OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Murod Sharifxo‘jayev (1932-2008)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/murod_sharifxujayev.jpgMurod Sharifxo‘jayev (1932.20.8, Toshkent - 2008) — iqtisodchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1978), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy (1992).

Toshkent moliya iqtisod institutini tugatgan (1953). Shu institutda aspirant, assistent, katta o‘qituvchi (1953—63), dotsent (1963—67), xalq xo‘jaligini rejalashtirish kafedrasi mudiri (1967—79), O‘zbekiston Davlat plan qo‘mitasi (Gosplan) qoshidagi Iqtisodiy ilmiy tadqiqot instituti direktori (1975—76), Toshkent xalq xo‘jaligi instituti rektori (1976—86), Qurilish komplekslari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish va kayta tayyorlash instituti prorektori (1986—90), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1990—91), O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi raisi (1994—95), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining rektori (1995 yil aprel-iyul), Toshkent moliya instituti rektori (1991—2005) bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari O‘zbekistonda kapital qurilishi, iqtisodiy nazariya, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, aholini ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarga bag‘ishlangan. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari muallifi.

2-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi (2005) bo‘lib ishlagan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.