Karimov Naim Fotihovich (1932. 12.12, Toshkent) — adabiyotshunos olim, jamoat arbobi. O‘zbekistan Respublikasi fan arbobi (1996). Filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994).
Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1955). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida bo‘lim mudiri (1990 yildan).
Naim Karimov 20-asro‘zbek adabiyoti taraqqiyoti xususiyatlarini ochish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. U shu davrdagi o‘zbek adabiyoti va uning yirik vakillari ijodini milliy g‘oya mezonlari asosida o‘rganish ishini birinchilardan bo‘lib boshlab berdi. Uning ilmiy faoliyatida adabiyot hodisalarini tarixiy voqealar, badiiy asarni esa yozuvchi hayoti va ma’naviy-estetik olami bilanuzviy aloqada o‘rganish ustuvorlik qiladi.
Naim Karimov Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Hamzaning ko‘p jildli akademik nashrlarini tayyorlash va nashr etishda ishtirok etgan. O‘rta maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurti talabalari uchun o‘zbek adabiyotidan darsliklar yozgan.
Naim Karimov O‘zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati raisi (1999 yildan). Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi va «Shahidlar xotirasi» xayriya jamg‘armasi kengashi raisi (1999 yil dan), «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi direktori (2002 yildan). Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1999).