkentdagi madrasalardan biri va 2 bosqichli rus-tuzem maktabini tugatgan.

1913—17 yillarda Toshkentdagi rus-tuzem maktablaridan birida o‘qituvchi. Oktyabr to‘ntarishi (1917)dan so‘ng o‘zbek maktablarida o‘qituvchilik qilgan.

Muhammadamin Faxriddinov yangi usul maktablari uchun o‘zbek tili darsligi («Turkcha qoida»), alifbe kitobi («Rahbari avval»), geografiyadan qo‘llanma («Jug‘rofiyai riyoziy»)lar yozgan.

«Turkcha qoida» (1913, Toshkent) o‘zbek tilida birinchi marta yozilgan maktab darsligi bulib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Unda o‘zbek tili grammatikasi, imlo va tinish belgilari haqida dastlabki nazariy ma’lumotlar, mashqlar berilgan.

«Rahbari avval» (1917, Toshkent) usuli maddiya (harflarning nomiga unli tovushlar qo‘shib, cho‘zib bo‘g‘in hosil qilish)dagi birinchi rasmli o‘zbek alifbesidir. Darslikda original matnlar bilan bir qatorda K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va boshqa rus pedagoglarining bolalarga muljallangan asarlari ham berilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.